Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA 
FUNKTSIYALARI 
I. Tirik moddaning maxsus xususiyatlari quyidagilar: 
1. Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega. 
2. Tirik va o’lik moddalar o’rtasidagi keskin farq ularda boradigan kimyoviy 
reaktsiyalar tezligidadir (tirik moddada boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligi 
ming va million marta ortiq). 
3. Tirik moddaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, undagi oqsillar
fermentlar va boshqa kimyoviy birikmalar faqat tirik organizmlarda barqaror 
bo’ladi. 
4. Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va ma’lum darajada o’z-
o’zini idora etishi umumiy xususiyat hisoblanadi. 
5. Tirik modda o’lik moddaga nisbatan morfologik va kimyoviy xilma-xilligi 
jihatidan ajralib turadi. Tirik modda tarkibiga kiradigan 2 mln.dan ortiq organik 
birikmalar ma’lum bo’lib, tabiiy minerallar esa ikki ming atrofida xolos. 


86 
6. Tirik modda biosferada ayrim organizmlar sifatida namoyon bo’lib, 
ularning o’lchami ham juda xilma-xil. eng kichik viruslar 20 nm.dan oshmaydi. 
eng yirik hayvon hisoblangan kitlarning uzunligi 33 m ga boradi. eng baland daraxt 
(evkalipt)ning bo’yi esa 100 m dan ortadi. 
II. Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar: 
1. energetik xususiyati. Fotosintez jarayoni orqali quyosh energiyasini 
to’plash va uni keyinchalik biosferaning ayrim tarkibiy qismlarga taqsimlanishi. 
Biosferada quyosh energiyasining to’planishi tufayli unda hayotning barcha 
ko’rinishlari mavjuddir. 
2. Gazlar hosil qilish va ularning harakatini amalga oshirish xususiyati. 
Gazlarning aylanib yurishi, o’zgarishi orqali biosferaning gaz tarkibini ta’minlaydi. 
Mayyoramizdagi asosiy gazlar biogen yo’l bilan kelib chiqqan. Tirik modda 
faoliyati natijasida azot, kislorod, karbonat angidrid gazi, vodorod sulfid, metan va 
boshqa gazlar hosil bo’lgan. 
3. Biogen moddalarni to’plash xususiyati. Tirik modda tarkibida engil 
elementlarning atomlari (H, C, N, O, Na, Mg, AI, Si, S, CI, K, Ca) ko’p miqdorda 
uchraydi. Ushbu elementlarning miqdori tirik organizmlar ta’sirida tashqi muhitga 
nisbatan yuz va ming barobar ortiq to’planadi. Ana shu xususiyat tufayli 
biosferaning kimyoviy tarkibi xilma-xil ekanligi hamda o’lik moddalardan keskin 
farq qilishi namoyon bo’ladi. 
4. 
Oksidlanish-qaytarilish 
xususiyati. Ma’lum moddalar (atomlari 
o’zgaruvchan darajadagi oksidlanish xususiyatiga ega bo’lgan) domiy ravishda 
kimyoviy o’zgarishlardan iborat bo’lib, bunda Yer yuzasida biogen moddalarning 
oksidlanish-qaytarilish jarayonlari ustunlik qiladi. 
5. Parchalanish xususiyati. Tirik organizmlarning nobud bo’lishidan keyin 
parchalanish, ya’ni organik moddalarning minerallashish jarayoni sodir bo’ladi. 
Natijada biosferada biogen va oraliq moddalar hosil bo’ladi. 
6. Muhit hosil qilish xususiyati. Organizmlarning hayot faoliyati natijasida 
muhitning fizik-kimyoviy ko’rsatkichlarini o’zgartirishdan iborat bo’lib, 
V.I.Vernadskiy “Organizmlar tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun u 
tashqi muhitga nafaqat moslashib qolmay, balki unga moslashgan”, deb yozgan 
edi. 
7. Transport xususiyati. Moddalarning Yerning tortish kuchiga qarshi 
gorizontal yo’nalishda tashib yurilishi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin