84
tonna organik moddalar hosil bo‘ladi. Yeryuzida barcha CO2ning bir marta to‘liq
aylanishi 300 yilda sodir bo‘ladi.
Kislorodning aylanishi
. Kislorodning aylanishi juda ham murakkab jarayon.
Kislorod fotosintez jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bunda karbonat angidrid va
suvning quyosh nuri ta’sirida reaktsiyaga kirishib, organik modda, kislorod va suv
bug‘i hosil bo‘ladi. Kislorodnito‘la bir marta aylanishiga 2000 yil kerak.
Kislorodning asosiy manbai azon (O3) hisoblanadi.
Azotning aylanishi.
Atmosferaning 78 % ini azot tashkil etadi. Azot inert
gazidan iborat bo‘lganligi sababli, uni birikma holda havoda uchratish qiyin. Tirik
organizmlarda azot aminokislotalar va oqsilning muhim komponenti hisoblanadi.
Havodagi erkin azot azotobakteriyalar vositasida o‘zlashtiriladi va birikma holda
ajratib chiqariladi. Bakteriyalar faoliyati natijasida 1 ga maydonda 2-3 kg dan 5-6
kg gacha azot birikma holga o‘tkaziladi. Erkin yashovchi azot o‘zlashtiruvchilar
vositasida har gektar yerga bir yilda 10 kg azot o‘zlashtiriladi, dukkakli ekinlar
vositasida esa 400 kg/ga o‘zlashtiriladi (4-rasm).
Dostları ilə paylaş: