50-rasm. J.Hunsung - Akvarelda portret ishlash bosqichlari (I-bosqich)
81
to‘xtatish hissi paydo bo‘ladi.
Bunday xatoliklarsiz to‘g‘ri yo‘ldan borish uchun, avvalo shaklni mukammal
qurib unga ishlov bering. Bo‘yoqlar ostidagi dastlabki chizgilarni chizish uchun
yumshoq qalamdan foydalanishingiz mumkin. Bu chiziqlar qalamni bosib ishlangan
51-rasm. J.Hunsung - Akvarelda portret ishlash bosqichlari (II-bosqich)
82
to‘q tuslarda bo‘lishi shart emas. Chiziqlar tusi bo‘yicha och bo‘lishi mumkin, lekin
mumkin qadar portretning asosiy tus ko‘lamlari xususiyatlarini hisobga olingan
bo‘lishi lozim. Keyin esa uning ustidan nozik chiziqlar qoldirish va ortiqcha to‘qlikni
yo‘qotish maqsadida suv bilan yengil yuvib chiqish, yumshoq mo‘yqalamda ishqalab
chiqish mumkin.
Shundan keyin bo‘yoqlarda ishlashdan oldin rassom vazifa mohiyatiga qarab
bu ranglavha uchun qanday rangli bo‘yoqlarni tanlash, ranglar uyg‘unligi, naturadagi
iliq va sovuq tuslarni aniqlab olish maqsadida modelni xayolan tahlil qilib chiqish
zarur.
Portretni sinchiklab ishlashni esa muallifga aniq ko‘rinib turgan bo‘laklardan
boshlagan yaxshi. Rassom sochlar bilan umumiylikda peshanadagi tus va rang kuchini
aniqlab olganidan keyin aniq ranglarni qo‘yib boshlaydi. Peshonani ranglarning bor
kuchidan foydalanib ishlashni boshlaganda umumiy kompozisiyaning uyg‘unligini
saqlagan holda sochning nisbatlarini ham olib ketadi. Undan keyin bir-biriga
solishtirib portretning boshqa qismlarini ham shunday rang-tus nisbatlarida ishlashga
o‘tadi. Shunday qilib muallif bosh va uning alohida bo‘laklarini solishtirib, ranglarda
qurib boradi.
Mayda bo‘laklarda ishlab butun qo‘yilmani yaxlit idrok eta olish har doim ham
rassomga muvvaffaqiyat olib kelavermaydi, uning ko‘zi tasvirlanayotgan joyga
qarab boshqa qismlarni idrok qila olmaydi. Bu – naturani yaxlit idrok etish uchun
kurashning azaliy muammosi. Boshlovchi rassom bunday prinsipda ishlash uchun
sinchkovlik, diqqat-e’tiborini bir joyga jamlashda o‘zida kuch topa olishi darkor,
bu esa portretda yonoqni ishlayotganda nafaqat yorug‘ tushib turgan yonoq qismini
soyadagi joylar bilan, balki, yonoqni peshana, bo‘yin qismi, soch va orqadagi fon
bilan doimiy solishtirish imkonini beradi. Har qanday buyumni chizayotganingizda
doimo boshqalari bilan tinmay solishtirib turing, holbuki butun rangtasvir ishlash
jarayoni nisbatlarga tayanadi.
Nafaqat shakl, nisbatlar va xarakterli qismlarni, balki rang nisbatlari ham
solishtirilib boriladi.
Bosh shakli ranglar nisbatlarida qurilishini his qilish uchun rassomga etarli
83
tajriba va sezgirlik zarur. Shuning uchun mayda bo‘laklar shaklini qurish uchun, har
bir rang surtmasi orqali shaklning ma’lum qismi shaklini aniqlashtiring va albatta
bunda rang-tus bo‘yicha har bir rang surtmasi bir-biridan farq qilishi kerak.
Bir necha seanslarda shakl ustida ishlar ekansiz, natura ko‘rinishiga yaqin