85
BIOSFERA HAQIDA VERNADSKIY TA’LIMOTI
Rus olimi V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik
organizmlarning olamshumul ahamiyatini ochib berdi.
Olimning fikricha tirik
organizmlar Yer yuzasini o’zgartirishda eng kuchli omil hisoblanib, tog’
jinslari,
suv, atmosfera qismlari hayot ta’sirida o’zgarib turadi va u biosfera (yunoncha
“bios” – hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosfera Yer sharidagi eng yirik
ekotizim deb qaralib, u ayrim ekotizimlarning yig’indisidan tashkil topgan. Bular
litosfera (quruqlik), gidrosfera (suv havzalari), atmosferaning
quyi qatlamlaridan
iborat. Hozirgi vaqtda tirik organizmlar tarqalgan chegara biosferaning 17 km.
qalinligini, ya’ni litosferaning 5-6 km gacha, dunyo okeanlarining tubigacha (10-
11 km) va atmosferada 10 ka gacha balandlikni tashkil etadi.
V.I.Vernadskiy sayyoramizdagi barcha tirik organizmlar yig’indisini “tirik
modda” deb atab, biosferaning eng muhim tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlaydi.
Tirik moddaning umumiy vazni kimyoviy tarkibi va energiyasi
kabi xususiyatlar
bilan tavsiflanadi. Biosferaning umumiy vazni 3.10
24
g, shundan tirik moddaning
vazni 1,8 – 2,5.10
18
g. ga teng. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o’lik moddalar
(iqlim,
atmosfera, tog’ jinslari va boshqalar) hisoblanib, V.I.Vernadskiy ta’limoti
bo’yicha ularning hosil bo’lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi
moddalar yig’indisi kiradi. Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o’lik va
tirik moddalarning birgalikdagi faoliyatidan hosil bo’ladi. Tirik organizmlar oraliq
moddalar hosil bo’lishida yetakchi o’rinni egallaydi. Oraliq moddalar Yerdagi tirik
moddaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan tuproq, emirilgan jog’ jinslari va barcha
tabiiy suvlardir. Bulardan tashqari biogen moddalar ham mavjud.
Ular tirik
organizmlarning hayoti davomida hosil bo’ladi va o’zgarishlarga uchraydi. Ularga
nihoyatda katta potentsial energiyaga ega bo’lgan toshko’mir, bitum, neft,
ohaktosh va boshqalar kiradi. Shunday qilib, biosfera tirik modda ta’siridagi
Yerning qobig’i hisoblanadi. Biosferada katta doirada moddalar aylanishi amalga
oshadi.
Dostları ilə paylaş: