D. Q. Usmanova


 Mahsulotni yuklab jo‘natish va sotish jarayonini hujjatlarda



Yüklə 3,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/131
tarix11.10.2023
ölçüsü3,15 Mb.
#154134
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131
1. Buxgalteriya xisobi (1)

10.2. Mahsulotni yuklab jo‘natish va sotish jarayonini hujjatlarda 
rasmiylashtirish 
Tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish sohasidan omborxonaga o‘tkazish 
jarayonida quyidagi dastlabki hujjatlar: qabul qilish – topshirish nakladnoylari, 
dalolatnomalar, rejalar, kartalariga muvofiq hisobga olinadi. 
Tayyor mahsulotlarni yuklab jo‘natish o‘z ichiga ikkita hujjatni – omborga 
buyruq va jo‘natish uchun nakladnoyni qamrab oladigan buyruq – nakladnoy bilan 
rasmiylashtiriladi. Omborga buyruqni xaridorlar bilan tuzilgan sharnoma 
shartlariga asosan mol oluvchining nomi, uning kodi, mahsulotning miqdori va 
assortimenti hamda jo‘natish muddati ko‘rsatilganligini tegishli xizmat bo‘limi 
yozib beradi. 
Bu hujjat tegishli xizmat boshlig‘i, omborchi va ekspeditor tomonidan 
imzolanadi. Buyruq – nakladnoy ikki nusxada tuzilib, birinchisi tovar – transport 
nakladnoyiga binoan jo‘natilgan o‘rin miqdorini, yukning og‘irligini va mol 
oluvchining bekatigacha mahsulotni etkazib berish bo‘yicha to‘langan temir yo‘l 
tarifi summasini ko‘rsatish uchun ekspeditorga beriladi. Ikkinchi nusxasi molning 
jo‘natganligi to‘g‘risida asos bo‘lib omborchida qoladi. Unga binoan ombor hisobi 
kartochkasining «chiqim» grafasiga jo‘natilgan mahsulotning miqdorini yozib 


262 
qo‘yadi va hujjat buxgalteriyaga topshiriladi. Ekspeditor mahsulotni transport 
tashkilotiga topshirib undan yukni qabul qilib olganligi to‘g‘risida kvitansiya oladi. 
Mahsulot jo‘natilgandan keyingi kuni ekspeditor buyruq – nakladnoyini va 
transport tashkilotining kvitansiyasini mol oluvchining nomiga to‘lov talabnoma – 
topshiriq yoki boshqa hujjat yozish uchun buxgalteriyaga topshirishi shart. SHu 
bilan bir vaqtda schyot – faktura ham yoziladi. 
To‘lov talabnomasida jo‘natilgan tovarning assortimenti, miqdori, sotish 
(shartnoma) bahosi va qiymati ko‘rsatiladi, bunday holda schyot faktura to‘lov 
talabnomasiga albatta ilova qilinishi kerak. 
To‘lov talabnomasi mol oluvchining hisob – kitob schyotidan schyot – 
fakturaga asosan yuklab yuborilgan mahsulot qiymatini o‘tkazib berishi to‘g‘risida 
mol yuboruvchining bankka bergan buyrug‘i bo‘lib hisoblanadi. Schyot – faktura 
yoki to‘lov talabnomasininig alohida qatorida mol oluvchilar tomonidan 
to‘lanadigan idish va o‘rama qiymati hamda temir yo‘l tarifi ko‘rsatiladi. Ayrim 
hollarda mol yuboruvchining to‘laydigan temir yo‘l tarifi to‘lanmalar summasiga 
qo‘shilishi mumkin, QQS summasi alohida qatorda ko‘rsatiladi. 
Mol yuboruvchi bilan mol oluvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada mol 
yuboruvchi mahsulotni qaysi joy (franko – joy) gacha etkazib berish xarajatlarini 
o‘z hisobiga olishi to‘g‘risida kelishib olinadi. 
Franko – joyni quyidagi turlari mavjud: 
mol yuboruvchining franko – ombori – bunda mol yuboruvchi korxona 
mahsulot yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar (ombordagi, temir yo‘l 
bekatidagi, yuklash – tushirish ishlar qiymati, tashish qiymati va temir yo‘l tarifi) 
to‘lov – talabnomasiga qo‘shiladi; 
-
franko – yuklab jo‘natish bekati – bunda mol yuboruvchi to‘lov – 
talabnomaga temir yo‘l tarifini va mahsulotni vagonga yuklash xarajatlari 
summasini qo‘shadi; 
-
franko – vagon tayinlanish bekati – bunda mol yuboruvchi to‘lov – 
talabnomaga faqat temir yo‘l (yoki boshqa transport) tarifi summasini qo‘shadi; 


263 
-
franko – tayinlanish bekati – bunda temir yo‘l tarifi qo‘shilgan holda 
mahsulot jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni mol yuboruvchi 
to‘laydi; 
-
franko – mol oluvchining ombori – bunda yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar 
bilan bir qatorda mol yuboruvchi mol oluvchining bekatidagi va uning omboridagi 
tushirish – yuklash ishlari, uning omboriga olib borish va boshqa ishlar qiymatini 
to‘laydi. 
O‘zbekistonda to‘lovning keng tarqalgan turi bo‘lib franko – vagon 
tayinlanish bekati hisoblanadi. 

Yüklə 3,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin