Guliston davlat universiteti "iqtisodiyot" kafedrasi institutsional iqtisodiyot



Yüklə 6,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/124
tarix09.10.2023
ölçüsü6,57 Mb.
#153261
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124
portal.guldu.uz-Institutsional iqtisodiyot

Takrorlash uchun savollar 
1. Mulk huquqi deganda nima tushuniladi? 
2. Mulk o‘zi nima? Uning qanaqa shakllari mavjud? 
3. Onore ro‘yxatiga kiruvchi mulk huquqlari turlarini ayting va ularning mohiyatini tushuntiring. 
4. Mulk huquqining tasnifi nima va uni O‘zbekiston iqtisodiyotining amaliyotida qo‘llash imkoniyatlarini 
izohlab bering.
8-Mavzu. Shartnomalar nazariyasi 
Reja 
1. Shartnoma tushunchasi
2. Sotish to’g’risidagi shartnoma va yollash to’g’risidagi shartnoma 
3. Shartnomalarning xillari 
4. Tashkilot tushunchasi va institut bilan tashkilot o’rtasidagi chegara 
5. Qishloq xo’jaligida shartnoma munosabatlari 
 
Tayanch so’z va iboralar
: shartnoma, sotish to‘g‘risida shartnoma, yollash to‘g‘risida 
shartnoma, tashkilot, kontraktatsiya, munosabatli odam, printsipal, agent, printsipal-agent 
muammosi 
1. Shartnoma tushunchasi
Shaxslar o‘zaro hamkorligining umumiy doiralari institutlar tomonidan belgilanadi. 
Bitimlarni tuzish shartlarining muayyan doiralari esa o‘zaro hamkorlikning turli ishtirokchilari 
o‘rtasida qayd etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 9-bobi (101-112-
moddalar) bitimlarga bag‘ishlangan. Agar mulkchilik huquqlari nazariyasining atamalaridan 
foydalansak, mulkchilik huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash to‘g‘risidagi har qanday 
kelishuvni shartnoma, deb atash mumkin. Shartnomani tuzishda shaxslar rasmiy va norasmiy 
me‘yorlarni muayyan bitim ehtiyojlari uchun qo‘llagan holda, ulardan foydalanishadi. 
Boshqacha aytganda, shartnoma belgalangan institutsional doiralarda amalga oshiriladigan 
almashuv maqsadlari va shartlarining shaxslar tomonidan ongli ravishda va erkin tanlanishini aks 
ettiradi. 
Shartnoma
– belgalangan institutsional doiralarda shaxslarning ongli ravishda va erkin 
tanlashi natijasi hisoblangan mulkchilik huquqlari bilan almashish va ularni himoyalash 
to‘g‘risidagi kelishuv. 
Shunday qilib, institutsional tahlil oqilona tanlov modelining umumiy emas, balki 
xususiy holatini ko‘rib chiqish uchun zamin yaratadi. Ushbu model universal emas, u alohida 
institutsional doiralarda shaxslarning xatti-harakatni yoritish bilan chegaralanadi, bunda shaxslar 
ushbu doiralarga cheklangan darajada ta‘sir ko‘rsatadi. Oqilona tanlov modelini institutsional 
doiralarga joylashtirish «doira samarasi» deb nom oldi. Biroq oqilona tanlov institutsional 
doiralarini faqat chegaralash (giyohvondlik moddalari, qurol-aslaha, boshqa ijtimoiy xavfli 
tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisi to‘g‘risida shartnomalar tuzish uchun qonuniy taqiq) sifatida 
talqin etish noto‘g‘ri bo‘ladi. Institutsional doiralar nafaqat cheklaydi, balki oqilona tanlovni 
amalga oshirish uchun zamin yaratishi mumkin. Shu tariqa, ishonchning norasmiy me‘yori ham, 
tomonlarning shartnomadan kelib chiquvchi 
majburiyatlarining
paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi 


19 
rasmiy qoida ham, hatto shartnoma tuzish va uni bajarish lahzasi o‘rtasida ancha vaqt o‘tgan 
taqdirda ham huquqlar bilan almashish imkonini beradi. Bunday institutsional doiralarda amal 
qiluvchi «munosabatli» odam, o‘z xususiyatlariga ko‘ra homo oeconomicusdan farq qiladi – 
birinchi tushuncha ikkinchisiga qaraganda ancha keng. 
«Munosabatli» odam oqilona maqsadli harakat me‘yoriga amal qiladi, lekin shu bilan 
birga u o‘z xatti-harakatini ishonch, empatiya va bozor konstitutsiyasini tashkil qiluvchi boshqa 
me‘yorlar asosida ham quradi. 
Uni tuzish va bajarish lahzalarining vaqt bo‘yicha mos kelmasligini nazarda tutuvchi 
shartnoma odatiy holatni o‘zida namoyon etadi.
Bozor konstitutsiyasiga ko‘ra, shaxs xatti-harakatiga «tabiiy» omillarning ta‘sirini aniq oldindan 
aytishning iloji yo‘q. Chunki bozor konstitutsiyasi 
shaxs 
va
 «tabiat»
o‘rtasidagi emas, balki 
shaxslar 
o’rtasidagi
o‘zaro hamkorlikni tartibga soluvchi me‘yorlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Shaxslar 
o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik natijalariga «Tabiat» ta‘sirining uchta varianti mavjud. 
1.
«Tabiat» o‘zaro hamkorlik natijalariga ta‘sir ko‘rsatmaydi, shaxslar ushbu holatda 
aniqlik
sharoitida bo‘ladi 
2.
«Tabiat» o‘zaro hamkorlik natijalariga ta‘sir ko‘rsatadi, lekin uning ta‘sirini oldindan aytish 
mumkin. Shaxs tomonidan qabul qilinadigan qarorni muqobil natijalarning paydo bo‘lishi ehtimoli 
ma‘lum bo‘lganida «hisoblab chiqish» mumkin.
3.
«Tabiat» o‘zaro hamkorlik natijalariga ta‘sir ko‘rsatadi, lekin uning ta‘sirini oldindan aytib 
bo‘lmaydi. Qaror qabul qilish natijalarini «hisoblab chiqish» mumkin emas, chunki qarorni qabul qilish 
vaqtida ularning paydo bo‘lishi ehtimoli emas, balki faqat uning muqobil yakunlari ma‘lum.
Xatar va noaniqlik sharoitida hamma shaxslar ham bir xil harakat qilmaydi. Insonlarning 
xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning uchta xili mavjud: xatarga 
qarshi
insonlar; xatarga
 betaraf 
munosabatda bo‘ladigan insonlar va xatarga 
moyil
insonlar. 

Yüklə 6,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin