5. Mulkiy xuquqlar taqsimotining tahlili
Barqaror bozor iqtisodiyotiga ega huquqiy-demokratik jamiyat qurishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri – chuqur institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishdan iborat. Bunda
nafaqat
eski
markazlashgan
iqtisodiyot
institutlarini
isloh
qilish,
balki
iqtisodiy
munosabatlarning o‘zagini tashkil etuvchi mulkchilik va shartnomaviy munosabatlarni ham
bozor iqtisodiyotiga mos ravishda takomillashtirish talab etiladi. Bu boradagi amaliy ishlar
mamlakat mustaqilligining dastlabki yillaridanoq boshlangan edi va hozirgi pallada o‘zining
yuqori bosqichiga ko‘tarilib bormoqda.
Ma‘lumki, mulkchilik munosabatlari ishlab chiqarish munosabatlarning negizini tashkil
etadi. Mulkchilik munosabatlarining tarkibi mulkchilik instituti bilan bog‘liq. Mulkchilik instituti
mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy institut bo‘lib, insonlarga o‘z orzu-umidlarini shakllantirish imkonini
beradi. Mulkchilik instituti mulkiy huquqlardan iborat bo‘lib, ushbu huquqlarni bilish insonlarga
istiqboldagi o‘zlari munosabatga kirishadigan boshqa insonlarning xatti-harakatlari hamda foyda
va xarajatlarni hisoblashga imkon bradi. Bunday huquqlar mavjud bo‘lmaganda edi, insonlar o‘z
hamkorlarini xatti-harakatlarini oldindan hisobga olishlari mumkin bo‘lmas edi.
Ana shularni inobatga olib, O‘zbekistonda mulkiy huquqlarni amalga oshirishni tartibga
soluvchi bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Ularda mulkiy huquq sub‘ektlari (fuqarolar,
yuridik shaxslar va davlat), mulkiy huquq ob‘ektlari (er, er osti boyliklari, suvlar, havo
bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi, boshqa tabiiy resurslar, korxonalar, ashyolar, shu
jumladan binolar, kvartiralar, inshootlar, asbob-uskunalar, homashyo va mahsulot, pul, qimmatli
qog‘ozlar va boshqa mol-mulk, shuningdek intellektual mulk), mulkiy huquq turlari (egalik
qilish, foydalanish va tasarruf qilish) hamda uni amalga oshirish qoidalari va himoyalash
kafolatlari majmui qabul qilindi. Ular 7.2-rasmda keltirilgan.
Iqtisodiy nuqtai nazardan mulk ob‘ektiga nisbatan mavjud mulkiy huquqlardan
foydalangan holda ushbu ob‘ektni samarali ishlatilishiga erishadigan mulk egasini topish mulkiy
munosabatlarni o‘zgartirishning asosiy mohiyatini ifodalaydi. Mulkiy munosabatlarni
o‘zgartirish institutsional islohotlar vositasida amalga oshiriladi. Uning mexanizmi mulkiy
huquqlar taqsimotini amalga oshirishdan iborat. Chunki mulkiy huquqlar iqtisodiy nazariyasiga
ko‘ra jamiyatda sodir etiladigan har qanday almashuv akti bu – mulkiy huquqlar bilan
almashuvdir.
O‘zbekistonda mulk xususiy va ommaviy shaklda bo‘ladi. Xususiy mulk huquqi shaxsning
qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish
va uni tasarruf etish huquqidir. Ya‘ni xususiy mulk shaklida yuqoridagi mulk huquqlar bir shaxs
(jismoniy vaG‘yoki yuridik shaxs)da jamlanadi (7.3-rasm), shuning uchun ham ushbu mulk
shakli samaraliroq hisoblanadi. Chunki, bozor iqtisodiyotida o‘zaro munosabatlar turli mulk
shakllariga asoslangan sub‘ektlar o‘rtasida olib boriladi. Ularning har biri o‘z mulkiy huquqlari
va o‘z manfaatlariga ega. Ularning mulkiy huquqlari juda aniq belgilangan, uning himoyasi
qonun bilan kafolatlangan taqdirda o‘zaro bitimga kelishish oson kechadi. Bu mulkiy huquqlar
10
o‘zining haqiqiy egalari, mulkdan eng unumli tarzda foydalana oladiganlar qo‘liga o‘tishi uchun
ham muhimdir.
O‘zbekiston qonunchiligida, yuqorida ta‘kidlab o‘tganimizdek, mulkiy huquqlarning uch
turi keltirilgan. Lekin rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan mamlakatlarda amalda
bo‘lgan umumiy huquqda yanada ko‘proq mulkiy huquqlar ajratiladi. Chunki, iqtisodiy
agentlarning bozor tamoyillari nuqtai nazaridan o‘zaro aloqalari murakkab hodisa bo‘lib, u
mulkiy huquqlarni chuqurroq aniqlashtirishni talab qiladi. Yuqorida bayon etilganidek, mulkiy
huquqlar A.Onore ro‘yxati bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: egalik qilish huquqi, foydalanish
huquqi, tasarruf qilish yoki boshqarish huquqi, o‘zlashtirish huquqi, kapital qiymat huquqi,
xavfsizlik huquqi, ashyoning meros yoki vasiyat bo‘yicha o‘tishiga bo‘lgan huquq,
muddatsizlik huquqi, zararli foydalanishni taqiqlashga bo‘lgan huquq, o‘ndirish ko‘rinishidagi
javobgarlik huquqi, qoldiq xususiyat huquqi.
Mulkiy huquqlarni aniqlashga bunday yondashish bozor iqtisodiyoti sharoitida individlar
o‘rtasida resurslardan foydalanish bo‘yicha har qanday murakkab muzokaralarni olib borish va
bitishuvga kelishda samarali hisoblanadi. Chunki, bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatida keng
quloch yoyayotgan ijara, lizing, franchayzing kabi shakllari mulkiy huquqlarni yanada ko‘proq
sub‘ektlar o‘rtasida taqsimlanishini taqozo etadi. Demak, yuqoridagi huquqlarni ulardan eng
unumli foydalanuvchi sub‘ektlarga aniq mustahkamlanishi transaktsion xarajatlarni qisqartiradi
va samarali xo‘jalik yuritishga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturlariga muvofiq ochiq aktsiyadorlik
jamiyati doirasida mulkiy huquqlarning taqsimoti turli variantlari nazarda tutildi. Masalan,
mehnat jamoasining a‘zolari aktsiyalar umumiy ulushida 10 foizdan oshmaydi, lekin har bir
xodim aktsiyalarni olish huquqiga ega hisoblanadi. Natijada, mulk subektlari va huquqlarining
taqsimlanishi quyidagi 7.2-jadvaldagi ko‘rinishiga ega.
11
7.3-rasm. O‘zbekistonda xususiy mulk egalari sub‘ektlari21
7.2-jadval
Dostları ilə paylaş: |