87
Moddalarning katta doirada aylanishi quruqlik bilan dunyo okeanlari o’rtasida
boradigan jarayondir.
Hozirgi vaqtda sayyoramizda aholi sonining ortishi,
tabiiy resurslardan keng
va noto’g’ri foydalanish kabilar biosferani xavf ostiga solib turibdi. Insoniyat
global ekologik tangliklar bo’sag’asida turibdi.
Bugungi kunda tabiiy
ekotizimlarning buzilishi yoki butunlay yo’qotilish, biologik xilma-xillikni
yo’qotish, ko’pchilik o’simlik va hayvon turlarining yo’qolib ketishi, atrof-muhitni
keng ko’lamda
ifloslanishi, chuchuk suv tanqisligi,
ozon qatlamining
siyraklashishi, cho’llanish jarayoni va atmosferani “dimiqishi” natijasida iqlimning
o’zgarishi va boshqa muammolar kelib chiqdi. Insonning o’zi tur sifatida
sayyoramizda yashab qolishi xavf ostida va unga inqirozga uchragan ekotizimlarda
yashashga hech qanday kafolat berib bo’lmaydi.
Shuning uchun ham inson va
tabiat o’rtasidagi munosabatlar muammosi bugungi kunga kelib,
nihoyatda
kuchayib ketdi. Tabiat va inson o’rtasidagi munosabatlar ma’lum qonuniyatlarga
bo’ysungan holda boradi. Bu qonunlarning buzilishi
albatta ekologik halokatga
olib keladi.
INSONNING BIOSFERAGA TA’SIRINI ASOSIY
Dostları ilə paylaş: