T. Malikov O. Olimjonov moliya


Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit-larni



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoit-larni 
ta’minlash hamda davlatning funksiyalari va vazifalarini 
bajarish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan 
pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va 
foydalanish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) 
munosabatlar moliya deyiladi. 
Moliyaviy 
munosabatlarning 
boshqa 
iqtisodiy 
munosa- 
batlardan farqlanuvchi xarakterli belgilaridan biri shundaki, ular 
yordamida amalga oshiriladigan YaIMni qayta taqsimlash jarayonida 
ldindan ma’lum maqsadlarga mo’l-jallangan turli pul mablag’lari 
jamg’armalari (fondlari) yaratiladi. Davlat va mahalliy o’zini o’zi 
boshqarish organlari darajasida tuziladigan pul mablag’lari fondlari 
markazlashtirilgan fondlar, xo’jalik sub’yektlari daraja-sida tuzilgan 
pul fondlari esa markazlashtirilmagan pul fondlari deyiladi. 
Xo’jalik sub’yektlarining turli faoliyatlaridan olin-gan daromadlar 
hisobidan maxsus pul mablag’lari fondlari shakllantiriladi. Ularni 
shakllantirish qat’iy ravishda reglamentatsiya qilinish (tartibga 
solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning 
yana bir farqlanuvchi xarakterli belgisi hisoblanadi. 
YaIMni taqsimlashda aholi ham ishtirok etib, ish haqi
tadbirkorlik daromadi, dividendlar va qayta taqsimlash-ning boshqa 
shakllari ko’rinishidagi o’z hissalarini oladi. Bundan tashqari 
majburiylik xarakteriga ega bo’lgan soliq-lar va boshqa to’lovlarni 
to’lash orqali aholi markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini 
shakllantirishda ishtirok etadi. Aholi daromadlari va xarajatlarini 
shakllantirish 
va 
foydalanish 
bilan 
bog’liq 
bo’lgan 
pul 
munosabatlarining bu tizimi ham moliyaviy munosabatlarning 
alohida sohasini tashkil etadi. 
Shunday qilib, quyidagilar moliyaning xarakterli belgilaridir: 

qiymatning tovar shaklidagi harakatiga bog’liq bo’lmasdan, 
aksincha, real pullarning harakatiga bog’liq bo’lgan, huquqiy 
normalar 
yoki 
biznesni 
yuritish 
etikasiga 
asoslangan 
munosabatlarning taqsimlash xarakterda ekanligi;




pul mablag’lari harakatining, odatda, bir tomonlama yo’nalishga 
ega ekanligi;


markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul mablag’lari 
fondlarini yaratish.

Moliya pul munosabatlarining ajralmas qismi hisoblanadi. 
Shuning uchun ham uning roli va ahamiyati pul munosabatlarining 
iqtisodiy munosabatlar tizimida qanday o’rinni egallaganligiga 
bog’liq. Bir vaqtning o’zida moliya puldan o’zining mazmuni va 
bajaradigan funksiyalari bo’yicha farq qiladi. Agar pul umumiy 
ekvivalent bo’lib, uning yordamida umumlashtirilgan ishlab 
chiqaruvchilarning mehnat xarajatlari o’lchansa, moliya esa yalpi 
ichki mahsulot (YaIM) va milliy daromad (MD)ni taqsimlash va qayta 
taqsimlashning iqtisodiy vositasi (ins
trumenti), pul mablag’lari 
fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish ustidan nazoratni 
amalga oshirish qurolidir. Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish 
yo’li bilan faqatgina davlat va korxonalarning pul mablag’lariga 
bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlash emas, balki moliyaviy resurslarning 
sarflanishi ustidan nazoratni ham amalga oshirish moliyaning nima 
uchun mo’ljallanganligini belgilab beradi. 
Moliya quyidagilar sub’yektlar o’rtasida vujudga keladigan pul 
munosabatlarini ifodalaydi: 

tovar-moddiy boyliklarni sotib olish, mahsulot va xizmatlarni 
realizatsiya qilish jarayonida korxonalar o’rtasida vujudga keladigan 
pul munosabatlari;


markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini yara-tish va ularni 
taqsimlash borasida korxonalar va ularn
ing yuqori organlari o’rtasida 
vujudga keladigan pul munosa-batlari;


byudjet tizimiga soliqlarni to’lash va xarajatlarni byudjetdan 
moliyalashtirish davomida korxona va davlat o’rtasida vujudga 
keladigan pul munosabatlari;


soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lovlarni to’lash jarayonida davlat 
va fuqarolar o’rtasida vujudga keladigan pul munosabatlari;


to’lovlarni amalga oshirish va resurslarni olish jarayonida 
korxonalar, fuqarolar va nobyudjet fondlari o’rtasida vujudga 
keladigan pul munosabatlari;


byudjet tiz
imining alohida bo’g’inlari o’rtasida vujudga keladigan 
pul munosabatlari;


sug’urta badallarini to’lash va zararlarni qoplash, sug’urta 
hodisasi ro’y bergan paytda aholi, korxonalar hamda mulkiy va 
shaxsiy sug’urta organlari o’rtasida vujudga keladigan pul 
munosabatlari;


korxona fondlarining doimiy doiraviy aylanishiga xizmat 


qiluvchi pul munosabatlari.

Pul daromadlari va fondlarining eng asosiy moddiy manbai 
bo’lib mamlakatning MD hisoblanadi. MDning hajmi umumdavlat 
ehtiyojlarini qondirish va ijtimoiy ishlab chiqarishni kengaytirish 
imkoniyatlarini aniqlab beradi. Aynan MD va uning alohida 
qismlarining - 
iste’mol fondi va jamg’arish fondining - hajmini 
hisobga olgan holda iqtisodiyotning rivojlanish proportsiyalari 
(nisbatlari) va tarkibiy tuzilmasi aniqlanadi. Xuddi shuning uchun 
ham MD statistikasiga alohida e’tibor beriladi. 
Moliyaning ishtirokisiz MDni taqsimlab bo’lmaydi. Moliya MDni 
yaratish va undan foydalanishning ajratib bo’lmaydigan bog’lovchi 
bo’g’ini hisoblanadi. Moliya ishlab chiqarish, taqsimlash va 
iste’molga ta’sir etib, ob’yektiv xarakterga ega. U ishlab chiqarish 
munosabatlarining ma’lum bir sohasini ifoda etib, bazis 
kategoriyasiga mansubdir. 
Zamonaviy iqtisodiyot davlat moliyasi ishtirokisiz faoliyat 
ko’rsata olmaydi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichiga qadar 
jamiyatning ba’zi bir ehtiyojlari faqat davlat tomonidan 
moliyalashtirilishi mumkin. Atom sanoati, kosmik tadqiqotlar, 
iqtisodiyotning yangi va ustuvor tarmoqlari, jamiyat uchun zarur 
bo’lgan sohalar (pochta, telegraf va boshqalar) ana shular 
jumlasidandir. 
Moliya alohida olingan mamlakatlarda ishlab chiqarish kuchlari 
taraqqiyotining 
darajasini 
va 
ularning 
xo’jalik 
hayotidagi 
makroiqtisodiy jarayonlarga ta’sir etish imkoniyatlarini ifodalaydi. 
Mamlakat iqtisodiyotining ahvoli moliyaning holatini belgilab 
beradi. Doimiy ravishdagi iqtisodiy o’sish, YaIM va MD 
miqdorlarining oshib borishi sharoitida moliya o’zining muntazamliligi 
va barqarorligi bilan xarakterlanadi. U ishlab chiqarishning yanada 
rivojlanishini va mamlakat fuqarolari hayotining sifat darajasining 
yanada ortishini 
rag’batlantiradi. 
Iqtisodiy inqiroz, ishlab chiqarish hajmining pasayishi, 
ishsizlikning ortishi sharoitida moliyaning holati ham yomonlashadi. 
Bu narsa, o’z navbatida, davlat ichki va tashqi qarzlari hisobidan 
moliyalashtiriladigan byudjet defitsiti miqdorining kattaligida, pul 
emissiyasida, davlat qarzining ortishi va unga xizmat qilish bo’yicha 
xarajat-
larning ko’payishida namoyon bo’ladi. Bularning barchasi 
inflyatsiyaning kuchayishiga, xo
’jalik aloqalarining buzilishiga, o’zaro 
noto’lovlarning ortishiga, pul surrogatlarining paydo bo’lishiga, barter 
bitimlarining ko’payishiga, soliq-larni byudjetga undirish borasida 
qiyinchiliklarning kelib chiqishiga, davlat xarajatlarining o’z vaqtida 
moliyalashtirilmasligiga, aholi keng qatlamlari turmush darajasining 


pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham iqtisodiy va ijtimoiy 
(sotsial) munosabatlarda ishlab chiqarish real sohasining holati 
birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. 
O‘zining moddiy mazmuniga ko’ra moliya pul mablag’-larining 
maqsadli fondlarini ifoda etib, ularning yig’indisi, oxir oqibatda, 
mamlakatning moliyaviy resurs-larini tashkil etadi. Mamlakat 
moliyaviy resurslari o’sishining asosiy sharti MD hajmining 
ko’payishidir. Bir vaqtning o’zida, “moliya” va “moliyaviy resurslar” 
bir-
biri bilan bir xil tushunchalar emas. Moliyaviy resurslar o’z- 
o’zicha moliyaning mohiyatini aniqlab bermaydi, uning ichki 
mazmuni va ijtimoiy jihatdan mo’ljallanganligini ocha olmaydi. Moliya 
fani resurslarni
ng o’zini emas, balki resurslarni shakllantirish, 
taqsimlash va foydalanish asosida vujudga keladigan iqtisodiy 
munosabatlarni o’rganadi. Bu fan moliyaviy munosabatlarning 
taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadi. 
Moliya bazis kategoriyasi hisoblansa-
da, ko’p jihatdan u 
hukumat tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy siyosatga ham 
bog’liq bo’ladi. 
Moliya 
– bu, eng avvalo, taqsimlash kategoriyasi. Uning 
yordamida MDni ikkilamchi taqsimlanishi yoki qayta taqsimlanishi 
amalga oshiriladi. 
Moliyaviy munosabatlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohi-
yati “Davlat 
kimning hisobidan moliyaviy resurslarni oladi va kimlarning 
manfaatlari uchun bu mablag’lardan foydalanadi?” degan savolning 
tadqiq qilinishi orqali namoyon bo’ladi. 
Taqsimlash jarayonlari faqatgina moliya orqali emas, balki 
boshqa iqtisodiy kategoriyalar, jumladan baho, kredit, soliq va 
h.k.lar orqali ham amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin