254
va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab
chiqarish xarajatlari quyidagilardan iborat:
- mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy
vositalar va nomoddiy
aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
- ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
- ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari;
- isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari;
- ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar,
ijaraga
olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari;
- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi;
- ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining
buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda
yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamch iishlab
chiqarishlariga
xizmat
ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Umumishlab chiqarish xarajatlari
ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish
haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar hisobi
yuritiladigan hisob varaqlarning kredit qismidan olib «Umumishlab
chiqaris
xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish
xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy ishlab
chiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va «YOrdamch iishlab chiqarishlar» nomli
2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: