68
– kalxat.Agar ozuqa zanjiri o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadi yoki chiqindilardan
boshlansa, parchalanish (detrit) zanjiri deyiladi.Masalan, to’kilgan barg – yomg’ir
chuvalchangi – qorayaloq – qirg’iy. Trofik darajalar o’rtasidagi energiya oqimi
turli ekotizimda turlicha boradi. Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi Ekologik
piramida (grekcha, piramidos – ko‘p qirrali + oikos - uy, vatan) – biomassa
piramidasining o‘zi deyish mumkin, ammo undan farqi shundaki, ekologik
piramida quyidagi 4 ta qoidaga asoslanib quriladi:
1)
ikkilamchi biomahsulotning vazni birlamchi biomahsulot vaznidan doimo
kam bo‘ladi; 2) iste’mol qilinadigan organizmlarning vazni iste’mol qiluvchilar
vaznidan doimo ko‘p bo‘ladi; 3) biomahsulot hosil qilish tezligi ikkilamchi
biomahsulot hosil qiluvchilarning qisqa yashaydiganlarida ularning uzun umr
ko‘radiganlariga nisbatan tez kechadi (serpushtlik, tez ko‘payish va vazn orttirish
tezligi hisobiga); 4) ekologik piramidaning yuqori pog‘onalariga ko‘tarila borgan
sari organizmlar soni kamayadi
11
.
Dostları ilə paylaş: