11.3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish
Qaytarilmaydigan ma’lum bir maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun
tayinlangan maqsadli tushumlar, mablag‘lar holati va harakati, shuningdek a’zolik
badallari hamda boshqa mablag‘larning kirimi ularning sarflanishi to‘g‘risidagi
axborot
quyidagi:
8810-«Grantlar»,
8820-«Subsidiyalar»,
8830-«A’zolik
badallari», 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari», 8890-«Boshqa
maqsadli tushumlar» schyotlarda umumlashtiriladi
YUqorida ko‘rsatilgan tushumlarni xususiy kapital sifatida aks ettirishning
quyidagi shartlari mavjud: a) maqsadli tayinlanishi bo‘yicha foydalanish; b)
mablag‘larni jalb etish bilan bog‘liq xarajatlarning sodir bo‘lmasigi; v) ma’lum
shartlar bajarilganda qaytarilmasligi lozim.
286
Grant - bu iqtisodiyotni rivojlantirishga qiziqtirish, ilmiy-texnika va
innovatsiya dasturlarini bajarish uchun ijtimoiy ahamiyatli maqsadlar bo‘yicha
korxonaga qaytarib olmaslik sharti bilan davlat, shuningdek, nodavlat, xorijiy,
xalqaro tashkilotlar va fondlar tomonidan ko‘rsatiladigan gumanitar pul yoki
moddiy-texnika yordamidir. Grant mablag‘lari qat’iy maqsadli tayinlanishi
bo‘yicha foydalaniladi.
Grant ajratilgan hollarda tegishli grant ajratuvchi tashkilot va fondlar
tomonidan korxonaga xabarnoma yuboriladi. Ushbu xabarnomada ko‘rsatilgan
summa korxonada quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa debitorlarning
qarzlari», Kt 8810-«Grantlar» schyoti.
Grant bo‘yicha moliyalanadigan maqsadli loyiha budjetida nazarda tutilgan
pul mablag‘lari yoki mulklar olinganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt - Pul
mablag‘larini hisobga oladigan (5110-5530), kapital qo‘yilmalar (0800),
O‘rnatiladigan uskunalar (0700), TMZ va boshqa schyotlar, Kt - 4890 «Boshqa
debitorlarning qarzlari» schyoti.
CHet el valyutalarida olingan grantlar summasi O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan xo‘jalik muomalalarini sodir bo‘lish kuniga
belgilangan kurs bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga
aylantiriladi.
8820-«Subsidiyalar»
schyoti
mavjud
ajratilgan
subsidiyalar,
ya’ni
iqtisodiyotni rivojlantirishga qiziqtirish maqsadida ma’lum shartlar bilan davlat
tomonidan ko‘rsatiladigan pul yoki natura yordami harakati to‘g‘risidagi axborotni
umumlashtirish uchun tayinlangan.
Davlat yordami turli shaklda va turli shartlar bilan berilishi mumkin. Davlat
subsidiyalarining hisobi milliy standartga asosan yuritiladi.
43
Ushbu standart
bo‘yicha hisob yuritish qoidalari quyidagi hollarda amal qilmaydi: narxlarning
o‘zgarishiga tegishli hukumat subsidiyalarini hisobga olish; hukumat tomonidan
korxonaga foydadan ajratma solig‘i bo‘yicha berilgan yangilliklar yoki foydadan
43
O‘zR Adliya Vazirligi tomonidan 562-raqam bilan ro‘yxatga olingan 10-sonli «Davlat subsidiyalarini hisobga
olish va davlat yordamini yoritilishi» BHMS ga 1998 yil 3 dekabr
287
ajratma solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish; korxonani tasarruf etishda davlatning
qatnashishi va boshqalar.
Davlat subsidiyalari - bu kompaniya tomonidan o‘tgan davrda yoki kelajakda
uning operatsion faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum shartlarni bajargani yoki
bajarishi evaziga resurslarni o‘tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli
ravishda baholab bo‘lmaydigan, shuningdek kompaniyaning odatdagi savdo
muomalalaridan ajratib bo‘lmaydigan hukumat bilan olib boriladigan operatsiyalar
davlat subsidiyalariga kiritilmaydi.
Aktivga o‘tkaziladigan subsidiyalarning asosiy sharti shuki, kompaniya
tomonidan uzoq muddatli aktivlar sotib olinishi yoki qurilishi lozim. Bu shartda
qanday aktivlar sotib olinishi, ularning joylashadigan joyi yoki ularning sotib olish
yoki tasarruf etish muddati ko‘rsatiladi. Daromadga o‘tkaziladigan subsidiyalar -
bular aktivlarga o‘tkazilmaydigan davlat subsidiyalaridir. SHartli qaytarilmaydigan
qarzlar - bular shunday qarzlarki, oldindan ko‘rsatilgan ma’lum shartlar
bajarilgandan so‘ng kreditor o‘z qarzini qaytarib olmaydi.
Davlat subsidiyalari, jumladan, narxdagi pulsiz subsidiyalar, kompaniyaga
qo‘yilgan shartlarga mos kelmaguncha va subsidiyalar olinmaguncha, tan
olinmaydi.
Subsidiyalarni olish tartibi ularni hisobga olish tartibiga ta’sir qilmaydi.
Demak, sub’sidiyalar pul shaklida olinadimi yoki davlat oldidagi majburiyatni
kamaytirish shaklida olinadimi, bir xilda hisobga olinadi.
Subsidiyalar hisobidan qilingan xarajatlar qaysi davrga to‘g‘ri kelsa davlat
subsidiyalari o‘sha davrning daromadi deb tan olinadi. Ular bevosita kapital
schyotiga kreditlanmaydi.
Amortizatsiyalanuvchi aktivlarga tegishli subsidiyalar odatda mazkur
obektlarga amortizatsiya hisoblash davri ichida hisoblangan amortizatsiya
miqdorida daromad deb tan olinadi.
Amortizatsiyalanmaydigan
aktivlarga
tegishli
subsidiyalar
ma’lum
majburiyatlarni bajarishni talab qilishi mumkin va shu majburiyatlarni bajarish
bo‘yicha xarajatlar sodir bo‘lgan davr ichida daromadga o‘tkaziladi. Masalan, er
288
uchastkasini ajratib berish tarzidagi subsidiya unda bino qurish sharti bilan
cheklangan bo‘lishi mumkin. Bunday holda subsidiya binoning xizmat muddati
ichida daromad sifatida tan olinishi mumkin.
Sodir bo‘lgan xarajatlar yoki zararlarni qoplash, yoki kelajakda hech qanday
xarajatlar qilmaslik sharti bilan kompaniyaga zudlik bilan ko‘rsatiladigan
moliyaviy yordam tarzida berilgan davlat subsidiyasi olingan davrda daromad deb
tan olinadi.
Aktivlarga tegishli subsidiyalar, jumladan adolatli qiymati bo‘yicha pulsiz
subsidiyalar ham, balansda yoki kelgusi davr daromadi tarzida yoki aktivning
balans qiymatini topish uchun uni ayirib tashlab ko‘rsatiladi.
Subsidiyalar ajratilgan hollarda xabarnomaga asosan ajratilgan subsidiyalar
summasiga korxonada quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 4890-«Boshqa
debitorlarning qarzlari», Kt 8820-«Subsidiyalar» schyoti.
Subsidiyalar bo‘yicha mablag‘lar o‘tkazib berilganda pul mablag‘larini
hisobga oladigan (5110-5530) va boshqa schyotlar debetlanib, 4890-«Boshqa
debitorlarning qarzlari» schyoti kreditlanadi.
Tegishli tarkibiy tuzilmalar qaroriga binoan ajratilgan grant va subsidiyalar
zaxira kapitaliga o‘tkazilganda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 8810 «Grantlar»,
8820 «Subsidiyalar», Kt 8520 «Zaxira kapitali» schyoti.
8830 «A’zolik badallari» schyotida ta’sis hujjatlari bilan belgilangan jamiyat
a’zolarining a’zolik badallari summasi aks ettiriladi. A’zolik badallarining tushumi
quyidagi provodka bilan rasmiylashtiriladi: Dt “Pul mablag‘larini hisobga oladigan
schyotlar”, Kt 8830 «A’zolik badallari» schyoti.
8840 «Maqsadli foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari» schyotida
maqsadli vazifalarni bajarish bo‘yicha soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo‘lgan
summalar aks ettiriladi.
8890 «Boshqa maqsadli tushumlar» schyotida, xususan, farzandlari
maktabgacha yoshdagi bolalar muassasanarida tarbiyalangani uchun ota-onalardan
tushadigan pul mablag‘lari, boshqa shaxs va tashkilotlarning bolalar
muassasalarini saqlash uchun o‘tkazib bergan mablag‘lari. SHuningdek
289
konservatsiya qilingan obektlarni saqlash xarajatlarini qoplash bo‘yicha maxsus
moliyalashdir.
Maqsadli tushumlar schyotlari (8800) bo‘yicha analitik hisob maqsadli
mablag‘larning yo‘nalishi va moliyalash manbalari bo‘yicha yuritiladi.
Bu schyotlar bo‘yicha sodir bo‘lgan muomalalarning sintetik va analitik
hisobi 12-jurnal-orderda olib boriladi. Bu jurnal-orderga yozish uchun asos bo‘lib
buxgalteriyaning ma’lumotnomasi, bankning hisob-kitob schyotidan bergan
ko‘chirmasi, kassirning hisoboti va boshqalar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |