e) Avtomatlashtirilgan o’qitish tizimlari (AO’T)
odatda
o’quvchilarni
nazariy materiallar bilan tanishtirish, mashq qilish va bilim darajasini nazorat
qilishni ta’minlaydigan nisbatan kichik hajmdagi o’qitish dasturlaridan iborat.
j) Elektron darsliklar (ED)–
o’quv predmetini
yoki uning katta qismini
bevosita kompyuter yordamida mustaqil yoki o’qituvchi ishtirokida o’zlashtirish
imkoniyatini ta’minlaydigan dastur – uslubiy majmuadir.
Boshqacha aytganda
,
elektron darslik
– kompyuter texnologiyalariga
asoslangan ta’lim uslublaridan foydalanishga mo’ljallangan o’qitish vositasi bo’lib,
undan mustaqil ta’lim olishda (
bu muhim
) va o’quv materiallarini
har tomonlama
samarali o’zlashtirishda foydalanish mumkin. Elektron darslikda fanning o’quv
materiallari o’quvchiga interfaol usullar bilan, psixologik va pedagogik jihatlar,
zamonaviy axborot texnologiyalari, audio va video animatsiyalar imkoniyatlaridan
o’rinli foydalaniladi. Elektron darslik tushuncha, ta’kid va misollarni tushunish va
xotiraga olishni, talabaning miyasini ishlashini, eshitishini, emotsional xotirasini va
xatto, kompyuterli tushuntirishdan foydalanishini ko’zda
tutgan holda, maksimal
osonlashtirilishi kerak.
Elektron darslik:
chop etilgan materialdan farqli ravishda materialni takdim etish, induktiv
yondashish, eshitish va emotsional xotirasiga ta’sir etib, o’rganilayotgan materialni
tushunishni osonlashtiradi;
talaba istagi bilan, uning tayyorgarlik darajasi, intellektual imkoniyati va
qiliq(ambitsiya)lariga mos holda adaptatsiyalanish (moslanish)ga imkoniyat beradi;
katta foydasiz hisoblar va almashinishlarni amalga oshirish, ko’p sondagi
misol va masalalarni ko’rib chiqish imkoniyatini yaratadi;
o’z-o’zini tekshirishning keng imkoniyatini beradi;
ishni chiroyli va tartibli tayyorlash va o’qituvchiga fayl yoki chop etilgan
ko’rinishda
topshirishga yordam beradi;
ixtiyoriy marta tushuntirish va qaytish orqali chidam va toqatli
«o’qituvchi» bo’ladi.
Elektron darsliklar kompyuter texnologiyalari samaralaridan foydalanib eng
muhim tushuncha va qonuniyatlarni tushunish va yodda saqlashni maksimal
darajada engillashtiradi.
Elektron darslikni ishlab
chiqishda uchta asosiy
Dostları ilə paylaş: