T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Moliyaviy tizim 

moliyaviy vositachilar moliyasi;


notijorat tashkilotlari moliyasi.

Yuqorida keltirilganlarni chizmali 
ko’rinishda quyi-dagicha 
ifodalash mumkin: 
3.1.1-
chizma. Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari 
 
Moliyaviy tizimning alohida sohalar 
va bo’g’inlarga bo’linishi 
YaIMni 
shakllantirish, 
taqsimlash 
va 
qayta 
taqsimlashda, 
daromadlarni shakllantirish va ulardan foydalanishda iqtisodiy 
munosabatlar sub’yektlarining bir-birlaridan farqli ravishda ishtirok 
etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va 
bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan 
foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir. 
Masalan, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni 
yaratishga, uni korxonalar o’rtasida taqsimlashga va YaIM bir 
qismining byudjet va nobyudjet fondlariga qayta taqsimlashga 


xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning markazlash- 
tirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va aholining 
turli 
ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanadi. 
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining 
alohida bo’g’ini sifatida davlat byudjeti o’z ichiga quyidagilarni oladi: 

respublika byudjeti;


Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. 
O‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti

Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti hamda 
Qoraqalpog’iston Respublikasiga bo’ysunuvchi tumanlar va 
shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning byudjeti esa 
viloy
at byudjetini va viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar 
byudjetlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo’linadigan 
shaharning byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi 
tumanlar byudjetlaridan iborat. Va nihoyat, tumanga bo’ysunadigan 
shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman 
bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi. 
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o’z 
oldida turgan quyidagi muammolarni hal etishi kerak: 

daromadlar asosini mustahkamlash;


byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo’lishini 
ta’minlash;


modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga 
oshirish negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni innovatsion 
usulda rivojlanish xarajatlariga ustuvorlik berish;


soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’lish tartibini 
qayta ko’rib chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad bazasini 
kengaytirish;


byudjet defitsiti darajasini kamaytirish;


byudjet 
yordamida 
tartibga 
solish 
mexanizmini 
tako- 
millashtirish;


G’aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, 
byudjet 
mablag’laridan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish 
va h.k..

Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari (davlat maqsadli 
fondlari) oldindan belgilangan ma
’lum muddat-larda tuzilishi yoki 
doimiy ravishda mavjud bo’lishi mumkin. Bu fondlarning vujudga 
kelishi davlat byud-jetining qabul qilinishi yoki qabul qilinmasligidan 
qat’iy nazar mablag’lar maqsadli manbaining zarurligi bilan 
belgilanadi. Birinchi navbat
da, bu ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash, 


ishsizlikni kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim 
ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag’larini 
shakllantirish va ulardan foydalanish davlat tomonidan 
o’ziga xos 
bo’lgan shakllar va metodlar yordamida amalga oshiriladi. Shuning 
uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy 
moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida ajratilishi maqsadga 
muvofiqdir. 
Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltiril-ganligi 
belgisi bo’yicha byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini 
quyidagi ikki guruhga bo’lish mumkin: 

ijtimoiy mo’ljallangan (yo’nalishga ega bo’lgan) davlat maxsus 
fondlari;


tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo’lgan davlat maxsus 
fondlari.

Ayrim hollarda hududiy yo’naltirilgan(mo’ljallangan) davlat 
maqsadli fondlari tashkil qilinishi mumkin. 
Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va 
mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida quyidagilardan 
iborat bo’lishi mumkin: 

Respublika yo’l fondi; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va 
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus 
hisobvarag’i; 

Ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat fondi; 

O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi. 
Davlat 
maxsus 
fondlari 
tarkibida 
katta 
miqdordagi 
mablag’larning to’planganligi sharoitida davlat moliyaviy 
nazoratining susayishi bu mablag’lardan samarasiz foyda-lanishga 
va su’istemol qilish holatlarining sodir etili-shiga olib kelishi mumkin. 
Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan foydalanish 
ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni davlat byudjetiga 
jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda 
byudjetga 
jamlangan 
fondlarning 
maqsadli 
yo’nalishi 
o’zgartirilmasdan saqla-nib qolishi ta’minlanishi lozim. 
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy 
moliya” sohasining o’ziga xos bo’g’ini hisoblanadi. Uning o’ziga 
xosligi davlatning markazlashtirilgan fond-
lariga mablag’larni jalb 
qilish 
bo’yicha moliya-kredit munosabatlarining alohida shakllari 
bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, yuridik va jismoniy shaxslar 
o’rtasidagi pul munosabatlarining o’ziga xos alohida shaklidan 


iboratdir. Bunda davlat , asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va 
shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga 
chiqadi. 
Davlat kreditida mablag’larni qarz oluvchi sifatida davlatning 
hissasi miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi 
operatsiyalari, ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar 
taqdim qilganda yoki garant (kafil) bo’lganda, ancha torroq bo’ladi. 
Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va to’lovlilik (haq 
asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. 
Hozirgi 
sharoitda 
davlat 
kreditining 
zarurligi 
davlat 
xarajatlarining davlat o’z daromadlari bazasini kengay-tirish 
imkoniyatlariga nisbatan yuqori sur’atlarda o’sishi bilan bog’liq bo’lib, 
bu narsa byudjet defitsiti sharoitida rejalashtirilgan byudjet 
xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-
biri bilan o’zaro bog’liq 
holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va 
mahall
iy moliya” bo’g’ini to’g’risidagi an’anaviy tasavvurlar 
kengayishi va keng mo’noda hamda uni zamonaviy tushunishga 
muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham o’z tarkibiga 
qo’shmog’i lozim. 
Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi moliyaviy tizim-ning 
mustaqil sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning 
turli shaklidagi korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash 
mumkin. Moliyaviy tizimning ana shu sohasida daromadlarning 
asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda davlat tomonidan 
o’rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, barcha 
darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini 
shakllantiradi. Bir vaqtning o’zida byudjet mablag’larining katta 
qismi to’g’ridan-to’g’ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari 
va davlat kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion 
faoliyatlarini moliyalashtirishga yo’naltirilishi mumkin. 
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat 
korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi 
va notijorat tashkilotlar moliyasi kabi bo’g’inlardan tashkil topadi. Bu 
guruhga kiruvchi xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy 
munosabatlari tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, daromadlar va 
xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik 
qilish, o’z zimmalariga olgan 
majburiyatlarini bajarish shakllariga bog’liq ravishda o’ziga xos 
bo’lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o’zida, tijorat korxonalari 
va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda 


moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakat-ning 
umumiy moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliya-sining ahvoli 
bilan belgilanadi. 
Bozor 
munosabatlari 
sharoitida 
korxonalar 
o’zlarining 
faoliyatlarini tijoriy hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq 
ravishda ularning xarajatlari o’z daro-madlari hisobidan qoplanishi 
kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishining 
asosiy manbai foyda hisoblanadi. 
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy musta-qillikka ega, 
mahsul
otni sotishdan olingan tushumni ularning o’zi mustaqil 
ravishda taqsimlaydi, o’zlarining ixtiyoriga ko’ra foydadan 
foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy fondlarni shakllantiradilar, 
moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank kreditlari, obliga- 
tsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa vositalardan 
foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo’lgan mablag’larni 
qidirib topadilar. 
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod 
bo’lib, shu bilan birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari 
uchun ularning mas’uliyati ham keskin oshi-rilgan. 
Bir vaqtning o’zida mamlakatning xo’jalik tizimi murakkab 
tuzilmadan iborat bo’lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat 
ko’rsatadi. Uning tarkibida foyda olishga qaratilgan biznes sohasi 
bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa sohalari ham mavjudki, 
ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga yo’naltirilgan. 
Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda 
katta masshtablarga ega bo’lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o’sib 
borayotgan notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat 
sektori tashkilot-
larining yuqori sur’atlarda tez o’sib borayotganligi, 
bir tomondan, jamiyatni demokratlashtirish siyosiy jarayon-larining 
rivojlanishi va ikkinchi tomondan, bozor iqtiso-diyotining ijtimoiy 
yo’naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz uchun xarakterlidir) 
bilan 
bog’liq. 
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo’lib, foyda olish ularning 
asosiy maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o’rtasida 
taqsimlanmaydi. Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, 
ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, sog’liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya 
va sportni rivojlantirish, fuqarolar va tashkilotlarning qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni 
yechish, yuridik xizmatlar ko’rsatish va shunga o’xshash boshqa 
maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. 
Notijorat tashkilotlarning oldiga qo’yilgan maqsadlar xilma-xil 


bo’lganligi uchun bu sohaning juda keng va rang-barang bo’lishi, 
tabiiydir. Notijorat sohaning bir guruh korxonalari, asosan, o’z 
a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum toifadagi shaxslarning 
rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sohasi
28
, odatda, 
davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi 
inobatga olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi
29

Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy 
taraqqiyot 
bosqichlariga 
muvofiq 
ravishda 
notijorat 
sektor 
faoliyatining masshtablari bir-biridan farq qiladi. Biroq, qator 
miqdoriy 
ko’rsatkichlarning 
tahlili 
bu 
sektorning 
taraqqiy 
topayotganligidan dalolat beradi. Notijorat soha holatini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin