tartibga solish, da
vlatning qo’llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti
tizimi, ishlovchi aholining daromadlarini tartibga solish mexanizmi va
h.k.lar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy
boshqaruvning
maqsadi
makroiqtisodiy
muvozanatda, byudjet profitsitida, davlat qarzining kama-yishida,
milliy valyutaning barqarorligi va mustahkam-ligida va, nihoyat,
davlat va jamiyat barcha a’zolari
iqtisodiy manfaatlarining
yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy
barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir. Shunga monand
ravishda uning asosiy metodologik printsiplari quyidagilardan iborat:
pirovard maqsadga bog’liqlik;
xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvo-zanatliligi;
jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni
hisobga olish.
Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari va shakl-lari
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
moliyaviy rejalashtirish;
bashoratlash (prognozlashtirish);
dasturlashtirish;
moliyaviy tartibga solish;
moliyaviy nazorat;
moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni)
qabul qilish;
moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Eng umumiy ko’rinishda moliyaviy boshqaruv tizimini 4.1.1-
chizmadagidek tasavvur qilish mumkin.