O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq dаvlаt pedаgogikа universite ti


-rasm. J.Hunsung - Akvarelda portret ishlash bosqichlari (III-bosqich)



Yüklə 7,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/36
tarix07.10.2023
ölçüsü7,7 Mb.
#152868
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
u sh ismatov-rangtasvir-oquv-qollanma

52-rasm. J.Hunsung - Akvarelda portret ishlash bosqichlari (III-bosqich)


84
kelib qolganligingizni o‘zingiz ham sezasiz. Portretning bosh qismi modelga ancha 
o‘xshab qolganini ko‘rasiz. Portretni kuzatar ekanmiz ko‘z qiyofachining xarakterli 
ko‘z qarashlari kabi tikilib turganligi, burun xarakteri topilib, bosh hajmi to‘g‘ri 
qurila boshlanganligi hatto soch bo’laklari ko‘rinishlari ham sezilib turganligi, ya’ni 
53-rasm. J.Hunsung - Akvarelda portret ishlash bosqichlari (IV-bosqich)


85
barcha qismlar diqqat bilan mehr berib ishlanganligini ko‘rib turibmiz. Lekin 5-6 
metr uzoqlikdan qaraganda esa portretning rang jihatdan sayyoz va jozibadorlikning 
yo‘qligini sezish mumkin. Bo‘yoqlar u darajada jarangdor emas, ranglar uyg‘unligi 
ko‘ngildagidek emas. Barcha mayda bo‘laklarga e’tibor bilan ishlov berilganligiga 
qaramay portretda hajm va uch o‘lchamlilik ko‘ngildagidek emasligi ko‘zga 
tashlanmoqda, buning ustiga yuz qismi qirqib ishlangan, ko‘z soqqasi aniq 
joylashtirilmagan, bir tomondagi jag‘ ikkinchi tomonga nisbatan pastga osilib 
tushib qolgan, labham bir tomonga tortib ketganligini ko‘ramiz. Hafsalangiz pir 
bo‘lib kichik mo‘yqalamni olb xatoliklarni to‘g‘irlashga kirishib, mayda bo‘laklarni 
ishlashga o‘tasiz, ammo bu bilan portretni ko‘ngildagidek to‘g‘irlab bo‘lmaydi. 
Bu holatda ishlash kayfiyatingizni buzadi. Sizda tushkunlik holati bor. 
Buning barchasi etarli darajada olib borilgan rangtasvir mashg‘uloti jarayonida 
mayda bo‘laklarga ishlashga berilib, yaxlit ko‘rishga e’tibor bermagansiz. Mayda 
bo‘laklar sizni yaxlit idrok etishdan chalg‘itdi. 
Rangtasvir mashg‘ulotining oxirgi bosqichi. Bu bosqichning maqsadi 
maydalanib ketgan bo‘laklarni umumlashtirib, portretning konstruktiv qurilishini 
yangitdan qarab, umumiy ko‘rinishni tahlil qilib chiqishdan iborat.umumlashtirib, 
yaxlit rangtasvir echimini topishda rassom o‘zida katta ichki zo‘riqishni his qiladi.
Bunday paytlarda barcha diqqatni yaxlitlik va badiiy echimni topish maqsadida 
maydalab ishlangan bo‘laklarni qaytadan ko‘rib chiqiladi. Bunday yoqimsiz 
mashg‘ulotni o‘tmishdagi barcha mashhur portretchi rassomlar ham bir necha 
marotabalab boshidan kechirgan. 
V.A. Serovning xotira daftaridan bizga ma’lumki, modelni sinchiklab o‘rganish 
va katta yutuqlarga erishgan buyuk rassom, oltmish va undan ortiq seanslarda 
ishlab tayyor bo‘lgan portretlaridan hafsalasi pir bo‘lib, yoqmagan ishini achinmay 
mastixinda qirib tashlagan, o‘zida yana iroda va kuch topib 2-3 seansda qaytadan 
ishlab tugatganligining guvohi bo‘lamiz. Mana shu oxirgi seanslarda kompozisiyani 
yaxlitlashtirib, umumlashtirib, yuqori darajadagi san’at asari holiga keltirgan. 
Rangtasvir mashg‘ulotlarida boshlovchi rassomlar diqqatini naturaning o‘ziga 
xos xususiyatlari va holatiga e’tibor qaratishini ta’kidlaymiz. 


86
Agar inson portretini qo‘li bilan ishlaganda, albatta qo‘l ko‘rinishiga ham katta 
e’tibor qaratib sinchiklab ishlanishi zarur. Chunki inson qo‘li uning yuziga nisbatan 
ko‘proq ma’lumotlarni berishi mumkin. Qo‘lning aynan ushbu insonga xos bo‘lgan 
harakatlari va holati hayotiy va ishonarli, muhitga mos bo‘lishi zarur.
Portret chizish jarayonida qiyofachining ko‘zlariga asosiy diqqatingizni 
qarating, ko‘z qarashi orqali inson ichki dunyosiga kirib borishga harakat qiling. 
Chunki, ko‘z – bu qalb ko‘zi deb bekorga aytilmagan. Shuning uchun insonning ichki 
dunyosini ifodalash uchun ko‘z xususiyati, qarashiga diqqat qiling, uni sinchiklab 
qarab ishlashdan uyalmang. Bu uni butun kipriklarini, ko‘z qorachig‘idagi har bir 
chiziqni, shu’lani sanab chizish degani emas. Lekin ko‘z qarashlari jonli bo‘lib, 
uning ichki hissiyotini ko‘rsatib beradigan darajada e’tibor bilan aniq ifodalang.

Yüklə 7,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin