hatchisi mavjud. Bosh Vazir, bosh vazir birinchi o'rinbosari va
o‘rinbosarlari, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi, Davlat
statistika qo‘mitasi, 0 ‘zbekiston Markaziy va tijorat banklari,
Xalq banki,
Davlat boj, soliq va mulk qo‘mitalari, barcha
vazirliklaming iqtisodiy boshqarmalari va hokimliklar.
0 ‘zbekiston Respublikasi ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat
va Qoraqalpog'iston Respublikasini o‘z ichiga oladi. M a’lumki,
viloyatlar yana tumanlarga bo'linadi.
Ushbu mintaqalaming
boshqaruv organlari va ulaming huquqiy, mulk chegaralariga
o‘zgartirishlar kiritildi.
Mahalliy ahamiyatga molik bo‘lgan
qonunlar va farmonlar
qabul qilish xalq tomonidan saylangan tuman, viloyat deputat-
lari, ularning kengashlari zimmasiga yuklatilgan.
Mahalliy
darajada Oliy boshqaruv va ijrochi organ — viloyat
va tuman
hokimiyat organlari tuzilgan. Hokimlar Respublika Preziden
tining joylardagi vakili bo‘lib, ular Prezident tomonidan tavsiya
etiladi va mahalliy deputatlar kengashida tasdiqlanadi. Shu bilan
birga ular mahalliy kengash raislari etib saylanadi. Mahalliy
hokimiyatning mulk huquqlari asosiy qonunda qat’iy belgilanib,
ularning shakllanish manbalari ham aniq ko‘rsatilgan.
Munitsipal mulk deb atalmish ushbu mulk mahalliy sanoat,
tijorat va boshqalar hisobiga tashkil etiladi va ular to‘liq mahalliy
hokimiyatlar tasarrufida bo‘ladi. Mahalliy hokimiyatlarning
iqtisodiyotning boshqaruv bo‘g‘inlari yuqorida sanab o‘tilgan
respublika organlarining bo'limlari hisoblanadi.
Respublikamiz
viloyat hokimliklari, Toshkent shahar hokimligi,
qishloq va
shahar tuman hokimliklari boshqaruv apparatining namunaviy
tarkibi mavjud.
Dostları ilə paylaş: