75
JAMOA, BIOTSENOZ VA BIOGEOTSENOZ HAQIDA
TUSHUNCHALAR
Jamoa deyilganda rivojlanishning turli pog’onasida bo’lgan bir guruh tirik
organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi.
Biotsenoz yoki hamjamoa deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan bir
joyda yashaydigan organizmlar yig’indisi tushuniladi. Biotsenoz ham populyatsiya
kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib,
bularga turlar tarkibi, ozuqa to’rining
tuzilmasi, biomassa va uning mahsuldorligi kabilarni ko’rsatish mumkin.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. U
ayrim turlar populyatsiyalarining miqdori nisbatni ifodalaydi.
Muayyan tashqi muhit sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar
va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi.
BIOTSENOZNING TUZILMASI
Biotsenoz ham xilma-xil tuzilmaga ega. Odatda u tur,
fazo va ekologik
tuzilmalarga bo’lib o’rganiladi. Biotsenozning tur tuzilmasi deyilganda
biotsenozdagi turlarning xilma-xilligi, miqdori, ularning
fenologik holati va
hokazolar e’tiborga olinadi.
Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Ayni
bir biotsenoz uchun xos bo’lgan o’simlik va hayvon turlarining umumiy soni
deyarli doimiy bo’lib, har xil turdagi biotsenozlarda u keskin o’zgarib turadi.
Biotsenozning fazoviy tuzilmasi. Har qanday jamoa uning tarkibiy qismi
hisoblangan o’simlik bilan bog’langan. Jamoaning shakllanish
davrida turlar har
xil holatlarda joy oladi. Ba’zi bir turlar tuproqda, ikkinchilari uning yuzasida, suvli
joyda va hatto troposferaning ancha yuqori qismlarida tarqalishi mumkin. Ba’zi bir
turlar daraxt tanalarida (epifit) va barglarida (epifil) yopishgan holda yashaydi.
Natijada fitotsenozning tuzilishida qavatlilik kelib chiqadi. Qavatlilik deyilganda
jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan har xil balandliklarda qavatma-
qavat joylashganligi va uning qatlamida har xil joylashishi tushuniladi.
Qavatlilik, ayniqsa o’rtacha iqlimli o’rmon fitotsenozlarida yaqqol ko’zga
tashlanadi. O’rmonlarda odatda 3-5 qavatlilik kuzatiladi. 1-2
qavatlar birinchi,
ikkinchi va uchinchi darajadagi daraxtlar, 3-qavat butalar, 4-qavat o’t va
butachalar, 5-qavat mox va lishayniklar qavati. O’t o’simliklardan tashkil topgan
fitotsenozlarda ham 2-3 va 4-qavatlar
ajratiladi
Dostları ilə paylaş: