Fe'L. Uning grammatik xususiyatlari. Fe'L nisbatlari. Fe'Lning vazifadosh shakllari. Fe'L mayllari. Fe'Llarda shaxs-son kategoriyasi. Fe'L zamonlari. Ko'MAKCHI Fe'llar, to'LIQSIZ Fe'L. Fe'L larning yasalishi



Yüklə 321,12 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.10.2023
ölçüsü321,12 Kb.
#151933
1. Fe\'l so\'z turkumi haqida umumiy ma\'lumot. Fe\'l nisbatlari, fe



FE'L. UNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI. FE'L NISBATLARI. 
FE'LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI. FE'L MAYLLARI. FE'LLARDA 
SHAXS-SON KATEGORIYASI. FE'L ZAMONLARI. KO'MAKCHI 
FE'LLAR, TO'LIQSIZ FE'L. FE'L LARNING 
YASALISHI. 
 
REJA: 
 
1.
 
FE'L SO'Z TURKUMI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT.
2.
 
FE'L NISBATLARI, FE'LNING VAZIFADOSH SHAKLLARI, 
E'LNING MAYLLARI.
3.
 
FE'LNING ZAMONLARI


4.
Fe'l arabcha so'z bo'lib "harakat" degan ma'noni bildiradi. Harakat-holat 
ma'nosini ifodalab, nima qildi. (bo'di)?. nima qiyapti( bo'yapti)?, nima 
qiladi(bo'ladi)? singari so'roqlarga javob bo'luvchi so'z turkumiga fe'l 
deyiladi. Fe'l qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra bir qancha turlarga 
boʻlinadi.
1.Yumush fe'l lari: ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi va boshqalar.
2.Tafakkur fe'l lari: o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi kabi.
3.Sezgi fe'l lari: sezdi, his qildi.
4.Ruhiy holat fe'l lari:kuldi,xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi.
5.Nutq fe'l lari:gapirdi, so'z ladi, bayon qildi, ifoda qildi.
6.Ishora fe'l lari:imo qildi, labini burdi,ko'zini qisdi va boshqalar.
7.Jismoniy holat fe'l lari: og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, charchadi.
8.Tabiy holat fe'l lari: eridi, muzladi, uxladi va boshqalar.
9.Ko'rish fe'l lari: qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi.
Harakat-holat fe'l lari.
Fe'l lar nimani atab kelishiga ko'ra harakat va holat fe'l lariga boʻlinadi.
Harakat fe'l lari----shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida roʻy 
bergan harakatni bildiruvchi fe'llar harakat fe'l lari hisoblanadi:yurmoq, yugurmoq, 
chiqmoq, 
bormoq,qimirlamoq, 
yelmoq, 
sudralmoq, 
sakramoq, 
uchmoq, 
o'tmoq,silkinmoq......
Holat fe'llari -----shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan 
ikkinchi holatga oʻtish jarayonini ifodalovchi fe'llarga holat fe'llar deyiladi: 
o'ylamoq, fikrlamoq, ikkilanmoq, sarg'aymoq, kumloq, yig'lamoq, qizamiq, q 
otmoq...
O'timli va o'timsiz fe'llar.
Fe'llar grammatik maʼnoga ko'ra ikkiga boʻlinadi:o'timli hamda o'timsiz. 
Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bogʻlanadigan fe'llar o'timli fe'llar 
hisoblanadi:o'qidi, ko'rdi, yod oldi....
O'timli fe'l kimni? nimani? so'roqlarga javob bo'ladi:kitobni o'qidi, do'stini 
ko'rdi, she'rni yod oldi....


Tushum kelishigidagi so'zlar bilan bog'lanmaydigan fe'llarga o'timsiz fe'llar 
deyiladi,:bordi, uxladi, ranjidi..
O'timsiz fe'llar nimani? kimni? so'roqlarga javob bo'lmaydi:uyga bordi, 
xonada uxladi, do'sti ranjidi...
Fe'l nisbatlari 
Bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini 
bildiruvchi fe'l shakllari nisbat shakllari sanaladi. Fe'ldan anglashilgan harakat- 
holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasida munosabatni 
ifodalovchi ifodalovchi fe'l shakllariga nisbat shakllari deyiladi.
Shunga ko'ra fe'llar 5 ta nisbatga bo'linadi:1) aniq nisbat; 2) o'zlik nisbat; 3) 
orttirma nisbat ;4) majhul nisbat; 5) birgalik nisbat.
Nisbat shakllari fe'llning asos qismidan keyin qo'shiladi.
Aniq yoki bosh nisbat 
Harakatning ega orqali ifodalangan shaxs tomonidan bajarilishi ni bildiradi. 
Qo'shimchasi mavjud emas:ishladi, o'qidi.
O'zlik nisbati 
Bajaruvchining o'zi ustida amalga oshadigan harakat yoki holatni 
ifodalaydigan fe'l shakli o'zlik nisbati deyiladi.
O'zlik nisbatida harakatni bajaruvchini shaxs bilan harakat tushgan obyekt 
birlashgan holda boʻladi. Masalan:Mashina o'z joyidan qo'zg'aldi..Gul ochildi.
O'zlik nisbati shakli asosga -(i)n, -(i)l qo'shimcha larini qo'shish bilan hosil 
boʻladi: unli bilan tugagan fe'l asosiga o'zlik nisbatining - n, - l, undosh bilan 
tugagan fe'l asosiga esa-in yoki -il qo'shimchalari qo'shiladi: Halima juda ozoda 
kiyinadi. 
Odatlanmoq,jonlanmoq, harakatlanmoq seskanmoq, faxrlanmoq, zavqlanmoq, 
otlanmoq, afsuslanmoq kabi so'zlarda -n o'zlik nisbat qo'shimchasi bordek tuyulsa-
da, ular qo'shimcha tarkibida yaxlitlanib qolgan, shuning uchun o'zlik nisbatiga 
kirmaydi, balki aniq nisbatga kiradi.
Majhul nisbat 
"Majhul" so'zi " nomaʼlum ", " noaniq "degan ma'nolarni bildiradi. 
Bajaruvchisi noma'lum boʻlgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe'l shakli Majhul 
nisbat deyiladi :Maktabini muzeyi Yangi eksponatlar bilan boyitildi. ( kim 
tomonidan boyitilganligi aniq emas).
Majhul nisbat fe'l kim tomonidan?, nima tomonidan? so'roqlarga javob 
bo'ladi : xat yozildi ( kim tomonidan?).


Majhul nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga - n, - l. undosh bilan 
tugagan fe'l asosiga -in, - il, qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi. : Soch 
taraldi. 
O'zlik hamda majhul nisbat shakllari aynan bir xil, lekin ular harakat yoki 
holatning bajaruvchisi nuqtai nazaridan farq qiladi. O'zlik nisbatida harakat- holat 
bajaruvchining o'z ustida amalga oshadi, majhul nisbatda esa bajaruvchi nomaʼlum 
bo'ladi. Masalan: Gulnoza kiyindi. (O'zlik nisbat). Kiyim chiroyli qilib 
kiyildi.( majhul nisbat).
Orttirma nisbat 
Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatga da'vat qilingan shaxs ma'nosini anglatadi. 
Orttirma nisbat shakllari: -t, -dir, tir, -,giz, - kuz, -g'iz, -qiz, -gaz, -kaz, -ir, -iz, -ar
qo'shimchalari kiradi. Ular quyidagicha qo'shiladi.
Ba'zan fe'l asosiga orttirma nisbat hosil qiluvchi birdan ortiq qo'shimchalar 
qo'shilishi mumkin. O'qit—o'qittir..
Agar fe'l asosiga orttirma nisbat qo'shimchalari birdan ortiq qo'shilganda, 
orttirma nisbat qo'shimchasidagi so'z ma'nosi kuchayadi.
Fe'l larning orttirma nisbat o'zlik va birgalik nisbatdagi fe'llardan ham hosil 
qilinishi mumkin. :yuvin+ tir =yuvintir. 
Orttirma nisbatdagi fe'llardan birgalik va majhul nisbatdagi fe'llar hosil 
qilinishi mumkin: isitildi(majhul), yozdirishdi (birgalik).
Orttirma nisbat qo'shimchalari o'timsiz fe'lni o'timliga aylantiradi., aynan 
shunga ko'ra orttirma nisbat va o'zlik nisbat qo'shimchalari o'zaro zidlanadi.. 
Masalan, (daftarga) yozildi—(daftarni) yozdiradi. 
Birgalik nisbat 
Fe'l o'zagidan ifodalangan harakatning bir necha shaxs tomonidan bajarilgaini 
ifodalaydi. Birgalik nisbat shakli unli bilan tugagan fe'l asosiga -sh, undosh bilan 
tugagan fe'l tugagan asosiga esa -ish qo'shimchasini qo'shish orqali hosil boʻladi : 
ishlashdi, kelishdi. Gaplashishdi.
Ba'zan birgalik nisbat qo'shimchasi fe'l yasovchi -la qo'shimchasi bilan 
yaxlitlanib, bir butunlikni hosil qiladi va murakkab qo'shimcha -lash 
qo'shimchasiga aylanadi, bunday holda fe'llar birgalik nisbatda emas, aniq nisbatda 
boʻladi. Masalan: gaplashmoq, bahslashmoq, hazillashmoq, tezlashmoq. Va 
boshqalar.
Bunda biz -lash murakkab qo'shimcha bo'lganini -la va -sh qo'shimchlarga 
ajratish orqali bilib olishimiz mumkin, ajratganimizda -la o'zi birga birikkan asos 


bilan birga ma'no anglatsa -lash murakkab qo'shimcha sanalmaydi va birgalik 
nisbatida keladi, ma'no anglatmasa -lash murakkab qo'shimcha sanaladi va aniq 
nisbatda keladi: Choyxonani ta'mirlashdi,. (ta'mir+la+sh)..
AGAR NISBAT QO'SHIMCHLARI FE'L ASOSIGA BIRDAN ORTIQ 
QO'SHILGANDA, ASOSGA QO'SHILGAN OXIRGI NISBAT SHAKLIGA 
QARAB QAYSI NISBATDA LIGI ANIQLANADI. Kiyin turildi( majhul 
nisbatda ).Keltirishdi (birgalik).
FE'LNNING VAZIFA SHAKLLARI.
Fe'llar gapda boshqa so'zlar bilan bog'lanib, kesim, ega , to'ldiruvchi, hol, 
aniqlovchi vazifasida kelishi mumkin. Buning uchun fe'l maxsus shakllarga ega 
boʻladi. Turli gap bo'laklari vazifasida kelishi uchun xoslangan fe'l shakllari 
fe'lning vazifa shakllari sanaladi
Fe'l larning to'rta vazifa shakllari mavjud: 
1) sof fe'l shakli—kesim vazifasida; 
2) harakat nomi shakli--ega, to'ldiruvchi vazifasida ; 
3) sifatdosh shakli—aniqlovchi vazifasida; 
4) ravishdosh shakli— hol vazifasida keladi.
Sof fe'l 
Sof fe'l gap ichida fe'l-kesim vazifasini bajaradigan fe'l shaklidir. Sof fe'llar 
fe'lga xos boʻlgan barcha xususiyatga, ya'ni bo'lishli-bo'lishsizlik, o'timli-
o'timsizlik nisbat, zamon, shaxs-son, mayl xususiyatlariga ega.:Men boraman. 
Bo'lishli, o'timsiz, aniq nisbatda, kelasi zamon, 1-shaxs, birlikda, xabar mayli
gapda fe'l-kesim.
HARAKAT NOMI 
Fe'lning otga xoslangan shakli harakat nomi deyiladi. Ish harakatning 
bajarilish-bajarmasligi, harakat-holatning nomi kabi ma'noni bildiradi va otning 
shakl yasovchisini olib, unga xos sintaktik vazifani bajaradi.
Fe'l asoslariga -ish, -sh, -uv, -v, -miqdori qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan 
yasaladi:o'qish, yozish, o'quv,yozuv,olmoq. 
Harakat nomi a yoki i unlisi bilan tugagan fe'l asoslariga -v qo'shimchasini 
qo'shilganda, a unlisi o unlisiga istiqomat unlisi u unlisiga aylanadi. Va shunday 
yoziladi: ishla+v=ishlov, tani+v=tanuv.Demak, harakat nomi qo'shimchasi 
qo'shilganda bir unli tovush boshqa bir unli tovushga aylanadi. Harakat nomi 
qo'shimchasi hisoblangan -moq qo'shimchasiga egalik qo'shimchasi qo'shilganda q 
undoshi g' undoshi ga almashadi :bormoq---barmog'i...


Harakat nomi bilan ifodalangan kesim tarkibida kerak, lozim, darkor, shart 
so'zlari bo'lganda, kesimni ega bilan moslashtiruvchi shaxs-son qo'shimchalari 
harakat nomiga qo'shiladi. Men o'qishim kerak;sen o'qishing--lozim, u o'qishi shart.
SIFATDOSH 
Fe'lning sifatga xoslangan shakli sifatdosh deyiladi. Sifatdoshlar fe'l 
asoslariga -gan, -kan, -qan,-ydigan, -adigan, -yotgan, -aytgan, -(a) r 
qo'shimchalarini qo'shish yo'li bilan hosil boʻladi.
Sifatdoshlar shaxs va narsalarining belgisini bildirishi bilan sifatga o'xshaydi. 
Sifatlar shaxs va narsaning turg'un, barqaror belgisini ifodalasa, sifatdoshlar 
o'zgarish, harakat belgisini ifodalaydi. Solishtirsak: katta(sifat), daryo(sifatdosh) 
daryo. Sifatdosh fe'l singari ish-harakatni anglatib, zamon, nisbat, bo'lishli-
bo'lishsizlikni bildiradi :qolgan-bo'lishli, o'tgan zamon, aniq nisbatda.
Sifatdosh quyidagi zamon shakllariga ega.
1) O'tgan zamon sifatdoshi-- -gan, -kan,-qan, qo'shimchalari yordamda hosil 
qilinadi:otgan, tikkan, chiqqan..
Bo'lishsiz shakli -mavjud yordamida yasaladi:borgan---bormagan. 
2) Hozirgi zamon sifatdoshi ---hozirgi zamon sifatdosh sifatdoshi fe'l 
asoslariga 
--(a) 
yotgan, 
qo'shimchalarini 
qo'shish 
yordamida 
hosil 
qilinadi:yurayotgan,(mashina), kulayotgan (bola)....
3) Kelasi zamon sifatdoshi-, -ydigan, -(a) r, -adigan qo'shimchalarini qo'shish 
bilan yasaladi;boradigan (joy), o'qiydi gan(kitob), oqar suv... Sifatdoshning 
bo'lishsiz shakli fe'l lardagi kabi -ma qo'shimchasi yordamida yasaladi.
RAVISHDOSH.
Fe'lning ravishga xoslangan shakli ravishdosh deyiladi. Ravishdoshlar 
harakatning belgisini bildirishi bilan ravishga o'xshaydi. Ravishdosh ham ravish 
kabi fe'lga bog'lanib, uning belgisini bildiradi :solishtirsak;piyoda (ravish) keldi, 
shoshilib(ravishdosh) keldi. Ravishdosh fe'lga bog'lanib, ko'pincha hol boʻlib 
keladi:U yaylovda yayrab yoyotar edi.
Ravishdoshlar ma'no jihatdan holat, payt, maqsad, va sabab ravishdoshlarga 
bo'linadi.
1) Holat ravishdoshi :-bilan, -ib,-a, -v, -gancha,-kancha, -qancha qoshimchalar 
qo'shilib harakatni holatni bildiradi va qanday, qanday qilib ? so'roqlarga javob 
bo'ladi. yugurib kelmoq,kulgancha turmoq....
2) Payt ravishdosh: -b, -ib, -a, -y, -gancha, -kancha, -kuncha, -q uncha 
shakllari qo'shilib harakatni qay paytda sodir bo'lganini bildiradi va qachon, 


Qachongacha? so'rog'iga javob bo'ladi:musiqa tingach, ko'chadan chiqqach, u 
kelguncha, Guli chiqquncha..
3) Maqsad ravishdoshi; -fani, -kani, -qani, -gali qo'shimchalari qo'shilib, 
harakatning maqsadini bildiradi va nima maqsadda? So'rogiga javob bo'ladi; 
o'tirgandiki tashqariga chiqdi.
4) Sabab ravishdoshi:-b, -ib, -a, -y qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil 
qilinadi va nima sababli? sorog'iga javob bo'ladi 
FE'LLARDA MAYL SHAKLLARI.
So'z lovchi ning fe'ldanfe'ldan anglashilgan harakat-holatiga munosabatini 
bildirgan fe'l shakllariga mayl shakllari, shunday shakllar tizimiga esa mayl 
kategoriyasi deyiladi.
Fe'llarning to'rtta mayl shakli mavjud:1) xabar mayli; 2) buyruq-istak mayli; 3) 
shart mayli ; 4) maqsad mayli.
Xabar (yoki ijro) mayli---harakat holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi 
haqidagi xabar darakni bildiruvchi fe'l shakli xabar shakli hisoblanadi.
Xabar maylining maxsus qo'shimchasi yo'q. Xabar mayli fe'l asosiga zamon 
va shahs-son qo'shimchalarini qo'shish orqali ifodalanadi. Keldi, keladi,
Buyruq-istak mayli---harakat va holatini bajarish yoki bajarmaslik haqidagi 
buyruq , istak, iltimos, maslahat ma'nolarini bildirgan, harakatni bajarishga da'vat 
etish ma'nosini bildiradigan fe'l shakliga buyruq-istak mayli shakli deyiladi.
Buyruq-istak mayli shakllari fe'l asoslariga quyidagi qo'shimchalarini qo'shish 
yo'li bilan hosil qilinadi: -y(ay), -(a)yon, -gin, -kin, -qin, -(i) ng, -sin(lar), -(a) ylik, 
-(i) nglar.Hayot saboqlarini o'rgangin..
Fe'lning zamon, shahs-son qo'shimchalarisiz qismi || shahs buyruq-istak 
maylini ifodalaydi. Bu qismga buyruq-istak ma'nosini kuchaytirish uchun -gin 
qo'shimchasini qo'shish ham mumkin, shuning uchun bu ikki shakl ma'nodosh 
sanaladi: kel-keling-kelgin; ol-oling-olgin.
Shart mayli--boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi 
uchun shart boʻlgan harakat va holatni, shuningdek, istak-xohishni bildirgan fe'l 
shakli shart mayli shakli sanaladi, shart mayli -Sa qo'shimchasi yordamida 
yasaladi:Aysam, tilim, aytmasam dilim.
Shart mayli edi, ekan to'liqsiz fe'llari bilan kelganda orzu-istak ma'nosini 
bildiradi: -Sa edi shakli ba'zan -Saydi tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi; 
ko'rsaydi, o'qisaydi...


Shart mayli shakli kerak so'zi bilan kelganda taxminan-gumon ma'nosini 
bildiradi: Bu bola yaxshi bilsa kerak (bilmasligi ham mumkin)
Maqsad mayli---harakatning biror maqsadda bajarilishini bildiradi, -moqchi 
qo'shimchasi yordamida hosil qilinadi. Masalan; Yozmoqchiman., yozmoqchisan,, 
yozmoqchi,.
FE'LLRDA SHAHS-SON KATAGORIYASI.
Fe'ldan 
ifodalangan 
harakatning 
shahslarga 
munosabatini 
bildigan 
qo'shimchalarga 
shaxs-son 
qo'shimchalarini 
deyiladi. 
Masalan, 
keldim 
yozding,boraman so'zlaridagi -maydoni,-ng, -man qo'shimchalari. Bunday 
qo'shimchalarning 
shahs-son qo'shimchalari deb yuritilishiga sabab shuki, shahs qo'shimchalari 
ayni paytda sonni ham bildirib turadi:yo birlik, yo ko'plik shaklida bo'ladi. Masalan: 
BIRLIK KO'PLIK 
yozdi-m yozdi-k 
yozdi-ng yozdi-ngiz(laring) 
yozdi- yozdi-lar(yozishdi).
Baʼzi holatlarda birinchi shaxsni ifodalash uchun ikkinchi shaxs qo'shimchasi , 
shuningdek, birlik ma'nosini ifodalash uchun ko'plik qo'shimchasi qo'llanishi 
mumkin. Bunday holatlar ma'lum uslubiy maqsadda roʻy beradi. Ikkinchi va 
uchinchi shaxs birlik shakllari o'rnida ko'plik shakli qo'llanilsa, shaxs ko'pligi emas, 
balki shaxsga hurmat ma'nosi ifodalanadi. Masalan:Dadam keldilar, Ayrim o'zbek 
shevalarida shart maylidan keyin qo'shiladigan shaxs-son shakllari o'rniga o'tgan 
zamonning— gan shakli, hozirgi zamon va kelasi zamon shakllaridan keyin 
ishlatiladigan shakl qo'llaniladi. Masalan:borsa, o'rniga borsamiz borsavuz. II 
shaxs buyruq mayli qo'shimchalari o'rniga III shaxs buyruq mayli qo'shimchasi 
ishlatiladi. Masalan: kiring o'rniga kirsinlar. Bunday holat o'zidan katta yoki 
obroʻli kishilarga nisbatan qo'llanilib, hurmat ma'nosi ifodalaydi. Fe'llning I va II 
shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi. III shaxsda esa zamon qo'shimchalari 
shaxs ma'nosini ham ifodalaydi. O'tgan zamonning -di hamda kelasi zamon shart 
mayli -Sa shakllaridan soʻng -m, -ng, -k, -ngiz qo'shimchalari:kelsam, bordingiz, 
keldik, ravishdosh, sifatdosh shakllari hamda sof fe'lning hozirgi zamon 
shakllaridan soʻng -man, -miz,-san,-siz qo'shimchalari qo'llaniladi. Fe'lning shaxs-
son shakllari bir-birining o'rnida almashib qo'llanishi mumkin:Uka shunaqa narsa 
bilan hazil qiladimi? (3shaxs birlik hazil qilasanmi—2- shaxs, birlik o'rnida 
qo'llaniladi)


FE'LNING ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki 
bajarmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar 
tizimiga esa zamon kategoriyasi deyiladi.
O'TGAN ZAMON SHAKLLARI.
O'tgan zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtdan oldin 
bo'lganini bildiradi. Bu zamon shakllari fe'l asoslariga -di, -(i) bdi, -gan, -kan,-qan 
qo'shimchalarini va ulardan soʻng shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil 
qilinadi. -di qo'shimchasi bilan yasalgan o'tgan zamon shakli so'zlovchining 
bevosita oʻzi ko'rgan harakat va holatni bildiradi. -di qo'shimchasidan soʻng shaxs-
son qo'shimchasining -m, -k, -ng -ngiz shakllari qo'llaniladi. -(i)b qo'shimchasi 
bilan yasalgan o'tgan zamon shakli ilgari roʻy bergan harakat va holatning 
sozlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi va bu qo'shimchadan soʻng shaxs-
son qo'shimchasining -man, -miz, -san, -siz, -di(lar) shakllari qo'shiladi:boribman, 
boribsan, boribsiz.... Bu shakllar garchi "o'tgan zamon" umumiy ma'nosi asosida 
birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma'lum ma'nosiga ko'ra farq 
qiladi; -gan shakli -di ga nisbatan harakatning nutq soʻzlagan vaqtdan ancha oldin 
roʻy berganini bildiradi. -ibdi, -ibman, -ibsan shakllari esa so'zlovchi nutq 
momentidan oldin roʻy bergan harakakni boshqa shaxsdan eshitganligiini yoki 
oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligini bildiradi.
HOZIRGI ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtda roʻy 
berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday 
shakllar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon ma'nosi -
yapti, -yotir, -moqda singari qo'shimchalar qo'shish orqali ifodalanadi. 
Masalan :yozyapti, yozmoqda, yozayotir. Bulardan -yapti, -moqda, fe'l asoslariga, -
yotir esa fe'lning ravishdosh shakliga qo'shiladi. Hozirgi zamon shakllari ma'lum 
uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi, -yapti uslubiy betaraf (neytral) shakl 
bo'lsa, -moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xosdir. -yap shakli undosh bilan 
tugagan fe'l asoslariga qo'shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi
KELASI ZAMON SHAKLLARI.
Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan soʻng 
roʻy berish-bermasligini bildirgan zamon shakllariga kelasi zamon shakllari, 
shunday shakllar tizimiga esa kelasi zamon kategoriyasi deyiladi. Kelasi zamon 
ma'nosi fe'llning -a ravishdosh shakliga -di, -jak, fe'l asoslariga -a, -y, -ar, -urush, -


gusi qo'shimchalari qo'shish orqali hosil boʻladi. Masalan; o'tiraman , 
yashayman,kelajak, kelar, kelur, kelgusi, keladi kabi. Bulardan -adi, -ar uslubiy 
betaraf shakllar bo'lsa, -jak, -gay, -urush, -gusi shakllari badiiy va publitsistik 
uslubga xosdir. Uslubiy betaraflik belgisiga koʻra -adi va -ar shakllari bir guruhni 
tashkil qilsa ham, ular ifodalanayotgan harakatga gumon-taxmin ma'nosini 
bildirish-bildirmasligiga ko'ra bir-biridan farq qiladi. Birinchisi bunday ma'noga 
betaraf bo'lsa, ikkinchi shakl gumon-taxmin ma'nosiga ega. Solishtirsak ;keladi— 
kelar.

Yüklə 321,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin