276
11-
Mavzu. KAPITAL, FONDLAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR
HISOBI
Reja:
11.1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish
11.2. Qo‘shilgan va zaxira kapitallarini hisobga olish
11.3. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobni yuritish
11.4. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish
11.5. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda
(zarar)larni hisobga olish
11.6. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar, moliyaviy
faoliyatdan olinadigan foyda (zarar), favqulodda foyda va zararlarni hisobga
olish
11.7. Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan
foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olish
11.1. Ustav kapitalining shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o‘z moliyaviy resurslarini
mustaqil shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarinining asosiy
manbalari bo‘lib foyda, amortizatsiya ajratmalari, qimmatli qog‘ozlarni sotishdan
olingan mablag‘lar, aksionerlar yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa
badallari, shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa tushumlar
hisoblanadi.
Korxonaning o‘z mablag‘larini shakllantirish asosiy manbai bo‘lib, uning
mulkdorlari tomonidan korxonaga qo‘yilgan mablag‘lar majmui bo‘lgan ustav
kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta’sis
hujjatlari bilan amalga oshiriladi. CHunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi
korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun
davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larni aks ettiradi.
Aksioner jamiyati deb maxsus nom bilan ta’sis etiladigan, ma’lum miqdorda
teng qismlarga bo‘lingan (aksiyalar) asosiy (ustav) kapitaliga ega bo‘lgan, va
277
majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zining mulki bilan javob beradigan yuridik shaxslar
tushuniladi. Bu ta’sischilarning tenglik prinsipiga asoslangan ixtiyoriy
birlashmadir. Asosiy sharti – faoliyatiga o‘z kapitalini qo‘yish, ya’ni aksioner
jamiyati – bu kapitalning birlashishi demakdir. Aksioner jamiyatining faoliyati
ustav bilan belgilanadi. Aksioner jamiyatining majburiyatlari bo‘yicha aksionerlar
mulklari bilan to‘la mas’uliyatli emas, ularning mas’uliyatlari faqat ustav
kapitaliga qo‘yilma bilan cheklanadi.
Aksioner jamiyatining ustav kapitalini hajmi uning ustavida ko‘rsatiladi va
uning o‘zgarishi ustavini o‘zgarishi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ustav kapitali miqdorini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror, agar korxonaning ustav
kapitalini yangi miqdori ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lsa, umumiy majlis qabul
qilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
Jamiyat ta’sis etilgan paytdagi ustav kapitali bir xilda nominal qiymatga ega
bo‘lgan oldindan belgilangan miqdordagi bir qancha oddiy aksiyalardan iborat
bo‘lishi kerak. Aksioner jamiyatlari faqat nomi ko‘rsatilgan aksiyalar chiqaradi va
ular albatta tegishli reestrlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak. Aksiyalarni to‘lash
mulklar, inshootlar, nomoddiy aktivlar va boshqa moddiy qimmatliklarni,
so‘mdagi va xorijiy valyuta dagi pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan bo‘lishi
mumkin.
Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi
schyotlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib quyidagi: 8310 «Oddiy
aksiyalar»; 8320 «Imtiyozli aksiyalar»» 8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga
bo‘linadi.
YUqorida keltirilgan schyotlar davlat korxonalari, birlashmalari va
tashkilotlarining ustav fondini va aksioner jamiyatlari va shirkatlarning ustav
kapitalini hisobga olish uchun tayinlagan. Bu schyotlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan
miqdor doirasidagi haqiqiy ustav kapitali yoki to‘langan aksiyalarni nominal
qiymati aks ettiriladi. Ustav kapitalining miqdori ustavda ro‘yxatdan o‘tkazilgan
summadan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Ta’sischilarga qaytarilgan ulushi ustav
kapitalni kamaytirmaydi, balki aksioner jamiyati tomonidan o‘z aksiyalarini sotib
278
olingandek rasmiylashtirilib 8610 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy» va
8620 «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli» schyotlarning Debetida aks
ettiriladi.
Bu schyotlarning Debet aylanmasi ustav kapitalini kamayishini, kredit oboroti
esa qonunchilikka binoan turli sabablarga ko‘ra ustav kapitalini ko‘payishini
ko‘rsatadi. 8310, 8320 va 8330 – schyotlarda aks ettiriladigan muomalalarning
hisobi 12 – jurnal – orderda yuritiladi.
Aksioner jamiyat ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav
kapitali summasiga jamiyat oldida aksionerlarning qarzi vujudga keladi.
Ta’sischilar bilan olib boriladigan hisob – kitoblarning hisobi 4610 «Ustav
kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi» schyotida olib boriladi.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan ustav kapitali summasiga 4610 schyoti Debetlanib,
8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» va 8330 «Pay va ulushlar»
schyotlari kreditlanadi.
4610- schyoti aktiv bo‘lib, Debet saldosi oy boshiga qolgan ta’sischilarning
qarzlarini ko‘rsatadi. Debet oboroti hisobot oyida vujudga kelgan ta’sischilarning
qarzlarini aks ettirsa, kredit obroti debitor qarzlarni kamayishini, ya’ni ta’sischilar
tomonidan o‘tkazib berilgan pul mablag‘lari, moddiy qimmatliklar va mulklar
qiymatini ko‘rsatadi.
Jamiyatning aksionerlari maxsus reestrda ro‘yxatga olinadi. Qo‘yilmalar
bo‘yicha aksionerlar bilan olib boriladigan hisob – kitobning analitik hisobi
aksionerlarning har biri bo‘yicha kartochkalarda yoki qaydnomalarda ustav
kapitaliga qo‘yilmalar bo‘yicha qarzlari, qarzlarni qaytarish muddati, qarzni
qaytarish hisobiga topshirilgan aktivlar summasi ko‘rsatilgan holda yuritiladi.
Sotib olingan aksiyalar summasini ta’sischilar asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar,
so‘mda va xorijiy valyuta pul mablag‘lari va boshqa moddiy qimmatliklari bilan
to‘lashlari mumkin.
Analitik hisob yuritish uchun asos bo‘lib ta’sis hujjatlari, asosiy vositalar va
nomoddiy aktivlarni qabul qilish – topshirish dalolatnomalari, kirim kassa orderlari
va boshqalar hisoblanadi.
279
Aksioner jamiyatlarining xo‘jalik faoliyati amaldagi qonunchilik asosida olib
borilsa, ularning ishlab chiqarish xarajatlari va moliya – xo‘jalik faoliyatining
hisobi Nizomga asosan yuritiladi.
40
CHunonchi, jamiyat tomonidan olingan balans
foydaga hisobot davrida sotilgan mahsulot tannarxiga yoki davr xarajatlariga yoki
foydani kamaytirishga kiritilgan xarajatlar qo‘shiladi. Natijada soliqqa tortiladigan
baza aniqlanib, undan foyda (daromad) dan ajratma solig‘i summasi hisoblanadi.
Foydaning qolgan summasi sof foyda hisoblanib, u aksionerlar majlisining
qaroriga binoan taqsimlanadi. Mehnat jamoasining tasarrufida, qolgan sof foyda,
odatda, ikki maqsadga foydalaniladi: dividend to‘lashga va ishlab chiqarishni
kengaytirish ham ijtimoiy ehtiyojlar uchun. Dividend har chorakda yoki bir yilda
bir marta to‘lanishi mumkin. Oraliq dividend direktorlar kengashi tomonidan elon
qilinib qat’iy belgilangan miqdorda bo‘ladi. Yillik dividendlar miqdori
aksionerlarning umumiy majlisi tomonidan yillik ish natijasi bo‘yicha belgilanadi.
Yillik dividendlarga oraliq hisoblangan dividendlar qo‘shilmaydi. Dividendlar
hisoblash va to‘lash amaldagi Nizomga asosan rasmiylashtiriladi.
41
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha oldindan belgilangan dividend ularni muomalaga
chiqargan paytda ko‘rsatiladi. Bunday aksiyalar bo‘yicha dividendlar olingan
foyda miqdoridan qat’iy nazar birinchi navbatda hisoblanadi va to‘lanadi. Basharti
imtiyozli aksiyalar bo‘yicha hisoblangan dividendlarni to‘lash uchun olingan foyda
etarli bo‘lmasa, maxsus tashkil etilgan zaxira kapitali yoki boshqa manbalardan
foydalaniladi.
Muomalaga
chiqarilmagan
aksiyalar
bo‘yicha dividend
hisoblanmaydi. Agar jamiyatning ustavida nazarda tutilgan bo‘lsa, dividendlar
aksiyalar, obligatsiyalar, tovarlar bilan to‘lanishi mumkin. Jamiyat soliqni hisobga
olmagan holda dividend elon qiladi. Dividend faqat qo‘shilgan ulushga yoki sotib
olingan aksiyalar uchun to‘langan summaga mutanosib ravishda beriladi. Dividend
tarzida olingan daromaddan soliq dividendlarni to‘lash manbaida, ya’ni aksioner
jamiyatida ushlab qolinadi.
40
O‘zR Vazirlar Mahkamasining 54- sonli qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish
va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 1999 yil 5 fevral.
(2003 yil 15 oktyabrdagi kiritilgan o‘zgarishlar), (2017yil yangi tahrirdagisi)
41
O‘zR Moliya Vazirligi va Davlat mulk qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan «Aksionerlar jamiyatlari tomonidan
dividendlar hisoblash, to‘lash va foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom. 1999 yil 26 noyabr
280
Aksionerlar bilan daromadlar bo‘yicha olib boriladigan hisob 6610
«To‘lanadigan dividendlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib, uning
kredit qoldig‘i AJ ning aksionerlar oldidagi qarzini ko‘rsatadi, Debet oboroti
ushlangan soliq va to‘langan dividendlar summasini aks ettiradi. Aksioner
jamiyatida ishlayotgan xodimlarga dividendlar hisoblansa, 6710-«Mehnat haqi
bo‘yicha xodimlar bilan xisoblashishlar» schyotidan foydalaniladi.
Dividendlar aksionerlarning umumiy majlisi protokoli va qaroriga binoan
ham ushlangan soliqlar to‘g‘risidagi buxgalteriyaning ma’lumoti bo‘yicha
hisoblanadi. Dividendlarni naqd pul va naqd pulsiz to‘lanishi kassa chiqim orderi
va to‘lov topshirig‘i bilan rasmiylashtiriladi.
YUridik va jismoniy shaxslarga to‘lanadigan dividend va foizlar O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan stavkalarda to‘lash
manbaida soliqqa tortiladi.
42
Aksioner jamiyatidan chiqib ketayotgan ta’sischilar bilan olib boriladigan
hisob – kitoblar hisobi 6620-«CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha
qarz» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‘lib kreditida chiqib ketayotgan
ta’sischilarga to‘lanadigan summa aks ettirilsa, debetida ularga to‘langan summa
ko‘rsatiladi.
CHiqib ketayotgan ta’sischilardan aksiyalar sotib olinsa, 8610-«Sotib olingan
xususiy aksiyalar – oddiy» yoki 8620-«Sotib olingan xususiy aksiyalar –
imtiyozli» schyotlari debetlanib 6620-«CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari
bo‘yicha qarz» schyoti kreditlanadi.
Sotib olingan aksiyalar bo‘yicha puli to‘langanda 6620-schyot debetlanib
5010, 5110-schyotlari kreditlanadi. 6610 «To‘lanadigan dividendlar» va 6620
«CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo‘yicha qarz» schyotlari bo‘yicha
analitik hisob har bir aksioner bo‘yicha 7-qaydnomada yuritiladi. Sintetik hisob esa
8-jurnal – orderda aks ettiriladi.
42
O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 29 va 56 bandlari
281
11.1- jadval
«Ta’sischilarga bo‘lgan qarzni hisobga (6600) oluvchi schyotlar» bo‘yicha
schyotlar korrespondensiyasi
№ Xo‘jalik
muomalalarining
mazmuni
Schyotlar
korrespondensiyasi
YOzuvni tasdiqlovchi
hujjatlar
Debet
Kredit
1
Aksionerlarga
dividendlar hisoblandi
8710
6610
Majlis bayonnomasidan
ko‘chirma, dividendlar
hisobi
2
Hisoblangan
dividendlarni to‘lash
6610
5010, 5110 Kassa hisoboti bankning
ko‘chirmasi
3
CHiqib ketayotgan
ta’sischilarga ularning
ulushlari bo‘yicha qarzlar
hisoblandi
8610,
8620
6620
Majlisning
bayonnomasidan
ko‘chirma, rahbarning
bo‘yrug‘i
4
CHiqib ketayotgan
ta’sischilarga ularning
ulushlari bo‘yicha
qarzlarni to‘lanishi
6620
5010, 5110 Kassa hisoboti,
bankning ko‘chirmasi
5
Aksionerlardan daromad
solig‘i ushlandi
6610,
6620
6410
Buxgalteriya hisob-
kitobi
Dostları ilə paylaş: |