1.5.
“Moliya” fanining paydo bo’lishi va rivojlanishida
ajdodlarimiz xizmatlari
Jahonda moliyaning alohida fan sifatida shakllanishi va
rivojlanishi jarayonida o’zbek olim va mutafakkirlari-ning ulkan
hissalari bor. To’g’ri, Buyuk Temur yoki Buyuk Bobur
9
kabi
vatandoshlarimiz qadimda “moliya” deb nomlangan maxsus ilmiy
asarlar yozishmagan. Lekin ular o’zlarining boshqa nomlar bilan
atalgan ilmiy-
siyosiy, diniy va ma’rifiy asarlarida moliyaning turli
masalalariga tegishli fikr-
mulohazalarini bayon qilishgan. O‘zbek
davlat-
larining ayrim hukmdorlari esa o’z amaliy faoliyatlarida
moliya, ayniqsa, uning tarkibiy qismi bo’lgan soliq sohasini
rivojlantirish
bo’yicha
ulkan
ahamiyatga
molik
islohotlar
o’tkazishgan.
Insoniyat tarixida ilk davlatlar paydo bo’lishi va ularning turli-
tuman xarajatlarini qoplash maqsadida soliqlardek o’ta muhim
vosita o’ylab topilishi bilan, ya’ni qadim-qadimdan hukmdorlar va
soliqlarning to’lovchilari soliqlar miqdori, to’lash tartibi va muddatlari
masa-
lalari bo’yicha o’zaro tortishib kelishgan. Chunki xalq uchun
bular
hayot-mamot
masalasi
hisoblangan.
Bizning
buyuk
ajdodlarimiz bu muammo ham hokimlar, ham ularga tobe xalqlarni
qanoatlantira oladigan tarzda ijobiy hal bo’lishi uchun juda katta
hissa
qo’shishgan.
Mutafakkirlarimizning moliya faniga qo’shgan hissa-lari haqida
so’z yuritishdan oldin muqaddas kitobimiz “Qur’oni Karim”da ham
moliya va soliq masalalariga keng e’tibor berilganligini e’tirof
etishimiz mantiqan to’g’ri bo’ladi. To’g’ri, “Qur’on” ni inson
yaratmagan, u Parvardigor tomonidan biz, musulmonlarga, tortiq
etilgan buyuk asar! Biz uchun bu o’rinda eng muhimi shundaki, ana
shu muqaddas kitobimizda ham moliya, ayniqsa, soliq va soliq
to’lash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. “Qur’oni Karim”da
islomiy soliqlarning asosiy turlari bo’lmish xiroj, ushr, zakot va
boshqa soliqlarning miqdori, to’lash tartibi, vaqti, soliq yig’uvchilar va
to’lovchilar haqida atroflicha fikr yuritilgan.
Hadislarda ham moliyaga
daxldor masalalar bo’yicha keng
miqyosda fikr yuritilgan. Masalan, soliqlar, ularning turlari,
to’lovchilar, to’lov miqdorlari va shartlari kabi masalalarning aniq
javoblari hadislarda bayon etilgan.
Miloddan avvalgi VIII asrda, ya’ni bundan 2800 yil oldin qadimiy
Xorazm diyorida bitilgan “Avesto” asarida moliya masalalari ham
tadqiq
etilganligi
jahondagi
iqti-sodiy
tafakkur
tarixi
bilan
shug’ullanadigan olimlarni hayratga soladi
10
. Zero, dunyoda
moliyaga daxldor va 28 asr oldin yozilgan hamda bugungacha
sa
qlanib qolingan asarlar deyarli yo’q. Xullas, ”muqaddas kitobda
agrar munosabat-
larning moliya masalalariga ham katta e’tibor
beriladi”
11
.
Xalqimizning “Alpomish”, “Go’ro’g’li” kabi qator doston-larida
ham moliya va soliq masalalariga alohida e’tibor berilgan.
“Alpomish” dostonida Qo’ng’irot elida hukmronlik qilgan Boybo’ri
bilan uning ukasi Boysaribiy o’rtasidagi ixtilof zakot masalasida
paydo bo’ladi. Asarda Qo’ng’irot va Qalmiq ellarining moliya tizimlari
o’rtasidagi farqlar ham ko’rsatib o’tilgan.
“Go’ro’g’li” dostonida soliqqa doir masalalar ham bayon
qilingan. Bunda soliqchi, pul yig’uvchi – pulchin, purush (furush)
degan iboralar bilan atalgan.
Umuman olganda, soliqlar masalalari juda ko’p islo-miy
mutafakkirlarimiz tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Masalan,
Burhoniddin Marg’inoniyning (1123-1197) “Hi-doya”
12
asarida
chorva mollaridan zakot olish, qimmatbaho buyumlar (oltin, kumush)
dan olinadigan zakot turlari, hosildan undiriladigan soliq (ushr),
zakotni taqsimlash tartibi bo’yicha tavsiyalar berilgan.
1063-
1092 yillarda saljuqiylar davlati vaziri bo’lib ishlagan
Nizomulmulkning “Siyosatnoma”
13
asarida davlat xazinasi, uni
oqilona boshqarish, soliqlarni adolatli yig’ish masalalari ham bayon
etilgan.
Buyuk ajdodimiz Ahmad Al-
Farg’oniy Misrda Nil daryosi suvi
hajmining o’zgarishiga qarab, suvni barcha dehqonlar o’rtasida bir
xil taqsimlashni ta’minlay oladigan, o’z zamonasida jahonda tengi
yo’q gidroinshoot barpo etgan. Qohira shahri yaqinidagi Sayyolat ul-
Rod mavzesida bunyod etilgan mazkur bino 1200 yildan beri
ajdodlarimizning buyuk aql-zakovati timsoli sifatida qad rostlab
turibdi.
Vatandoshimiz Al-
Farg’oniy ekin maydonlarini suv bilan
ta’minlash darajasining hosilga ta’siri va shu asosida soliq miqdorini
adolatli o’rnatish g’oyasini oldinga surgan va hayotga joriy etgan.
Tan olish kerakki, bu insoniyat tarixida soliqqa tortish tamoyillarini
ishlab chiqishga bo’lgan ilk va muvaffaqiyatli amalga oshgan
urinishlardan biri edi
14
.
Ahmad Al-
Farg’oniy mazkur g’oyani o’rtaga tashlagan va
hayotga joriy etgan
IX asrda g’arb mamlakatlarining ko’pchiligi hali
davlat sifatida shakllanib ulgurishmagan edi. Binobarin, ularda soliq
haqida fikr yuritishga asos, ya’ni soliqlarning o’zi ham yo’q edi.
Buyuk Temur ham moliya va soliq fanlari nazariyasi va
amaliyotiga ulka
n hissa qo’shgan. U o’z saltanatida soliqlar adolatli
bo’lishi uchun harakat qilgan. Bu fikrimizning to’g’riligini tushunish
uchun uning “Temur tuzuklari” asari va hukmdorlik faoliyatida
o’tkazgan islohotlariga murojaat qilish kerak. Jahongir “Temur
tuzukl
ari” asarida moliya, soliqlar va soliqqa tortish masalalariga
juda katta e’tibor bergan. U o’z ixtiyoridagi mamlakatlarda soliqqa
tortish, uning miqdori va to’g’ri yig’ib olish jarayonida qat’iy tartib
o’rnatgan.
“Amr qildimki, - deb ta’kidlaydi Amir Temur, - raiyatdan xiroj
yig’ishda uni og’ir ahvolga tushirib qo’yishdan yoki mamlakatni
qashshoq qilib qo’yishdan saqlanmoq zarur, chunki raiyatni
xonavayron qilish xazinaning g’ariblashuviga olib keladi. Xazinaning
g’ariblashib qolishi esa sipohning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi.
Sipohning tarqalib ketishi o’z navbatida saltanatning zaiflashishiga
olib keladi”
15
.
Ko’rinib turibdiki, Buyuk Temur davlat byudjeti daro-madlarini
shakllantirishda soliq to’lovchilarga nisbatan soliq yuklamasini
oshirib yuborishni
ng salbiy oqibatlarini chuqur his qilgan va o’z
saltanatida bunga yo’l qo’ymagan.
Sohibqiron qishloq xo’jaligida soliqni ekindan olingan hosilga
va erning unumdorligiga qarab belgilashni joriy qilgan. Temur
saltanatida hosil pishib etilmasdan raiyatdan mol
u jihot olishni qat’iy
ravishda ta’qiqlab qo’yish ham amal qilganki, soliqqa tortishning
bunday adolatli printsiplari Yevropa davlatlarining ko’pchiligida hali
ma’lum emas edi.
Tashlandiq yoki yangi erlarni o’zlashtirgan shaxslarga soliqdan
katta imtiyoz berilgan.
“... amr etdimki, - deyiladi “Temur
tuzuklarida”, - kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (er
ostidan
o’tkazilgan ariq) qursa, yo biron bog’ ko’kartirsa, yoxud
biron xarob
bo’lib yotgan erni obod qilsa, birinchi yili undan hech
narsa olmasinlar, ikkinchi yili raiyat
o’z roziligi bilan berganini
olsinlar, uchinchi yili (esa) qonun-
qoidaga muvofiq xiroj yig’sinlar”
16
.
Axir bunday fikrlar adolatli soliq siyosatining asosini tashkil
qilmaydimi?!
Buyuk Temur o’z zamonasining eng adolatli soliq
siyosatlaridan birini ishlab chiqqan hamda uni Osiyo va Yevropaning
katta qismini tashkil etgan bepoyon saltanatida hayotga joriy etgan.
Demak, Buyuk Temurni uning nazariy qarashlari va amaliy faoliyati
bo’yicha zamonaviy soliq siyosatining asoschilaridan biri, deyishga
haqqimiz borligi
ko’rinib turibdi. Uning davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirish va soliq siyosatini tashkil etish bo’yicha bildirgan
g’oyalari bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.
Soliq nazariyasini yaratgan, deb hisoblan
adigan g’arblik olimlar
ham shu taxlit g’oyalarni “Temur tuzuklari” yozil-gandan 3-4 asr
keyin boshqacha shakl va so’zlar bilan ifoda-lashganliklarini
tushunish uchun ularning asarlarini bir bor qiyoslab chiqish etarli.
Kezi kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, Buyuk Temur
yurtimizni mo’g’o’llar zulmidan ozod qilish va Amir Husayn bilan taxt
uchun uzoq davom etgan kurashlarida xalqqa ularga nisbatan
adolatli soliq siyosatini taklif etgani ham katta yordam berganligi sir
emas.
Yana bir misol. Bobur va boburiylar saltanatining Hindiston
zaminida o’ta uzoq muddat(1526-1858 yillar), ya’ni 332 yil hukm
surishida ham xalqparvarlik, jumladan, ortiqcha soliqlar bilan xalqni
qiynamaslik kabi omillar-ning xizmati beqiyos
bo’lgan.
Bobur iqtisodiy, jumladan, moliyaviy tafakkur rivo-jiga juda
katta hissa qo’shgan. Uning “Boburnoma”, “Mubayyan” va boshqa
asarlarida”
17
asarlarida iqtisodiy, moliyaviy va soliq siyosatlariga doir
fikrlari bayon etilgan. U iqtisodiy qonunlarning mohiyatini,
iqtisodiyotning davlat va jamiyat hayotini belgilovchi ahamiyatini
yaxshi bilgan. Shuning uchun ham uning iqtisodiy siyosati adolatli va
keng xalq ommasi uchun mo’’tadil bo’lgan.
Buyuk Boburning “Mubayyan” asari iymon-e’tiqod, namoz,
zakot, ro’za va haj kitoblarini o’z ichiga olgan 5 qismdan iborat.
Zakot kitobida zakot shartlari, zakot beriladigan mollar, naqdina,
chorva va tijorat mollarining zakoti, zakot farzlari, zakot beriladigan
shaxslar, zakot berish durust bo’lmagan kishilar, ushr va xirojga doir
barcha masalalar bo’yicha aniq tavsiyalar berilgan.
Boburning moliya va soliq sohasidagi xizmatlari bu boradagi
nazariy masalalarni tadqiq etish bilan cheklanib qolmagan. U moliya
va soliq bo’yicha o’zi ishlab chiqqan tavsiyalarni saltanatida o’zi
amaliyotga joriy ham etgan.
Bobur davlati barpo etilgunga qadar Hindiston hududida hukm
surgan o’nlab katta-kichik davlatlarning xazinani tashkil etish, uning
daromadlaridan foydalanish, soliq siyosati, soliq tizimi, soliqlar
turlari va ularni aholidan yig’ib olish tartiboti bir - biridan keskin farq
qilgan. Har bir rojalikning o’z soliq siyosati bo’lgan. Soliq-larning
turlari ko’pligi, ularni yig’ib olishning tartibi qat’iy emasligi va soliq
miqdori juda katta ekanligidan aholi juda qiynalgan
18.
Bobur Hindiston saltanatining hukmronligi davrida davlat
xazinasini adolat tamoyillari asosida tashkil etish bo’yicha keng
qamrovli soliq islohoti o’tkazgan, yagona davlatning yaxlit soliq
tizimini yaratib, soliqlar miqdorini sezilarli darajada kamaytirgan.
Avvallar har bitta rojaning o’z qoidalari bo’yicha yig’iladigan soliq va
yig’imlar Bobur davrida yagona islomiy qoida va tartibot asosida
olinadigan bo’lgan.
Ya’ni Bobur o’z davlati hududida yagona soliq tizimi va bir xil
soliqqa tortish tartibini joriy etgan, soliqqa tortishning muhim manbai
bo
’lgan ekin eri maydonini o’lchash tizimini takomillashtirgan va
aniqlashtirgan.
Bobur saltanatida quyidagi soliq va yig’imlar mavjud bo’lgan -
yyer solig’i, savdo solig’i, zakot (musulmonlar uchun), jiz’ya
(nomusulmonlar uchun), o’lpon to’lovlari, tuz solig’i, urushlardan
olinadigan o’ljalarning beshdan bir qismi, zarb qilingan pullar,
musodara qilingan egasiz mollar va
sovg’alar.
Bulardan tashqari mahalliy ehtiyojlar uchun ishlatila-digan
soliqlar ham mavjud bo’lib, ularni mahalliy hoki-miyat yig’ib olgan
(mazkur soliqlar “ahbob” deb atalgan).
Bobur kambag’al aholiga soliqlar bo’yicha katta imtiyoz-lar
bergan. Buning uchun soliqlar miqdori engillashtirilgan hamda
soliqlarning ma’lum qismini boy-badavlatlar davlatga emas, beva-
bechoralarga berishgan. Masalan, islo-
miy qoidaga ko’ra, “zakot”
solig’i muhtoj oilalarga tarqa-tilgan. Bobur musulmonlardan
olinadigan “tamg’a” solig’ini bekor qilgan.
Boburning
qator
farmon
va
hukmlari
Hindistonning
iqtisodiyotini rivojlantirish va moliyaviy hamda harbiy ahvolini
yaxshilashga katta hissa qo’shgan.
Bobur xalqaro iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish davlatning
iqtisodiy qudratini oshirishning muhim omili ekanligini yaxshi
tushungan. Uning bu xususdagi qarashlari “Boburnoma”da
atroflicha ifodalangan.
Shu bois savdogarlarga katta engillik va imtiyozlar berilgan.
Savdo ahlidan olinadigan soliq va yig’imlar miqdori mo’’tadil, adolatli
va oshkora bo’lgan. Sotiladigan mahsulotlar miqdorining oshishi
soliqlar hissasining kamayishiga olib kelgan va savdo rivojiga katta
ijobiy
ta’sir ko’rsatgan. Xorijiy savdogarlarga bir qator engilliklar
beril-
gan. Agar savdogarlar islom davlatlaridan kelgan bo’lsa-lar,
daromadlarining 5 foizi miqdorida soliq to’lashgan. Nomusulmon
davlatlardan kelgan savdogarlar esa o’z yurtlarida musulmon
sa
vdogarlardan olinadigan miqdorda soliq to’lashgan.
Boburning soliq sohasida boshlagan islohotlarini uning
nevarasi Buyuk Akbar oxiriga etkazgan. U saltanatning barcha
xalqlariga nisbatan bir xil va adolatli soliq siyosatini yaratgan. Akbar
amalga oshirgan soliq islohoti natijasida yagona soliq idoralari tizimi
hamda soliq-
larni to’g’ri hisoblash maqsadida bir xil og’irlik va
miqdor o’lchov tartibi joriy etilgan. U musulmon bo’lmagan aholi
to’laydigan “jizya” solig’i va jon solig’ini bekor qilgan. Avval natura
shaklida olingan va miqdori hosilning uchdan bir qismiga teng
bo’lgan yyer solig’ini pul shaklida yig’ish tizimiga o’tkazgan. Buning
natijasida soliq to’lash uchun dehqon mahsulotini bozorda sotishi
shart bo’lganligi Hindistonda tovar-pul munosabatlari keskin rivojla-
nishiga va iqtisodiy o’sish sur’atlarining oshishiga iqtiso-diy zamin
yaratgan.
Vazifalari aniq belgilab qo’yilgan yagona soliq ido-ralari
tizimining barpo etilishi, soliqlarni pul shaklida yig’ishning joriy
etilishi, soliq yig’imlari miqdorining aniqligi, hisob-kitoblarning
puxtaligi soliqchilarning boshboshdoqligini keskin kamaytirgan. Bu
tadbirlar soliq yig’uvchilar soliqlarni o’g’irlay olmaydigan tizim
yaratish uchun xizmat qilgan.
Buyuk Akbar hosil yaxshi bo’lmagan va ocharchilik davrida
soliq olmaslik imtiyozini joriy etgan, muhtoj aholiga zarur hollarda pul
va g’alla bilan qarz berish tartibini amaliyotga kiritgan.
Yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, o’zlaridan oldin mavjud bo’lgan
davlatlarga nisbatan aholining barcha qatlamlari uchun adolatli va
engil soliq siyosati yaratil-ganligi Hindiston hududida Boburiylar
saltanati uzoq davr hukm surganligining muhim sabablaridan biri
bo’lgan.
Buyuk vatandoshimiz Xoja Ubaydulloh Ahror moliyaning o’ta
muhim bo’g’ini bo’lgan soliq amaliyotining rivojiga ulkan hissa
qo’shgan, u kishining ayrim xatti-harakatlari esa xalqqa soliqdan
qator engilliklar berilishiga sabab bo’lgan.
Xoja Ubaydulloh Ahror (1404-
1490 yillar) o’z zamona-sining eng
obro’li va buyuk mutafakkiri, Bobur ta’biri bilan aytganda, “xojalar
xojasi, ulug’lar ulug’i” bo’lgan. U kishi o’zi yashab o’tgan 15 asrda
islom olamining diniy, siyosiy, ma’rifiy va iqtisodiy hayotida juda
katta o’rin tutgan. Biz bu yerda ul buyuk zotning moliya va soliq
sohasida qilgan xizmatlari haqida fikr yuritamiz.
Ayrim islom davlatlarida XV asrda o’zaro taxt uchun kurashlar
natijasida oddiy xalq ahvoli og’irlasha borgan. Masalan, temuriylar
davlatida shariat tomonidan belgi-langan ushr, mol va zakotlardan
tashqari har xil vaqtlarda turli munosabatlar bilan olinadigan soliqlar
soni 30 taga etgan. Ulardan ayrimlari (tamg’o, yorg’u) mo’g’ullar
hukmron-
ligi davrida joriy etilgan bo’lib, ba’zi vaqtlarda hali ham
qo’llanib kelardi. Ana shunday bir sharoitda Xoja Ahror musulmonlar
boshidan jabr-zulmni daf etmoq uchun din va shariatni dastur qilgan
holda sultonlarga murojaat qilib, masalani ijobiy hal etardi.
Turli masalalar bo’yicha islom davlatlari rahbarlari va boshqa
zamondoshlariga yozilgan nomalari
– “ ruqa” deb atalgan va
ularning ko’pchiligi turli to’plamlar orqali bugungacha etib kelgan.
Ana shu “ruqa”larning uchinchi turkumi iqtisodiy, savdo va soliq
masalalariga bag’ishlangan. Bu “ruqa”larda Xoja Ahror oddiy
xalqning soliq bo’yicha huquqlarini himoya qilishga ham katta e’tibor
qaratgan.
Xoja Ahror hatto sar
oy xizmatidan voz kechmoqchi bo’lgan
Alisher Navoiyga xat yozib, aytadi: «...Eshitishimcha, onhazrat, ya’ni
sultonga mulozamat qilishchdan goho malomat chekar ekansiz.
Iltimos shuki, musulmonlarga madad etkazmoq va biror faqirning dili
mushkullikdan xalos
topib, shod bo’lmog’i uchun xotiri sharifingizni
saroy xizmatidan uzmang... Biror kishi ham musulmonlar g’amini
eyishni o’ylamay qo’ygan bu vaqtda ularga g’amxo’rlik qilish — eng
xayrli ishdir!..»
Manbalarda ko’rsatilishicha, Xoja Ahror o’z zamonasining eng
yirik tadbirkorlaridan biri bo’lgan. Chunonchi, "Rashahot" asari
muallifi Faxriddin Ali Xoja Ahror erlari Toshkent viloyatidan to
Amudaryo sohillarigacha bo’lgan hududda 1300 dan ortiq
ekinzorlarni tashkil etganini eslatadi. Lekin bu mulklarning katta
qi
smi soliqlar zulmidan ozor chekkan shaxslarning o’z erlari va
tadbirkorliklarini ixtiyoriy suratda Xoja Ahrorga berishlari tufayli
tashkil topgan. Chunki Xoja Ahrorning hukmdorlar oldidagi nufuzi
shari-atda belgilangandan (ushr, mol, zakot) tashqari favqulodda
soliqlarni mehnatkashlar gardaniga yuklashdan ularni himoya etgan.
Xoja Ahror rasman mulkni olgan, lekin amalda uni oldingi egasi
ishlatib, foydasini o’zi olavergan. Dehqonchilik, chorvachilikdan
tashqari Xoja Ahrorning shahar-larda ham hunarmandchilik rastalari,
ustaxonalari bo’lgan va bulardan ham katta daromad kelib turgan.
Lekin Xoja Ahror o’z xo’jalik faoliyatidan olgan daro-madning
katta qismini aholi boshiga tushgan og’ir soliqlarni to’lash, diniy va
madaniy qurilishlarni amalga oshirish kabi ishlarga sarflagan.
Chunonchi, Umarshayx Mirzo Toshkent aholisidan 250 000 dinor
hajmida soliq talab qilganida Xoja Ahror bu mablag’ning hammasini
o’zi to’lab, yana 70 000 dinorni ham soliq yig’uvchilarga topshirgan.
Muxtasar aytganda, Xoja Ubaydulloh Ahror
o’z davrida davlat
xazinasini tashkil etish va aholini soliqqa tortish jarayonida adolat
mezonlariga rioya qilish sohasida hukmdorlarga takliflar bergan va
o’z amaliy harakatlari bilan ularga o’rnak ko’rsatgan.
Yusuf Xos Hojib tomonidan 1069-1070 yillarda yozil-gan
“Qutadg’u bilik” (“Saodatga eltuvchi bilim”), Nosiriddin Burhoniddin
o’g’li Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy”(1310 yil) asarlari, Ulug’bek
Mirzo(1394-1449)ning islohotlari ham mazkur sohada muhim
ahamiyat kasb etadi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy (1441-
1501) “Hilo-liya”,
“Vaqfiya, “Mahbub ul- qulub” (“Ko’ngillarning sevgani”), “Saddi
Iskandariy” (“Iskandar devori”) kabi qator asar-larida adolatli davlat,
adolatli soliq masalalari bo’yicha o’z fikr-qarashlarini bayon etgan.
Bundan tashqari, Alisher Navoiy katta saltanatning vaziri va
bosh vaziri lavozimlarida faoliyat ko’rsatgan davrida aholi uchun
soliq miqdorining adolatli bo’lishi uchun kurashgan.
Biz moliya haqidagi fanning tarkib topishida g’arblik olim va
mutafakkirlarning xizmatlarini inkor etish niyatidan uzoqmiz.
Haqiqatdan ham ular zamonaviy moliya nazariyasi va
amaliyotining asoschilari hisoblanishadi. Bunga hech kim shubha
qilayotgani
yo’q.
Lekin ular moliyaviy masalalar haqida fikr yuritishar ekanlar,
insoniyat tarixida o’zlaridan oldin yaratilgan asarlar, g’oyalar va oldin
hukmronlik
qilgan
podsholarning
amaliy
faoliyatlariga
tayanishganligi negadir ko’pchiligi-mizning esimizdan chiqib
qolmoqda. Biz darslikning bu qismida mazkur masalaga oydinlik
kiritishga harakat qildik.
Moliya va, ayniqsa, soliqlar iqtisodiyotning shunday keng
qamrovli sohasiki, ular jamiyat a’zolarining mutloq ko’pchilik qismi
hayotiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Soliq siyosati, uning mazmuni,
amal qilish shakl va vositalari barcha soliq to’lovchilarni qiziqtirishi
o’z-o’zidan tushunarli. Qolaversa, mustaqillikni yaqinda qo’lga
kiritgan
davlat-larda
soliq
mexanizmi
hali
shakllanish
va
takomillashish bosqichlarini o’z boshidan kechirmoqda. Shu o’rinda
mamla-
katimizda soliq kontsentsiyasini takomillashtirish bo’yicha
2018 yil davomida olib borilgan amaliy harakatlar va munozaralarni
eslatib o’tish mumkin. Shu sabablarga ko’ra mamlakatimizda so’nggi
yillarda soliqlar bilan bog’liq muammolar tobora ko’proq kitob,
maqola va ilmiy tadqiqot-
larga mavzu bo’layotganligini tabiiy bir hol
sifatida qabul qilish mumkin.
Mazkur masalaga oid ilmiy-ommaviy adabiyot, ayniqsa,
dissertatsiyalar bilan tanishish jarayonida yuzaga chiqadigan qiziq
bir holat kishini o’ylashga majbur qiladi. Sobiq sho’rolar davrida
iqtisodiy, shu jumladan, moliya va soliq nazariyasi bilan
shug’ullanadigan olimlar o’z tadqiqotlarini asosan K.Marks, F.
Engels va V. Lenin asarlariga tayangan holda amalga oshirishar edi.
Bolsheviklar imperiyasi parchalanishi bilan bog’liq ob’yektiv
sabablarga ko’ra marksizm-leninizm ta’limoti asoschilari iqtisodiy
fanlar cho’qqisidan tushib ketishdi va bu borada muayyan bo’shliq
paydo bo’ldi. Ulardan keyin moliya va soliq masalalari bo’yicha
yozilayotgan risola, maqola va ilmiy tadqiqotlar mualliflari mazkur
vakuumni asosan g’arb asarlari hisobiga to’ldira boshlashdi.
Asar, mabodo zamonaviy moliya-soliq siyosati va uning eng
dolzarb muammolari haqida yozilayotgan bo’lsa, bunday
yondoshishni ma’qullash mumkin. Lekin hatto moliya va
soliqlarning tarixi, ularning paydo bo’lishi, rivojlanish bosqichlari,
ob’yektiv sabablarga ko’ra o’ziga xos xususi-yatlarga ega bo’lgan
sharq davlatlarida moliya-soliq siyosatining shakllanishi kabi
masalalarni tadqiq qila-
yotganda ham tadqiqotchilar o’z fikr-
mulohazalarini bayon qilish jarayonida ko
’proq g’arb olimlari
asarlariga tayanishmoqda.
Masalan, soliqlar haqida tayyorlangan har qanday ilmiy
tadqiqotda mavzuning o’rganilganlik darajasi Vilyam Petti, Adam
Smit, David Rikardo kabi g’arblik klassik olimlarning soliqlarga oid
qarashlarini tahlil etish bilan boshlanishi taomilga kirib qoldi.
Soliqlar haqidagi fanning paydo bo’lishi ham asosan yuqorida
nomlari zikr etilgan olimlarning xizmatlari, degan xulosa allaqachon
hammamizning qon-qonimizga singib ketdi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan va o’z oldiga shunday maqsad
qo’ygan davlatlarda amal qilayotgan moliya-soliq siyosati va uning
zamonaviy muammolari tadqiq qilingan asarlarning «foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxati» qismida ham asosan yana g’arblik olimlarning
nomlarini ko’ramiz. qaysi dissertatsiya, kitob yoki maqolani olib
qaramang, ular S. Bryu, J Keyns, M.Kempbel, Ya.Kornai, K.
Makkonell, J. Lourens, P. Samuelson, Y. Shumpeter, M. Fridman
kabi olimlar asarlari bilan boshlanib, yana o’shalar bilan tugaydi.
G’arblik olimlardan keyin sobiq sovet va zamonaviy rus olimlari
asarlari, va nihoyat, oxirida o’zbek olim-lari tadqiqotlari tilga
olinadi.
Bizning fikrimizcha, masalaga bu taxlit yondoshish tarixiy
voqelikka to’g’ri kelmaydi va uni o’zgartirish fursati allaqachon etib
keldi.
Masalan, soliqqa tortishning umumiy printsiplari birinchi bor
Adam Smit, Vilyam Petti va David Rikardo asarlarida ishlab
chiqilgan, deb hisoblanadi. Bu o’rinda ortiqcha e’tirozimiz yo’q.
Negaki, klassik siyosiy iqtisod asoschilari bo’lmish ingliz olimlari V.
Petti (1623-
1687 yillar) “Soliqlar va yig’imlar haqidagi risola” (1662
yil), A.Smit (1723-
1790 yillar) “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari
to’g’risida tadqiqot” (1776 yil), D.Rikardo (1772-1822 yillar) “Siyosiy
iqtisod va soliqqa tortish asoslari” (1817 yil) kabi mashhur asarlarida
soliq fani sohasida haqiqatdan ham katta xizmat qilishgan.
Lekin hamma gap shundaki, moliyaning alohida fan va soha
sifatida shakllanishi jarayonida xalqimizning yuqo-rida nomlari zikr
etilgan buyuk farzandlarining ham muhim hissasi bor ekanligini tan
olish kerak.
Yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bunday holat faqat
moliya va soliqlar masalasi bilan chegaralanib qolmagan. Ming
taassufki, adabiyot va fanning boshqa sohalarida ham hozirgacha
“oldingdan oqqan suvning qadri yo’q”, qabilida yashab kelayotgan
xalq ekanligimiz sir emas. Shoiru-olimlarimiz yozayotgan kitob,
maqola, o’tkazayotgan ilmiy tadqiqotlarida, televidenie va radiodagi
chiqish-
larida ko’proq g’arb asarlariga tayanish kasalligidan
hozirgacha qutula olishmayapti.
Hatto kundalik hayotimiz va o’zaro
suhbatlarimizda ham Buyuk Navoiy, Boburlardan emas, Shekspir
yoki Gyotelardan ko’proq misol keltiramiz...
Agar bobolarimiz tomonidan o’z vaqtida mazkur masa-lalar
bo’yicha biror jo’yaliroq fikr aytilmaganda bunchalik xafa bo’lishga
asos yo’q edi.
Ming afsuslar bo’lsinkim, hozirga qadar ajdodlari-mizning
moliya sohasidagi buyuk merosi etarli darajada o’rganilmagan va
o’zining haqiqiy bahosini olmagan. Sobiq sho’rolar davrida biz buyuk
merosimizni bilmas edik, Al-
Farg’oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy,
Marg’inoniy, Motu-ridiy kabi allomalarimizning xizmatlari u yoqda
tursin, hatto nomlarini ham eshitmagan edik. Mustaqillik sharo-fati
bilangina biz ularni bila boshladik.
Mazkur holatga chek qo’yish uchun ajdodlarimiz qoldir-gan
buyuk merosni sinchiklab o’rganish talab etiladi. Lekin bu oson va
tez fursatda hal bo’ladigan ish emas. Negaki, ularning asarlari eski
o’zbek(turk), arab va fors tillarida va boshqa imloda, ya’ni arab
alifbosida bitilgan.
Istiqlol yillarida mavjud qiyinchiliklarga qara-masdan asrlar
davomida jahon mamlakatlari va xalqlari o’rtasida o’zining munosib
o’rniga ega bo’lgan va oldiga buyuk maqsadlarni qo’ygan davlatimiz
o’z ajdodlari merosini tobora kengroq ko’lamda o’rganmoqda.
2016 yildan boshlab ajdodlarimiz
merosini o’rganish-ga e’tibor
yanada
kuchaydi.
Bu
borada
O‘zbekiston
Respu-blikasi
Prezidentining qator farmon va qarorlari qabul qilindi, nufuzli
tadbirlar
o’tkazildi.
Jumladan, Samarqandda 2017 yilning 28-30 avgust kunlarida
YuNESKO shafeligida
Dostları ilə paylaş: |