3-
bob. Moliyaviy tizim
3.1. Moliyaviy tizimning sohalari va
bo’g’inlari
Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllana-digan va
foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui
moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif berish mumkin:
davlat va korxona-larning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va
foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliyaviy tizim
deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin: Xo’jalik
sub’yektlari, uy xo’jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining
pul
mablag’larini
taqsimlaydigan
va
ishlatadigan
moliya
munosabatlarining bir-
biri bilan bog’liq va birgalikda harakat
qiladigan kategoriyalari, bo’g’inlari va sohalarining yig’indisi
moliyaviy tizim
deyiladi”.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya”
tushunchasining
taraqqiyoti
natijasidir.
Mamlakatda
bozor
islohotlarining amalga oshirilishi va printsipial jihatdan butunlay
yangi bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq
etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlariga nisbatan
ob’yektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqozo etdi. Unga muvofiq
ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga
bo’linadi
27
:
davlat moliyasi va mahalliy moliya;
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va
daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga
bog’liq ravishda bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan,
davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil
topishi mumkin:
davlat byudjeti;
byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;
davlat krediti.
Shuningdek,
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi quyidagi
bo’g’inlardan iborat:
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
27
Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari,
ko’pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan edi. Leningrad (hozirgi
Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy
E.A., Jevtyak P.N., Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar)
fikriga ko’ra, moliyaviy tizim odatda, ikki sohadan, ya’ni 1) korxonalar va
xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan
iborat bo’lgan. Moskva maktabining vakillari (Shermenev M.K., Nikolskiy
P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar) fikricha
esa, moliyaviy tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy
ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish
sohasi moliyasi. Shunday bo’lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham
SSSRning iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy
siyosatga mazmunan mos kelgan edi.
Xo’jalik yurituvchi
sub’yektlar moliyasi
Davlat moliyasi va
mahalliy moliya
Davlat
krediti
Notijorat tashkilotlar
moliyasi
Byudjetdan tashqari
davlat
Maqsadli fondlari
Moliyaviy vositachilar
moliyasi
Davlat
byudjeti
Tijorat korxona-lari va
tashkilot-lari moliyasi
Dostları ilə paylaş: |