T. Malikov O. Olimjonov moliya


-  bob. Moliyaviy siyosat



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

2- 
bob. Moliyaviy siyosat 
2.1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va printsiplari 
 
Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy 
siyosat hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruv-ning barcha 
tizimi davlatning moliyaviy siyosatiga asosla-nadi. Qisqa qilib 
aytganda, moliyaviy siyosat davlatning moliyaviy munosabatlar 
sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga yuklatilgan vazifalarni 
bajarish uchun etarli miqdorda va kerakli muddatda moliyaviy 
resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan. 
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi. 
Siyosiy ta’sir ob’yekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga 
bog’liq ravishda iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, 
byudjet yoki kredit, ichki yoki tashqi siyosat to’g’risida so’z yuritiladi. 
Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan musta-qil sohasi 
bo’lib, bir vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida 
davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu 
yerda uning iqtisodiyot, sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro 
munosabatlar bo’lishi printsipial ahamiyatga ega emas. 
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch 
elementlardan tarkib topadi: 

bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining 
ma’lum bir davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun 
echilishi zarur bo’lgan istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni 
aniqlab olish;


qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishila-digan, yaqin 
davrdagi va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal
qilinadigan munosabatlarning metodlari, vositalari va konkret 
shakllarini ishlab chiqish;


qo’yilgan vazifalarni yechishga qodir bo’lgan kadr-larni 
tanlash va joy-
joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin