Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyoj-larini
qondirish va uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini
moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun ijtimoiy boylikni
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlariga
yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlash
moliyaviy siyosat deyiladi.
Moliyaviy siyosatga quyidagicha boshqa ta’rif berish ham
mumkin:
moliyadan foydalanishning metodlari, uni tashkil
qilishning amaliy shakllari va metodologik printsip-larining
majmui (yig’indisi) moliyaviy siyosat deyiladi.
Ayrim hollarda moliyaviy siyosat davlatning o’z funksiyalarini
bajarishi uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish bilan bog’liq
bo’lgan davlat organlarining ma’lum bir faoliyati sifatida talqin
qilinadi. Bunday talqin o’zida bir necha xavfni mujassam etadi.
Buning boisi shundaki, iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning roli
to’g’risi-dagi jamiyatda hukmron bo’lgan tasavvurlarga muvofiq
ravishda davlatning vazifalari va funks
iyalari ham o’zgaradi,
takomillashadi.
Masalan,
mamlakat
iqtisodiyotiga
davlatning
aralashuvi, aholi turmush darajasi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini
tenglashtirish va shunga o’xshash davlatning funksiyalari va
vazifalarini aniqlaydigan boshqa bir qancha masalalar hamon
munozaraligicha qolmoqda. Buning ustiga, moliyaviy siyosatdan
faqat davlatning funksiyalarini bajarish vositasi (instrumenti) sifatida
foydalanish davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’zini o’zi
boshqarish organlari bilan moliyaviy tizimni
ng boshqa sub’yektlari,
ya’ni aynan mamlakatning aholisi va xo’jalik yurituvchi sub’yektlari
manfaatlari o’rtasida qarama-qarshiliklarni keltirib chiqaradi.
Masalan, ko’plab mutaxassislar, shu jumladan, davlat
hokimiyat
organlarining
vakillari
tomonidan
amaldagi
soliq
mexanizmining kamchiliklari mavjudligi, biznesning ayrim sohalari
uchun esa uning oqibati juda yomon natijalarga olib kelishi
mumkinligi ilmiy va amaliy jihatdan asoslansa-yu, moliyaviy siyosat
uzoq vaqt davomida o’zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan
soliq islohotlari uning mohiyatini o’zgartirmasa, bunday holda
davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari
tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etila-yotgan alohida
shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qolishi mumkin.
Yuqorida bayon qilingan fikrlardan quyidagi uch mantiqiy
xulosa kelib chiqadi:
birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o’z manfaatlarini ko’zda
tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsad-larga
erishishining vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
vazifalarini yechish vositasi bo’lishi kerak;
ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat
organlarining emas, balki moliyaviy tizim barcha sub’yektlarining
manfaatlarini hisobga olishi lozim;
uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimi-yat
organlarining moliyaviy siyosati aynan bir xil narsa emas, ularni bir-
biridan farq qilishini tushunish kerak.
Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliyaviy
tizimning barcha bo’g’inlarida moliyaviy resurslar-ning o’sishini
mutanosiblashtirilgan (balanslashtirilgan) holda ta’minlash bo’yicha
davlat ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida e’tirof etish
kerak. Xorijiy tajribalarning ko’rsatishicha, moliyaviy resurslar-ning
m
utanosiblashtirilgan holda o’sishining zarurligini inkor etish
mamlakat moliyaviy tizimning o’zini degradatsiyala-shuviga,
iqtisodiyotning emirilishi va vayron bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan eng asosiy xususiyati
shundan iboratki, bu siyosat mamlakat ishlab chiqaruvchi
kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz
ravishda ta’sir ko’rsatib turishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Bunday
siyosat aholining turmush darajasi oshishini ta’minlab va davlat
daromadlarining miqdorini ko’paytirib, moliyaviy xo’jalikka nisbatan
eng yuqori natijalarni berishi mumkin. Moliyaviy siyosatning ana
shunga yo’naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini
aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi
turmushining darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni
yaratish moliyaviy siyosatning eng asosiy maqsadidir.
Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan
bo’lsa, bu narsa korxona moliyaviy menejer-larining biznesni yuritish
maqsadlariga erishish borasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini
anglatadi. Korxona moliyaviy siyosatining maqsadi quyidagilardan
iborat bo’lishi mumkin:
raqobat kurashi sharoitida korxonaning
sog’lom faoliyat
ko’rsatishiga erishish;
yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va kasodga (bankrotga)
uchrashdan himoyalanganlik;
raqiblar bilan kurashda yetakchi likka (lider bo’lishga) erishish;
korxonaning bozor qiymatini ko’paytirish;
korxona iqtisodiy salohiyatining barqaror
o’sish sur’atlarini
ta’minlash;
mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini oshirish;
foydani maksimallashtirish;
xarajatlarni minimallashtirish;
rentabelli faoliyatni
ta’minlash
va boshqalar.
Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi
ustuvorlik, eng avvalo, biznesni yuritishning maqsadlariga muvofiq
ravishda aniqlanadi. Qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun tegishli
moliyaviy mexanizmdan foyda-laniladi.
Moliyaviy siyosat moliyaning o’zida (boshqaruv ob’ektlarida)
bevosita
mujassam
bo’lgan
boshqaruvning
salohiyatli
imkoniyatlarini, ishning konkret metodlari, moliyaviy tizimning
(boshqaruv sub’yektlari) organlarini tashkil qilish bilan yagona
maqsadga birlashtirishga imkon beradi. Amaliyotda moliyaviy
siyosat moliyaviy tizim orqali amalga oshirilib, uning faoliyati
quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
moliyaviy tizim bo’g’inlarining o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini
inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish;
barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umu-miyligi;
barcha
quyi
boshqaruv
organlarining
faol
ishtirokida
markazdan umumiy boshqarish.
Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik
tamoyillari quyidagilardan iborat:
pirovard maqsadga bog’liqlik;
xo’jalik
barcha
tarmoqlarining
makroiqtisodiy
balans-
lashtirilganligi (muvozanatliligi, mutanosibligi);
jamiyat barcha a’zolarining manfatlariga mos kelishi;
real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni
hisobga olish.
Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o’z
fun
ksiyalari va dasturlarini (uzoq, o’rta va qisqa muddatli) bajarish
uchun moliyaviy resurslarni jalb qilish, ularni taqsimlash va qayta
taqsimlashga yo’naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi.
Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va
normalarini huquqiy tartibga solish (reglamentatsiya qilish) muhim
o’rin egallaydi.
Moliyaviy siyosat o’z-o’zidan yaxshi yoki yomon bo’lishi
mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning yoki
uning ma’lum bir qismining manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va
qo’yilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning echilishiga
qanchalik ta’sir ko’rsatganligi bilan belgilanadi.
Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish va uni
o’zgartirish bo’yicha tavsiya berish uchun, birinchi navbatda, butun
jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini
ajratgan holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim
bo’lgan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda
istiqboldagi va yaqin yill
ardagi vazifalarning tavsifiga ega bo’lmoq
lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga
oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga xolisona
baho berish mumkin.
Agar moliyaviy siyosat ijtimoiy taraqqiyotning ehtiyoj-larini,
jamiyat butun qatlamlarining va alohida guruhlarining manfaatlarini,
aniq tarixiy sharoitni va hayotning o’ziga xos xususiyatlarini
qanchalik aniq darajada hisobga oladigan bo’lsa, uning natijaliligi
shunchalik yuqori
bo’ladi.
Bir vaqtning o’zida, moliyaviy siyosatning muvaffaqiyat-liligi
muvofiqlashtirish mexanizmining sifatli ishlab chiqarilishiga va
jamiyat turli qatlamlari manfaatlarining amalga oshirilishiga hamda
davlatning ixtiyorida bo’lgan real imkoniyatlarning mavjudligiga, ya’ni
jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi hamda ijtimoiy ong va ruhiy
(psixologik) holatidagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda moliyaviy
siyosatning amalga oshirilishiga, ayrim hollarda, bir-biriga qarama-
qarshi ta’sir ko’rsatuvchi omillarning ta’siridan har tomonlama
foydalanish mexanizmining ishlab chiqilishiga bevosita
bog’liq.
Moliyaviy siyosat, eng avvalo, moliyaviy resurslarning
maksimal hajmini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
Chunki aynan moliyaviy resurslar har qanday o’zgarishlarning
moddiy asosini tashkil etadi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy
siyosatni aniqlash va uni shakllantirish uchun davlatning moliyaviy
ahvoli to’g’risida ishonchli ma’lumotlar zarurdir. Huquqiy demokratik
davlatda moliyaviy statistikaning ko’rsatkichlari keng jamoatchilikka
ham
tegishli bo’lishi kerak. Moliyaviy hisobotlar esa doimiy, o’z
vaqtida beriladigan, hamma olishi mumkin bo’lgan va eng asosiysi
ishonchli bo’lmog’i lozim.
Moliyaviy siyosatning mazmuni u qamrab olishi mumkin bo’lgan
moliyaviy munosabatlar rivojlanishi yo’nalish-larining umumiy
kompleksi bilan belgilanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kirishi
mumkin:
moliyaviy
siyosatning
umumiy
kontseptsiyasini
(uning
maqsadlarini, printsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini
va eng samarali metodlarini) ishlab chiqish;
makrodarajada va bozor iqtisodiyotining sub’yektlari darajasida
iqtisodiy
o’sishni
rag’batlantiradigan
bozor
iqtisodiyotining
rivojlanishiga mos bo’lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini
shakllantirish;
markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va
moliyaviy oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bo’yicha
choralar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli
restrukturizatsiya qilishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy-iqtisodiy
tizimning barcha darajalari va sohalari bo’yicha moliyaviy resurslarni
oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil qilish;
iqtisodiy o’sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini
shakllantirish.
Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy
yo’nalishlari jamiyat taraqqiyotida davlatning roli to’g’risi-dagi
fanning rivojlanish darajasiga va iqtisodiyotni boshqarishda davlat
ishtirokining
darajasini
aniqlaydigan
tegishli
nazariy
kontseptsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida
vositalaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni tashkil
etishning aniq shakl-
larida namoyon bo’ladi. Shunga asosan
ta’kidlash joizki, yigirmanchi asrda jamiyatning taraqqiyotida
davlatning roli to’g’risidagi masala bo’yicha moliya nazariyasining
asosiy yo’nalishlari mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit
(1723-1780) va D.Rikardo (1772-1823) hamda ingliz iqtisodchisi
J.Keyns (1883-1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan.
Mumtoz siyosiy
iqtisod asoschilari bo’lgan A.Smit va
D.Rikardolar kontseptsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat
iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni saqlamog’i lozim va
jamiyat xo’jalik hayotini tartibga solishda asosiy rol bozor
mexanizmlariga berilishi kerak. Ana shu printsiplarni inobatga olgan
holda yigirmanchi asrning 20-yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat
davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, davlatning muvozanatli
(balanslashtirilgan)
byudjetini
ta’minlashga
qaratildi.
Shu
maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil
etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda
unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali
davlat funksiyalarining amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet
daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida
shakllantirildi.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy
kontseptsiyasi ustunlik qila boshlab, unga ko’ra iqtisodiyot
taraqqiyotida davlatning rolini takror ishlab chiqarish jarayonining
tsiklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali
kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga
oshirishning asosiy vositasi sifatida yangi ish joylarini yaratishga
yo’naltirilgan davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir
vaqtning o’zida bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning
echilishiga imkon berdi: aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha,
ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati o’sdi; qo’shimcha talab
shakllantirildi;
MD
miqdori
ko’paydi;
ijtimoiy
ehtiyojlarni
moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bo’ldi va h.k.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari
hajmining oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir
vaqtning o’zida davlat daromadlari miqdorining oshirilishini
ta’minlashga qaratilgan moliya-viy choralar ko’rildi. Daromad solig’i
davlat daromad-larini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni
hisoblashda soliqqa tortishning progressiv stavkalari qo’llanildi.
Soliqlarning bunday tizimi MDni taqsim-lashda davlatning rolini
oshirishga olib keldi.
Moliyaviy yo’nalishda har ikkala nazariy kontseptsiyalar
o’rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli tarzda baholanishi
bilan belgilanadi. Agar birinchi kontseptsiya defitsitsiz byudjetni
shakllantirish va undan foydalanishning zarurligidan kelib chiqqan
bo’lsa, ikkinchi kontseptsiya esa byudjet defitsitining bo’lishi
mumkinligiga yo’l qo’ygan va buning ustiga iqtisodiy o’sishni
rag’batlan-tirishda byudjet defitsitiga faol rol ajratgan.
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy
siyosat deb nom olgan siyosat g’arb mamlakatlarida o’zining
samaradorligini isbotladi. Davlat iqtisodiyotga aralashuvining
kengayishi va davlat tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi
oqibatida moliyaviy munosa-batlarni tashkil qilish murakkablashdi.
Davlat xarajat-larini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat
kreditining rivojlanishini belgilab berdi. Uzoq va o’rta muddatli
qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining rivojlanishiga olib
k
eldi va o’zining ahamiyati bo’yicha davlat moliyaviy resurslarini
shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning natijasida MDni
qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi.
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neo-klassik
yo’nalishi moliyaviy siyosatning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini
belgilab berdi. Bu kontseptsiya davlatning tartibga soluvchi rolidan
voz kechmasa-da, lekin uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga
aralashuvi darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning
aralashuvi kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday
aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromad-lari va
xarajatlari orqali amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul
muomalasini, valyuta kursini, ssuda kapitallari va qimmatli qog’ozlar
bozorini ham tartibga solish orqali sodir etildi. Buning natijasida
davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar oqimida uning roli
kuchaydi.
Bularning
barchasi
taraqqiyotning
qayta
qurilish
tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o’zining ta’sirini ko’rsatdi.
Ayni davrda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati
boshqa zamonaviy nazariyalar yordamida amalga oshirilib, bu
nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining qo’shilib
ketganligidan iborat. Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat
tomonidan
tartibga
solishning
ham
keynschilik
va
ham
neokeynschilik tizimining
turli-tuman
elementlaridan
foydalanishyapti.
Sovet davlatida va sotsialistik orientatsiyada (yo’na-lishda)
bo’lgan barcha mamlakatlarda moliyaviy siyosat K.Marks (1818-
1881) va V.I.Leninning (1870-
1924) nazariy kontseptsiyalari ta’sirida
shakllandi. Sotsialistik davlat-ning mohiyati va funksiyalari haqidagi
markscha-lenincha nazariya sovet davlati moliyaviy siyosatining
asosiy printsipini
– moliyaviy markazlashtirishni – belgilab berdi.
Faqat davlatning ixtiyorida moliyaviy resurslar katta qismining
to’planishinigina emas, balki moliyaviy munosa-batlarni tashkil
etishda davlatning yakka hokimligini ko’zda tutuvchi moliyaviy
markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning funksiyalari
shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xo’jalik-
tashkilotchilik va madaniy-
tarbiyaviy funksiyalar bo’lib qoldi.
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini
byudjetdan to’liq moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda
davlatning roli keskin oshdi. Chunki iqtisodiy va ijtimoiy
rivojlanishning barcha sohalariga davlat rejalari yordamida bevosita
rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk shakllarining davlat
(umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. Shunga muvofiq
ravishda davlat MDni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan ishlab
chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri taqsimlashga va Davlat byudjeti
orqali qayta taqsimlashga o’tdi.
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bo’ldiki,
davlat bevosita va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul
muomalasi, hisob-kitoblar tizimi va kredit munosabatlarini ham
tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimining barcha qiymat
elementlari butun ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarib turuvchi
ya
gona ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga amalda birlashtirildi.
Bunday moliyaviy siyosat bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan
insoniyat tarixi uchun mutlaqo yangi bo’lgan ikkinchi ijtimoiy
munosabatlar tizimiga o’tilishini, sovet davlati oldida turgan va
faoliyatining turli bosqichlarida vujudga kelgan sotsial-iqtisodiy
muammolarning echilishini kafolatladi. Bu moliyaviy siyosatni etarli
darajada samarali bo’lgan moliyaviy siyosat deyish mumkin. Chunki
chor
Rsssiyasidan,
fuqarolar
urushidan,
chet
el
harbiy
interventsiyasidan meros bo’lib qolgan favqulodda murakkab
moliyaviy vaziyatga qaramasdan fashistlar Germaniyasi bilan urush
arafasida Sovet davlati etarli darajada kuchli iqtisodiy salohiyatni
yaratishga muvaffaq bo’ldi, urushda g’alaba qozondi va qiyosiy
qisqa muddatlarda urushdan vayron bo’lgan xalq xo’jaligini tikladi.
II jahon urushidan keyingi yillarda Sovet davlatining moliyaviy
siyosati g’arb mamlakatlari va eng avvalo, AQSh bilan qurollanish
poygasi va kosmosni rivojlantirishdagi musobaqani (raqobatni)
moliyaviy jihatdan ta’minlashga qaratildi.
Bir vaqtning o’zida sotsialistik lager mamlakatlariga juda katta
miqdorda moliyaviy yordamlar ko’rsatildi:
ularning taraqqiyotida sotsialistik orientatsiyani
(yo’na-lishni)
ta’minlash uchun;
sotsialistik mamlakatlarni sanoati rivojlangan mam-lakatlarga
aylantirish uchun;
kuchli harbiy ittifoqchilarni shakllantirish va umuman mudofa
qobiliyatini mustahkamlash uchun.
Bu maqsadlarga erishish uchun xomashyo bazasini va eng
avvalo, neft va gaz qazib chiqari
shni o’ta yuqori sur’at-larda amalga
oshirish talab etildi. Yangi qazilma boylik-
larini o’zlashtirish (ularning
geografiyasi shimoli-sharq tomonga qarab kengaya boshladi) juda
katta miqdordagi moliya resurslarning bo’lishini taqozo etdi. Chunki
bu narsalar
faqatgina yangi hududlarni o’zlashtirish, o’sha
hududlarga katta miqdorlarda ishchi kuchini ko’chirish (mehnatga
haq to’lashning oshirilgan normalari bilan birgalikda) bilan bir
qatorda yangidan neft va gaz quvurlarini qurish yordamida amalga
oshirildi. X
alqaro bozorda neft va gazning bahosi yuqori bo’lib
turgan paytlarda ularni eksport qilish xarajatlarni ma’lum darajada
qoplagan edi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bunday moliyaviy
siyosatni amalga oshirish MDni tegishli tarzda qayta taqsimlanishini
talab qildi. Buning natijasida mamlakatda harbiy-sanoat kompleksi
taraqqiy etgan bir tomonlamali iqtisodiyot yaratildi.
Davlat tomonidan belgilangan maqsadlar nuqtai-naza-ridan
urushdan keyingi davrning moliyaviy siyosat va uni amalga oshirish
choralarini nosa
marali deb aytish unchalik to’g’ri bo’lmaydi. Hukumat
rasmiy hujjatlarida aholi turmush darajasi oshayotganligini bayon
etish, albatta, bu boshqa narsa. Shunday bo’lishiga qaramasdan
aholining turmush darajasi mehnatga haq to’lashning darajasiga va
qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat va engil sanoat, fuqarolik qurilishi va
iste’mol predmetlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarning rivojlanish
darajasiga bog’liq. Agar harbiy-sanoat kompleksida (mamlakat
aholisining kattagina qismi shu sohada band edi) mehnatga haq
to’lashning
darajasi
qiyosiy
jihatdan
yuqoriroq
bo’lishiga
qaramasdan, hatto unda ishlayotgan aholi ham o’zining iste’mol
talablarini qondirish imkoniyatiga ega emas edi. Shuning uchun ham
iste’mol bozorining rivojlanishida ortda qolish urushdan keyingi
davrda sovet davlati moliyaviy siyosatning samara-dorligini salbiy
baholashning sababidir.
Moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda moliyaviy resurs-larni
taqsimlash va qayta taqsimlashning negizida quyidagilarning yotishi
printsipial ahamiyatga egadir:
taqsimlash munosabatlarining sub’yektlarini, ya’ni moliyaviy
resurslarning egalari va taqsimlovchilarini tanlash;
yuridik shaxslar va aholining o’z ehtiyojlarini qondirishdagi
mustaqillik darajasi va davlatning funksiyalariga bog’liq ravishda
davlat ixtiyoridagi moliyaviy resurslarning markazlashtirilish
darajasini aniqlash;
birinchi darajali ijtimoiy ehtiyojlar va ularni qondirish choralarini
aniqlash va shularga mos ravishda moliyaviy resurslardan
foydalanishning ustuvor yo’nalish-larini belgilash;
moliyaviy
resurslarni
shakllantirishning
manbalari
va
metodlarini tanlash.
Moliyaviy siyosat o’ta nozik va ko’p qirrali tushuncha
hisoblanadi.
Agar
umumiy
holda
uning
sohasi
jamiyat
taraqqiyotining alohida bosqichlarida hukmronlik qilgan nazariy
kontseptsiyalardan kelib chiqqan holda iqtisodiy va sotsial sohalarni
boshqarishda davlatning ishtirok etish parametrlari bilan aniqlansa,
uning qiymat munosabat-
larining elementlari bo’yicha tabaqalanishi
moliyaviy tizim-ning rivojlanganligiga va uning ayrim
bo’g’inlarining
mustaqilligiga bog’liq bo’ladi.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi bizga mustaqil
moliyaviy siyosatni yuritishga imkon berdi. Qisqa fursatlarda
O‘zbekiston moliyaviy siyosatning tamoyillari ishlab chiqildi va u
izchillik bilan amaliyotga joriy etila boshlandi. Yangi moliyaviy
siyosatning asosiy mazmuni shundaki, u davlatning iqtisodiyot
tarmoqlarini har taraflama rivojlantirish orqali xalqning yuqori
turmush
darajasini
ta’minlash
vazifasiga
xizmat
qilishga
yo’naltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |