Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Yüklə 8,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/257
tarix11.10.2023
ölçüsü8,97 Mb.
#153953
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   257
652ac6c65605a5150abf98c5d305e093 MOLIYA VA SOLIQLAR

moliya tizimini
tashkil qiladi. 
Moliya tizimi moliya organlari va muassasalari yig‘indisi sifatida 
ham ishlatiladi.
Moliya tizimining barcha bo‘g‘inlari o‘z navbatida ichki 
moliyaviy munosabatlar tarkibidan kelib chiqib quyi bo‘g‘inlarga 
bo‘linadi. Demak, tijorat asosida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalar 
moliyasi tarkibida, tarmoq yo‘nalishidan kelib chiqib, sanoat 
korxonalari moliyasi, qishloq xo‘jaligi korxonalari moliyasi, savdo 
korxonalari moliyasi, transport korxonalari moliyasi va boshqa 
mulkchilik shaklidan kelib chiqib, davlat korxonalari moliyasi
shirkat korxonalari moliyasi, aksionerlik jamiyatlari moliyasi, 
xususiy korxonalar va boshqalar moliyalariga bo‘linishi mumkin. 
Tijorat asosida faoliyat yurituvchi korxonalarning tarmoq va 
iqtisodiy xususiyatlari ularning moliyaviy munosabatlarini tashkil 
qilishga, maqsadli pul fondlarini tarkibiga, ularni shakllantirish va 
ishlatish tartiblariga o‘zining sezilarni ta’sirini ko‘rsatadi.


33 
Sug‘urta munosabatlari sohasida sug‘urta tarmoqlarini tashkil 
qiluvchi bo‘g‘inlar sug‘urta turlari bo‘yicha bo‘linadi.
Davlat 
moliyasi 
tarkibida 
ichki 
bo‘g‘in 
moliyaviy 
munosabatlarini guruhlanishi davlat boshqaruvi darajasidan kelib 
chiqib amalga oshiriladi (respublika, mahalliy). 
Moliya tizimini alohida bo‘g‘inlarga ajratish har bir bo‘g‘inning 
vazifalaridagi 
farqlanishga 
hamda 
markazlashgan 
va 
markazlashmagan pul fondlarini shakllantirish va ishlatish 
usullaridagi farqlanishga asoslanadi. Umumdavlat markazlashgan 
pul fondlari moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan milliy 
daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash yo‘li bilan tuziladi. 
Iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishdagi davlatning bajaradigan 
muhim roli uning ixtiyorida moliyaviy resurslarning katta qismini 
markazlashtirish zaruriyatiga olib keladi. Ularni ishlatish shakllari 
davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar orqali namoyon 
bo‘ladi. Bular hisobidan davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy 
vazifalarini hal etish ehtiyoji ta’minlanadi. Pul fondlarini tashkil 
qilish va ishlatish shakllari hamda usullari moliya tizimining kredit 
va sug‘urta bo‘g‘inlari orqali qo‘llaniladi. Markazlashmagan pul 
fondlari korxonalarni o‘zlarining pul daromadlari va jamg‘armalari 
hisobidan tashkil topadi.

Yüklə 8,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   257




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin