9
Biroq ushbu huquqlar ko‘p jihatdan deklorativ hisoblanadi. Boshqarishda ishtirok etish
huquqini faqat aktsiyalarning katta miqdordagi paketlariga egalik qiluvchi aktsiyadorlar –
majoritariylar amalga oshirishlari mumkin. Jamiyat tugatilgan taqdirda uning mol-mulkining bir
qismini olish huquqini esa amalga oshirishning iloji yo‘q: jamiyatga nisbatan aktsiyadorlar
ularning talablari ijro etish uchun qolgan barcha shaxslar qondirilganidan keyin qabul
qilinadigan so‘nggi navbatdagi kreditorlarni o‘zida namoyon etishadi.
Aktsiyadorlarining kompaniyadan chiqishi tufayli yuzaga kelgan uning aktsiyalari
kursining tushib ketishi yangi investitsiyaarni jab etish imkoniyatini keskin pasaytiradi.
Aktsiyadorning shaxsiy maqsadi muayyan kompaniyani kapitallashtirishning o‘sishi emas,
balki o‘ziga tegishli aktsiyalar paketlarining kurs qiymatidan yutishdan iborat. Ushbu maqsadga
aktsiyalar bozor kotirovkalarining o‘zgarishi tendentsiyalarini doimiy ravishda kuzatish orqali
erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida, aktsiyador ijtimoiy-iqtisodiy missiyasining amalga oshirilishiga
olib keladi. Uning sa‘y-harakatlar tufayli kapital harakatining tezligi keskin oshadi.
Dostları ilə paylaş: