Estetik talabalar ergonomik talablar bilan juda bog’liq va ular TEV ning
vazifalik
belgilanishiga
estetik
rasmiylashtirishni,
o’quv
muhitining
tartiblanganligini, grafik va tasviriy elementlarini mosligini, rang koloritini TEV ga
mosligini belgilaydi.
Elektron o’quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurlarini
kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga,
qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo’ljallangan bo’lib, ko’proq
chuqurlashtirib o’qitiladigan fanlar bo’yicha yaratilishi lozim. Uzluksiz ta’lim
tizimidan fan va texnologiyalarning rivojlanishi sari mazmuni tez o’zgaruvchan,
chuqurlashtirib o’qitiladigan, umumkasbiy va maxsus fanlar bo’yicha asosan kam
adadli elektron o’quv adabiyotlari tayyorlanadi.
O’quv adabiyotlari – muayan ta’lim turi (yo’nalishi yoki mutaxasssisligi)
o’quv rejasida qayd etilgan fanlar bo’yicha tegishli o’quv dasturlari asosida zarur
bilimlar majmuasi keltirilgan, o’zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu
jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo’lib, ikki shaklda: an’anaviy va elektron
ko’rinishda tayyorlanadi.
O’quv adabiyotlar qanday shaklda tayyorlanmasin, ta’lim oluvchilarning
yoshi va psixo-fiziologk xususiyatlarini, ma’lumot hajmi, shriftlari kabi
ko’rsatkichlari hisobga olinishi lozim.
Dostları ilə paylaş: