4.1.1-chizma. Moliyaviy boshqaruv tizimi.
Moliyaviy boshqaruv tizimi
Ta’sir
instru-
mentlari
Boshqaruv
ob’ekt-
lari
Moliyaviy
barqaror-lik
Tizimlar
moliyasi
Moliyaviy
siyosat
Moliyaviy
tizim
Piro-
vard
maqsad
Boshqaruv
sub’yekt-
lari
4.2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy
hokimiyat va boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Umumdavlat miqyosida moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi
boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
Prezident;
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya,
byudjet, soliq va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki
palatasining tegishli
qo’mitalari;
Vazirlar Mahkamasi;
Hisob palatasi;
Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi
organlari;
Markaziy bank;
Davlat soliq qo’mitasi;
Davlat bojxona qo’mitasi;
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya;
Byudjetdan tashqari davlat
maxsus
fondlarining ijroiya
direktsiyalari
va boshqalar.
Mamlakat Prezidenti moliyaviy tizimning faoliyatini tartibga
soladi, mamlakat byudjetini tasdiqlaydi, Parlament tomonidan qabul
qilingan moliyaviy qonunlarga “veto” qo’yish huquqiga ega.
Ikki palatad
an (Senat va Qonunchilik) iborat bo’lgan Oliy majlis
soliqlar,
yig’imlar, soliq xarakteriga ega bo’lmagan to’lovlarni
o’rnatadi, davlat byudjetini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek,
davlat byudjetining ijrosi
to’g’risidagi hisobotni ham tasdiqlaydi,
moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va boshqalar) qabul
qiladi. Bir vaqtning
o’zida davlat ichki va tashqi qarzining
chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida
Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetini
ko’rib chiqadi, moliyaviy
boshqaruvning yagona umumiy markazi sifatida faoliyat
ko’rsatadi.
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi
moliyaviy boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
hajmi va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha davlat byudjeti va
davlat maxsus fondlari daromadlar va xarajatlarining o’z vaqtida ijro
etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish;
davlat mablag’larining sarflanish va davlat mulkidan
foydalanishning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;
davlat byudjeti va davlat maxsus fondlarini shakl-lantirish va
ulardan foydalanishga ta’sir ko’rsatadigan yoki xarajatlarning davlat
byudjeti
hisobidan
qoplanishini
ko’zda
tutayotgan
davlat
hokimiyatining qonunlari va normativ-huquqiy aktlarini moliyaviy
ekspertiza qilish;
davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat
tadbirlarining natijalari to’g’risida Oliy Maj-lisning Senati va
Qonunchilik palatasiga doimiy
ravishda ma’lumotlarni taqdim etish;
va boshqalar.
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va
uning joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida
yagona moliya, byudjet, soliq va valyuta siyosatining amalga
oshirilishini ta’minlaydi. Moliya vazirligining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
yagona davlat moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga
oshirish;
davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini
ta’minlash;
byudjet mablag’lari va davlat maxsus fondlari mablag’larining
oqilona va maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga
oshirish;
davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy
bozorni rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni
ko’rish;
mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada
tegishli takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish
choralarini ko’rish;
mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotining
ustuvor
yo’nalishlarini ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni to’plash;
davlat byudjeti va jamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobotni
tayyorlash;
davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va
davlatning ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;
uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan
mamlakat taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab
chiqishda ishtirok etish;
iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan
qayta qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va
xizmatlarni bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va
qo’llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga
oshirishda qatnashish;
mamlakatdagi pul-
kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari,
iqtisodiyotdagi hisob-
kitoblar va to’lovlar-ning ahvolini yaxshilash
bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga
oshirishga yo’naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya
dasturlari va mamlakat Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va
moliyalashtirishda qatnashish;
moliyaviy rejala
shtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish
sohalarida metodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda
(Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni chek-lash yoki
umuman to’xtatib qo’yish;
va boshqalar.
Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh
boshqarmalar va boshqarmalar bo’lishi mumkin:
davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;
agrosanoat
majmuini
moliyaviy
tartibga
solish
bosh
boshqarmasi;
ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi;
nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
investitsiyalar boshqarmasi;
iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sohalarini moliyaviy hamda
narx orqali tartibga solish boshqarmasi;
boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;
soliq siyosati boshqarmasi;
buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
qimmatli qog’ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg’i-energetika majmui
moliyasi boshqarmasi;
mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni
moliyalashtirish boshqarmasi;
va boshqalar.
Moliya vazirligining muhim bo’linmasi G’aznachilik
30
tizimi
bo’lib, u davlat byudjetining kassa ijrosini ta’minlashga mas’uldir.
Moliyaviy boshqaruvga bevosita daxldor bo’lgan G’aznachilik
tizimining asosiy vazifalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va
nazorat qilish;
kassaning yagonaligi printsipidan kelib chiqib, G’azna-chilikning
bankdagi hisobvaraqlarida bo’lgan byudjet daro-madlari va
xarajatlarini boshqarish;
davlat maxsus fondlarining moliyaviy ijrosini
ta’-minlash;
davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli
bashoratlash va ularni operativ boshqarish;
Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi
qarzlarini boshqarish;
byudjet bo’yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari
to’g’risida va shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvo-li
to’g’risida qonunchilik va ijroiya organlariga hisobot taqdim etish;
va boshqalar.
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning
tarkibiy qismi bo’lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim
rol o’ynab, u G’aznachilik tizimi organlari bilan birgalikda
byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa kredit institutlarining
faoliyatini nazorat qiladi.
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo’mitasi va uning
quyi organlari ham muhim rol o’ynab, ular yordamida soliqlar,
yig’imlar va boshqa to’lovlarning to’g’ri hisob-lanishi, ularning tegishli
byudjet fondlariga to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi ustidan nazorat
amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda moliyaviy boshqaruvga
oid Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari quyidagi vazi-
falarni bajaradi:
byudjetga va maxsus fondlarga soliqlar, yig’imlar va
to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi
masalalari bo’yicha moliyaviy qonunchilikka qay darajada rioya
etilayotganligini nazorat qilish;
soliq to’lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;
30
“G’azna” iborasi “xazina” iborasining buzilgan shakli bo’lib, u “xazina”
bilan bir xil ma’noni anglatadi. “Xazina” esa o’zbek tilida ko’p ma’noli
ibora bo’lib, u yurtimizda qadimda, jumladan, “davlat byudjeti” iborasining
ham sinonimi sifatida ishlatib kelingan.
Qarang: O‘zbek tilining izohli lug’ati: 80 000 dan ortiq so’z va so’z
birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati: T.Mirzayev (rahbar) va boshq.;
O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi”
Davlat ilmiy nashriyoti, 2006. – 375-b.
moliya organlariga va g’aznachilikka soliqlar va boshqa
to’lovlarning haqiqatdagi tushumlari to’g’risida har oyda ma’lumot
taqdim etish;
ortiqcha to’langan soliq summalarini va soliq to’lov-chilardan
noto’g’ri undirilgan jarima va penyalarni ega-lariga qaytarish
bo’yicha tegishli ishlarni amalga oshirish;
va boshqalar.
Davlat bojxona qo’mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy
boshqaruv tizimida o’ziga xos bo’lgan o’ringa ega. Ular bojxona
bojlarining o’z vaqtida tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu
borada quyidagi asosiy vazifalar ularning zimmasiga yuklatilgan:
bojxona organlari tomonidan un
diriladigan soliqlar bo’yicha
soliq tekshiruvlarini amalga oshirish;
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliq-larni hisoblash
va to’lash bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarni tekshirish;
soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to’liq rioya qilmaganligi
uchun soliq to’lovchilarning bankdagi operatsiya-larini to’xtatib
turish;
soliq qonunchiligida ko’zda tutilgan jarima va boqi-mandalarni
undirish;
va boshqalar.
O‘z navbatida, Davlat mulki qo’mitasi moliyaviy boshqa-ruvga
oid soliq xarakteriga ega
bo’lmagan daromadlarni (ijara haqi, davlat
mulkini sotishdan keladigan daro-madlar va boshqalarni) olish
maqsadida davlat mulkini boshqarishni tashkil qiladi.
Qimmatli
qog’ozlar
bo’yicha
komissiya
fond
bozori
ishtirokchilarining faoliyatini nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi
tushumlarning ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |