T. Malikov O. Olimjonov moliya


notijorat tashkilotlarining soni



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

notijorat tashkilotlarining soni
. 2000-yillar bosh-larida 
Yevropa mamlakatlarida har 1000 kishiga 4ta noti-jorat tashkiloti 
to’g’ri kelgan edi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, bu 
yerda har 1000 kishiga 21tadan to’g’ri keluvchi notijorat tashkilotlari 
mavjud bo’lgan. Bu ko’rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga teng 
edi.


notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik 
darajasi
. Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar 
bo’lib hisoblanadi. Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining 
o’rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan boshlab, AQShda – 
7%gacha). 
Notijorat 
tashkilot-
larning 
faoliyat 
ko’rsatishi 
iqtisodiyotning boshqa sektor-
larida faol ravishda qo’shimcha ish 
o’rinlarining yarati-lishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu tashkilotlar 
tovarlar va x
izmatlarni sotib oluvchilar bo’lganligi uchun, oxir 
oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining faolla-shuviga olib 
keladi;


notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari
. 2000-yillar 
boshida bu ko’rsatkich yalpi milliy mahsulotning o’rtacha 3,5%ini 
tashkil etgan (Vengriyada 
– 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu 
raqam 2%ga teng bo’lgan.

Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega 
bo’la borib, bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi 
28
O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan 
ortiqrog’i har yili xayr-ehson maqsadlariga xayriya qilganlar va ularning 
bu badallari o’rtacha ular yillik daromadlarining 2%dan ko’prog’ini tashkil 
etgan. Buyuk Britaniya aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga 
qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o’rtacha xayr-ehson badali uy


xo’jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Finansi, nalogi i kredit. 
Uchebnik. Izd. 2-e, dop. i pererab. 
/Pod red. d.e.n., prof. I.D.Matskulyaka. – M.: Izd-vo RAGS, 2007. s.183). 
29
AQSh katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga 
haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining 30% ixtiyoriy xizmatlarga 
haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday 
ishlarga haftasiga 3,7 soatni sarf qilishadi. (Qarang: o’sha erda). 


to’planmoqda va u zamo-naviy bozor munosabatlari tizimida muhim 
ish beruvchiga aylanib bormoqda. 
Notijorat asosda 
xo’jalik yuritishning asosiy xususi-yatlari 
quyidagilardan iborat: 

faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga 
erishishga 
yo’naltirilganligi;


e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan 
vosita sifatida foydalanish;


bozor 
xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoli-yatning 
ijtimoiy samarad
orligini birgalikda qo’shib olib borish.

Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy man-balari quyidagi 
besh asosiy guruhdan tashkil topadi: 

byudjet 
mablag’lari;


tijorat faoliyati:

- tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum; 
- aktsiyalar, obliga
tsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va 
omonatlar bo’yicha olinadigan daromadlar; 
- notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining 
yordami asosida tuzilgan xo’jalik jamiyat-larining faoliyatidan 
olinadigan daromadlar; 

tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari;


ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o’zida tushib 
turishi mumkin bo’lgan tushilmalar;


qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masa-lan, 
ko’ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo’yicha 
o’tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auktsion-lar, ko’ngilxo’shlik, 
madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan 
tushilmalar.

Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish 
manbalarining tarkibiy tuzilmasi turli-chadir. Masalan, rivojlangan 
mamlakatlarda xususiy xayriyalarning miqdori keyingi yillarda 
1%dan (Yaponiyada) 20%gacha (AQShda) oraliqda bo’lgan va 
o’rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat ajratmalarining salmog’i esa 
26%dan (Germaniya) 71%gacha bo’lib, uning o’rtacha darajasi 
48%ga teng bo’lgan. Notijorat tashkilotlarining o’zlari tomonidan 
ishlab topilgan mablag’larning salmog’i 23%dan (Vengriya) 
71%gacha tebranib, uning o’rtacha darajasi 41% atrofida edi. 
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning 
shakllari, ularning davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan 
hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida 


amalga oshiriladi. Ularni 
moliyaviy jihatdan 
qo’llab-quvvatlash 
bevosita va bilvosita shakl-larda amalga oshirilishi mumkin. 
Notijorat 
sektorni 
davlat 
tomonidan 
bevosita 
qo’l-lab- 
quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud: 

to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;


hamkorlikda moliyalashtirish;


davlat ijtimoiy buyurtmasi.

Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shakli-dan ham, 
ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari 
oldidagi to’lovlari va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan 
ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Bilvosita 
moliyalash-tirishn
ing asosiy ko’rinishlari quyidagilardan iborat 
bo’lishi mumkin: 

soliq xarakteriga ega bo’lmagan imtiyozlar;


soliqlardan imtiyozlar;


boshqa imtiyozlar.

Soliq to’lashda imtiyoz berish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi 
mumkin: 

xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;


homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.

Boshqa imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’-ladi: 

notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, 
er maydonlarini ajratish;


litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;


aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to’lashda imtiyozli 
tariflardan foydalanish;


va boshqalar.

Davlat 
organlari 
notijorat 
tashkilotlarining 
fao-liyatiga 
aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos 
kelayotgan bo’lsa, xarajatlarning yo’na-lishiga o’zgartirishlar kiritish 
huquqiga ega emas. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin