Moliyaviy
oqimlarning
sifat
jihatdan
tavsifnomasi
ular
shakllantiruvchi
moliyaviy
resurslar
fondining
nimaga
mo’ljallanganligi bilan bevosita bog’liq. Masalan,
soliqli moliyaviy
oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim
sifat jihatidan bir-biridan farqlanadi. Shuning uchun ham ularni
boshqarish metodlari ham turli-
chadir. O‘zining
sifat mazmuniga
ko’ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq:
byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar - barcha dara-jalardagi
byudjetlarning mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish
jarayonida vujudga keladi;
tijorat (tijoriy)
moliyaviy oqimlari
– tadbirkorlik xo’jalik
sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi;
nobyudjet moliyaviy oqimlar
– notijorat tashkilot-larining
fondlarini shakllantiradi.
Moliyaviy oqimlarni boshqarishning funksiyalari quyi-dagilardan
iborat:
qonunchilik
– Oliy Majlisning vakolatida;
nazoratchilik (tartibga soluvchanlik)
–
Hisob palatasi va
mamlakatning boshqa nazorat organlari (Moliya vazirligi, soliq va
bojxona qo’mitalari va boshqalar) tomonidan amalga oshiriladi;
boshqaruvchanlik
–
korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq
organlari, G’aznachilik apparati va Moliya vazir-ligining hisob-kitob-
kassa va boshqa xizmatlarining vakolatida;
nazorat-kuzatuv
– korxonalarning
moliyaviy jihatdan kasodga
uchraganligigi to’g’risidagi ishlarni ko’radigan va bu holda moliyaviy
oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari
tomonidan bajariladi.
Moliyaviy
oqimlarni
boshqarish
bo’yicha
yuqoridagi
organlarning funksiyalari bir-
biri bilan qo’shilib ketgan va ularni har
doim ham ajratib (alohida qilib)
bo’lmaydi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy
resurslar aylani-shining
qonuniyatlariga muvofiq ravishda, ko’zda tutilgan tartibda (rejimda)
va rejada aks ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va sotsial vazifalarni
samarali yechish uchun kerak bo’lgan tarzda va takror ishlab
chiq
arish tsiklini pul mablag’lari bilan to’liq ta’minlash tarzida amal
qilsa, bularning barchasi, moliyaviy oqimlarning samarali ekanligidan
dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlarning samaradorligi pul mablag’-larining
etarli
bo’lmagan hajmda va o’z vaqtida tushmaganligida pasayadi.
Moliyaviy oqimlar ritmining buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi
va daromad-
larning olinishida uzilishlarning bo’lishiga, moliyaviy-
iqtisodiy faoliyatda keskin yo’qotmalarning bo’lishiga olib keladi.
Moliyaviy oqimning samaradorligini quyidagicha aniqlash mumkin:
Dostları ilə paylaş: