46
hozirgi holati va birliklarga qo‘shimchalar va ko‘paytirgichlar haqidagi
ma’lumotlar 1- va 2-jadvallarda keltirilgan.
4 Kattalik birliklarini va o‘lchamlarni belgilash va yozish qoidalari
1.
Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozish borasida standartlar asosida
meyorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu qoidalar va tartiblar GOST 8.417-
81da atroflicha yoritilgan.
Izohlar:
1. Kelvin temperaturasidan (belgisi T) tashqari t=T-To ifoda bilan
aniqlanuvchi Selsiy temperaturasi (belgisi t) qo‘llaniladi, bu yerda ta’rifi
bo‘yicha T=273,15 K. Kelvin temperaturasi kelvinlar bilan Selsiy temperaturasi -
Selsiy graduslari bilan ifodalanadi(xalqaro va o‘zbekcha belgisi °S). O‘lchovi
bo‘yicha Selsiy gradusi kelvinga teng. Selsiy gradusi bu «kelvin» nomi o‘rniga
ishlatiladigan maxsus nom.
2. Kelvin temperaturalarining ayirmasi yoki oralig‘i kelvinlar bilan
ifodalanadi. Selsiy temperaturalarining
ayirmasi yoki oralig‘i kelvinlar bilan ham, Selsiy graduslari bilan ham
ifodalashga ruxsat etiladi.
3. Xalqaro amaliy temperatura belgisini 1990 yilgi xalqaro temperatura
shkalasida ifodalash uchun, agar uni termodinamik temperaturadan farqlash
lozim bo‘lsa, unda termodinamik temperatura belgisiga «90» indeksi qo‘shib
yoziladi (masalan,
T
90
yoki
t
90
)
Dostları ilə paylaş: