D. Q. Usmanova


Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

 
Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari 
1. Xarajatlarning iqtisodiy mazmunini aytib bering. 
2. Doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlarning farqli jihatlari nimalardan iborat? 
3. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishning zamonaviy usullarini aytib 
bering. 
4. Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarining hisobi qanday tashkil qilinadi 
hamda mahsulot tannarxida qanday aks ettiriladi? 
5. Umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash uslubiyotini aytib bering. 
6. Davr xarajatlariga qaysi turdagi xarajatlar kiradi. 
7. 54-sonli Nizomning mohiyatini yoritib bering. 


258 
10- Mavzu. MAHSULOT, TOVAR(ISH, XIZMAT)LAR VA ULARNI 
SOTISH HISOBI 
Reja: 
10.1. Mahsulot (ish va xizmat) lar hisobining mazmuni, baholanishi va 
uning vazifalari 
10.2. Mahsulotni yuklab jo‘natish va sotish jarayonini hujjatlarda 
rasmiylashtirish 
10.3. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ularni sotishning sintetik xamda 
analitik hisobi 
10.4. Sotish bilan bog‘liq xarajatlar hisobi 
 
10.1. Mahsulot (ish va xizmat) lar hisobining mazmuni, baholanishi va 
uning vazifalari 
Ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsuli bo‘lib tayyor mahsulotlar 
hisoblanadi. Tayyor mahsulotlar – bu mazkur korxonada qaytadan ishlashni talab 
qilmaydigan, standartlar va texnik shartlariga to‘liq javob beradigan, texnik nazorat 
bo‘limi (TNB) yoki maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan va korxona 
omboriga topshirilgan yoki buyurtmachi tomonidan qabul qilingan buyum va 
mahsulotlardir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar bozor talabini o‘rgangan holda 
tuzilgan shartnomalarga, assortiment, son va sifat reja topshiriqlariga binoan, 
doimo ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ko‘paytirish, ularning assortimentini 
kengaytirish va sifatini oshirishga etibor berib mahsulot ishlab chiqaradilar. 
Bozor munosabatlari sharoitida asosiy etibor mol yuborish – shartnomalari 
bo‘yicha mol sotishga qaratiladi, chunki bu korxona faoliyatining maqsadga 
muvofiqligini, uning samaradorligini aniqlovchi iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri 
bo‘lib hisoblanadi. Korxonaning hisob – kitob schyotiga pul tushgan va 
tushmaganligidan qat’i nazar barcha yuklangan va jo‘natilgan mahsulotlar sotish 
hajmiga qo‘shilishi mumkin. 


259 
SHunday qilib, sotish jarayoni korxona xo‘jalik mablag‘larining doiraviy 
aylanishini yakunlaydi. Bu o‘z navbatida korxonaga davlat budjeti, ssudalar 
bo‘yicha banklar, ishchi va xizmatchilar, mol yuboruvchilar oldidagi 
majburiyatlarni bajarish, ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash imkoniyatini beradi. 
Sotish rejasini bajarmaslik aylanma mablag‘lar aylanishini sekinlashiga, xaridorlar 
oldida shartnoma vazifalarini bajarmaganligi uchun jarima to‘lashga, to‘lovlarning 
kechikishiga, korxonaning moliyaviy holatini yomonlashishiga olib keladi. 
Korxona sotish hajmi bilan bir qatorda foyda summasini ham rejalashtiradi. 
CHunki, mahsulotning sotish (shartnoma) narxi belgilanganda uning tarkibiga 
ma’lum summada yoki foizda foyda (daromad) summasi ham kiritiladi. Agar 
shartnoma (reja) bo‘yicha sotishga tegishli mahsulotlar miqdorini shartnoma 
bahosiga ko‘paytirsa reja bo‘yicha ularni sotish qiymati kelib chiqadi, foyda 
foiziga qarab esa reja foyda summasi hisoblab chiqiladi. Bu budjetga foydadan 
bo‘nak ajratmasini to‘lash uchun baza bo‘lib hisoblanadi. 
Korxona aylanma mablag‘ining tarkibiy qismi hisoblangan tayyor 
mahsulotlar eng kam bahoda baholanishi kerak: tannarxida yoki sof sotish 
qiymatida.
37
Tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisobot davri tugagandan so‘ng 
aniqlash mumkin. Lekin mahsulotlarning harakati har kuni sodir bo‘ladi, uning 
uchun joriy hisobda mahsulotni shartli bahoda baholash kerak. Tayyor mahsulotlar 
harakatining kundalik hisobi ishlab chiqarish reja tannarxida yoki korxonaning 
shartnoma baholarida yoki hisob bahosi deb nomlanadigan chakana jo‘natish 
baholarida yuritiladi. 
CHunonchi, mahsulot birligining reja tannarxi korxonada ishlab chiqiladi. U 
oy oxirida tayyor mahsulotlarning guruhlari bo‘yicha farq summasini yoki foizini 
hisoblash yo‘li bilan haqiqiy tannarxga etkazib qo‘yiladi. Farq summasi va foizi 
mahsulotning oy boshiga qoldig‘i hamda uning oy davomidagi kirimiga qarab 
hisoblab chiqiladi. Farqi tejalganligini yoki korxona tomonidan ortiqcha xarajatga 
37
UzR 4- sonli «Tovar moddiy zaxiralar» BHMS ning 7- bandiga binoan 


260 
yo‘l qo‘yilganligini ko‘rsatadi va shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi 
uning ish natijalarini ta’riflaydi. Tayyor mahsulotlar qaysi schyotlarda hisobga 
olingan bo‘lsa, farqlar ham shu schyotlarda tejalgan bo‘lsa qizil siyohda storno 
(qayta yozuv) qilib, ortiqcha xarajat bo‘lsa - oddiy siyohda aks ettiriladi. Farq foizi 
va jo‘natilgan mahsulotning reja tannarxi sotilgan hamda ombordagi oy oxiriga 
qolgan mahsulotning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi. 
Hisobda tayyor mahsulotlarga boshqa baholar qo‘llanilsa ham farq summasi 
va foizi shu tartibda hisoblanadi. 
Tayyor mahsulotlar harakati hisobini to‘g‘ri tashkil etishda ularning 
nomenklaturalarini 
ishlab 
chiqish 
katta 
ahamiyatga 
ega. 
Mahsulotlar 
nomenklaturasi – ushbu korxona tomonidan ishlab chiqariladigan buyumlar turlari 
nomlarining ro‘yxatidir. Mahsulotlar nomenklaturasini tuzishda bir buyumni 
ikkinchisidan ajratib olish imkoniyatini beradigan tayyor mahsulotlarni ma’lum 
belgilariga qarab qilingan tasnif asos bo‘ladi. Nomenklatura raqami turli 
miqdordagi raqamlar bilan belgilanishi mumkin. Korxona nomenklaturalaridan 
quyidagi xizmatlarda: 
-
dispecherlar – mahsulot ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat 
qilish uchun; 
-
sexlar – ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini nazorat qilish 
uchun va tayyor mahsulotlarni omborga topshirishda nakladnoylar yozish uchun; 
-
marketing bo‘limi – mahsulot jo‘natish shartnomasining bajarish imkoniyati 
ustidan nazorat qilish uchun; 
-
buxgalteriya – analitik hisob, svodkalar va hisobotlar tuzish uchun 
foydalanishi mumkin. 
SHuning uchun korxonalarning buxgalteriya hisobini tashkil qilish tizimida 
tayyor mahsulotlar ularni yuklash va sotish hisobi alohida o‘rin tutib, uning 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
-
tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, ularning zaxiralari holati hamda 
omborda saqlanishi, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar ustidan uzluksiz 
nazorat qilish; 


261 
-
yuklangan va jo‘natilgan mahsulot (ish, xizmat) larni o‘z vaqtida va to‘g‘ri 
hujjatlashtirish, xaridorlar bilan olib boriladigan hisob– kitoblarni aniq tashkil 
etish; 
-
sotilgan mahsulotlarning hajmi va assortimenti bo‘yicha mol jo‘natish 
shartnoma rejasining bajarilishi ustidan nazorat qilish; 
-
sotilgan mahsulot uchun olinadigan mablag‘lar summasini, mahsulot ishlab 
chiqarish uchun ketgan haqiqiy xarajatlarni, foyda summasini o‘z vaqtida va aniq 
hisoblab chiqish. 
Bu vazifalarning bajarilishi korxonaning bir tekisda ishlashi, sotish hamda 
ombor xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil qilish, xo‘jalik operatsiyalarini o‘z vaqtida va 
to‘g‘ri hujjatlashtirishga bog‘liq. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin