257
- temir yo‘l, suv, avtomobil, ot-ulovda tashish xarajatlari hamda transport
vositalari bekor turib qolganligi uchun to‘langan jarimalar;
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining xarajatlari;
- mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotish bilan bog‘liq mehnatga haq to‘lash
xarajatlari (ma’muriy-boshqaruv xodimlaridan tashqari);
- ularning ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- savdo ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar, inshootlar va xonalarni
ijaraga olish, saqlash va tuzatish xarajatlari;
- asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
- sanitariya kiyim-boshi, oshxona dasturxon va sochiqlari, oshxona idish-
tovog‘i va anjomlarining eskirishi;
- savdo reklamasi xarajatlari;
- bank xizmatlariga to‘lovlar va boshqalar.
YUqorida
keltirilgan
xarajatlar
9410-«Sotish
bo‘yicha xarajatlar»
hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraq tranzit hisobvaraq bo‘lib, qaysi
davr bo‘lmasin uning oy boshida qoldiq summasi bo‘lmaydi. Hisobvaraqning
debet tomonida tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ko‘rsatilsa, kredit
tomonida ushbu xarajatlarni hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bu summa
foydaning kamayishiga olib keladi, ya’ni foyda hisobidan qoplanadi.
Dostları ilə paylaş: