3.2. Yetakchi
xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy
tizimi
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi
moliyaviy munosabatlarning quyidagi
bo’g’inlaridan iborat:
davlat byudjeti tizimi;
davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kre-ditlari, federativ
davlatlarda esa
– federatsiya a’zo-larining krediti;
maxsus fondlar;
davlat korporatsiyalari moliyasi.
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi),
eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona)
davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo’g’indan iborat:
davlat byudjeti;
ko’p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq
okruglari byudjeti).
Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar
o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining
tarkibiga kirmaydi.
Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo’g’indan tarkib
topgan:
davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat byudjeti);
federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti,
Kanadada
– provintsiyalar byudjeti, GFRda – erlar byudjeti,
Shveytsariyada
– kantonlar byudjeti va h.k.);
mahalliy byudjetlar.
Mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan
federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o’z navbatida,
davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi.
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning
yetakchi bo’g’inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o’z-o’zini
boshqarish hududiy organlarining funk-tsiyalari va vazifalarini
moliyaviy ta’minlashga mo’ljal-langan markazlashtirilgan pul
mablag’lari fondini shakllantirish va unday foydalanishning shaklidan
iboratdir.
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy
rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning
qonunchilik hokimiyat organi
– parlament tomonidan tasdiqlanadi.
Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar
davrida) hukumat davlat
byudjetining mablag’lariga tayanadi va ular
yordamida davlat xarajatlarini qoplaydi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini
qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning bu
bo’g’ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bo’lgan qismi qayta
taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo’lib,
ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va
ayrim davrlarda undan ham ko’proq qismi shakllantiriladi. Bozor
iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar
hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i,
korporatsiyalarning foydasidan olinadigan soliq, aktsizlar, qo’shilgan
qiymat solig’i va bojxona bojlari davlat byudjetiga birik-tirilgan.
Davlat
byudjetidan harbiy maqsadlarga mo’ljallangan xarajatlar,
iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash
xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va
rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning
o’zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat organlariga, hukumat
maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va kreditlar
berish orqali mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo’g’inlariga o’z
ta’sirini ko’rsatadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko’pchiligining davlat byudjetlari
uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo’lib, u davlat
zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga
chiqarilishi davlat qarzining o’sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin
chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan)
barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qo’shib hisoblagandagi
umumiy summasidan iborat.
Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning
ikkinchi bo’g’inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining
moliyasi va federatsiya a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli
bo’lgan mahalliy byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat.
Federatsiya a’zolarining daromadlari to’g’risidagi masala har bir
mamlakatda o’ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, AQShda shtatlar
byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan
olinadigan soliqlar biriktirilgan bo’lsa, GFRda asosiy to’g’ri
(bevosita) soliqlar bo’yicha tushumlar – aholidan olinadigan
daromad solig’i va korporatsiyalardan olinadigan foyda solig’i
50%:50% nisbatda federal byudjet va erlarning byudjeti o’rtasida
bo’linadi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi
bo’g’ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va
ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi kredit
munosabatlaridan iborat bo’lib, unga ko’ra davlat va boshqaruvning
mahalliy organlari, asosan, mablag’larni qarzga oluvchilar sifatida
maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda,
byudjet defitsiti mavjud bo’lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning
xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi.
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi
soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga
yo’naltiriladigan mablag’larning salmog’i mahalliy byudjetlarda
davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy
ravishda defitsitli bo’lib, ular Davlat byudjetidan hukumat kafolati
ostida subsidiya va kreditlar yo’li bilan kerakli mablag’larni oladi.
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim
bo’g’inlaridan yana biri bu byudjetdan tashqari maqsadli fondlardir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakat-larda eng yirik byudjetdan
tashqari maxsus fondlarning orasida milliy mug’urta fondlari alohida
o’rinni egallaydi. Bu fondlar korxona xodimlari va tadbirkor-larning
sug’urta badallari hamda davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar
hisobidan tashkil topadi. Milliy sug’urta fondlarining mablag’lari yosh,
nogironlik va boquvchisini yo’qotgan hollar bo’yicha pensiyalarni
to’lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgani, homiladorligi,
ishsizligi va h.k.lar bo’yicha nafaqalar berishga sarf-lanadi. Bunda
mablag’larning asosiy qismi yosh bo’yicha pensiyalarni to’lashga
yo’naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning
miqdori ish haqi va to’langan sug’urta badallarining miqdoriga
nisbatan belgilanadi.
Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935 yil qabul
qilingan qonunga binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir
o’zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kelayapti. Pensiya ta’minoti
tizimi doimiy band bo’lgan yollanma xodimlar va o’z-o’zi bilan band
bo’lgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Temir yo’l tizimida, federal
xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar
uchun pe
nsiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi.
Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug’urta
fondi bo’lib, bu fond AQSh federal byudjetining tarkibiga kiradi.
Qarilik bo’yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda –
62-64
yoshdan) boshlab to’lanadi. Pensiyani olish uchun minimal
darajadagi sug’urta stajiga ega bo’lmoq lozim, ya’ni 40 chorak – 10
yil davomida sug’urta badallarini to’lash kerak.
Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug’urta qilin-
gan shaxs tomonidan o
lingan ish haqining o’rtacha miqdoriga
nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni chegirgan
holda). Pensiyaning o’rtacha miqdori o’rtacha maosh-ning 40% ini,
past darajadagi daromadga ega bo’lgan shaxslar uchun esa 60% ni
tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat qilinganda,
ana shu narsani rag’batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har
oyiga 0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining
darajasiga muvofiq ravishda pensiya avtomatik ravishda
indensatsiya q
ilinadi. Pensionerning qaramog’idagilar uchun qarilik
pensiyasining 50% i miqdorida qo’shimcha to’lanadi.
AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon,
oziq-ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasi-gacha miqdori past
kvartira haqi kabi qo
’shimcha imtiyozlarga ega.
GFRda yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy
etilgan. Boshqa yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham
pensiyaning miqdori o’rtacha ish haqi va to’langan sug’urta
badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat pensiya ta’minoti
tizimi yetakchi rol o’ynaydi.
Italiyada pensiya islohoti 1995 yilda o’tkazilgan. Unga muvofiq
o’zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan.
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo’lsa-da,
haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70%i
qonunda ko’zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi.
Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan
Ispaniyada -7,5%, Avstriyada - 14,8%, Fransiyada
– 11,8%, GFRda
- 10,8%, Buyuk Britaniyada
– 9,5%ni tashkil etadi.
Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliyaviy
tizimning bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G’arbiy
Yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan so’ng va 1945-
1950 yillarda temir yo’l va havo transporti, energetika tarmog’i va
boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi munosabati bilan
ancha rivojlana boshladi. O‘sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy
jihatdan o’ta qoloq va raqobatga chidamsiz edi. Ularni
modernizatsiya qilish va yangilash juda katta miqdordagi
mablag’larni talab etdiki, bu mablag’lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq
to’lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modernizatsiya
qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg’or bo’lishiga qaramasdan,
moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga
ishlaydigan bo’lib qolaverishdi. Davlat korxonalari moliyaviy holati
og’ir-ligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past
baholar siyosatining yurgizilayotganligidir.
O‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar
hukmron doiral
arining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga ko’ra
ko’pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu
narsa davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi.
Dostları ilə paylaş: |