bojxona daromadlarini undirishda davlat tomonidan foydalaniladi.
Masalan, ayrim mamlakatlarda bojxona bojlari ayrim tovar guruhlari
bo’yicha sotib olish bahosi bo’yicha emas, balki haqiqatdagisidan
keskin farq qiluvchi normativ baholar bo’yicha undiriladi. Shunga
mos ravishda (boshqa
sharoitlar te
ng bo’lgan taqdirda) byudjetning
daromadlari va mamlakat ichki bozoridagi baholar miqdori oshadi.
Moliya va kredit mustaqil iqtisodiy kategoriyalar hisoblanishadi,
lekin kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida ko’p hollarda
ular bir-biri bilan bo
g’liq bo’ladi. Ular hamkorlikda kengaytirilgan
asosda korxonalar pul fondlarining doiraviy aylanishiga xizmat
qiladi. Kredit bank tizimi va maxsus
moliya-kredit institutlari
tomonidan amalga oshiriladigan ssuda fondining harakatini
ifodalaydi. Bank
krediti sifatida sof ko’rinishda tushuniladigan kredit
davlatga bevosita bog’liq emas. Takror ishlab chiqarish jarayonida
uning roli etarli darajada aniqlangan - bu daromadlar va xarajatlar
o’rtasidagi vaqtinchalik uzilishni qoplash usuli hisob-lanadi. Biroq,
bir vaqtning o’zida, kredit - byudjet defitsiti va byudjet-kassa
uzilishini (navbatdagi daromadlar kelib
tushgunga qadar byudjet
xarajatlarini qoplash uchun bank xizmatlari zarur bo’lgan paytda)
qoplashning muhim shakli. O‘z navbatida, agar byudjet mablag’lari
tijorat banklarining hisobvaraqlarida saqlanayotgan bo’lsa, bu
banklar uchun muhim ssuda manbaidir.
Kredit moliyadan (moliyalashtirishdan) o’zining qaytari-
luvchanligi va muayyan foiz hisobiga berilishi bilan bilan farq qiladi.
Bir vaqtning o’zida, har ikki holatda ham ular pul mablag’larining
harakatlanishini
ifodalaydi
hamda
kredit
va
moliya
pul
munosabatlarining chegarasidan (doirasidan) chetga chiqmaydi.
Hatto, tovar krediti ham pul asosiga va shakliga ega. Banklar
korxonalar va aholining bo’sh pul mablag’larini yig’adilar va ularni
ta’minlanganlik, qaytaruvchanlik, haqlilik
va muddatlilik asosida
mablag’ga ehtiyoj sezgan yuridik va jismoniy shaxslarga beradilar.
Agar moliya qiymatning bir tomonlama va qayta tiklanmaydigan
(qaytarilmaydigan) shakldagi harakatini ifodalasa, kredit esa
kreditorga belgilangan muddatda oldindan o’rnatilgan foizlarni
qo’shgan holda qaytarilishi kerak.
Yuqorida bayon etilgan barcha
kategoriyalar pul xarakteriga,
pul tabiatiga ega bo’lib, ularga ikki va undan ortiq kategoriyalarning
belgilari xosdir. Masalan, ish haqi etarli darajada asoslangan tarzda
pulli to’lanma, ya’ni pul deb atalishi mumkin. Biroq, bu oddiy pul
bo’lmasdan sarflangan mehnatga muvofiq olingan pul hisoblanadi.
Soliq ham biz tomonimizdan amaldagi qonunchilikka muvofiq
ravishda davlatga tekinga berilayotgan puldir. Biroq, bundan
tashqari, soliq bizga tegishli bo’lgan daromad va ish haqining bir
qismidir. O‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish)
bo’yicha operatsiyalar ham davlat
daromadlarining manbai
hisoblanadi.
Demak, yuqorida qayd etilgan barcha kategoriyalarni ularning
pulli tabiati birlashtirib turadi. Ular bir-
birlaridan o’zlarining
funksiyalari va muayyan maqsadga mo’ljallanganligi bilan ajralib
turadi. Bunda katego-riyalarga te
gishli bo’lgan
barcha belgilarning
majmui birgalikda ko’rib chiqilsa, ularning bir-birlaridan farqlarini
yanada yaqqolroq ko’rish mumkin. Moliyaning funksiyalari bilan
tanishish uning mohiyatini yanada yaqqol tasavvur etishga yordam
beradi.
Dostları ilə paylaş: