10.3. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar va ularni sotishning sintetik xamda
analitik hisobi
Mahsulotlarni bir meyorda ishlab chiqarish xaridorlarga mahsulot jo‘natish
shartnoma majburiyatlarini, mahsulotni o‘z vaqtida sotish, barcha hisob – kitob va
to‘lovlarni bajarilishini ta’minlaydi. SHuning uchun ishlab chiqarilgan tayyor
mahsulotlar hisobi korxona buxgalteriyasining uzluksiz nazorati ostida turadi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hujjatlari har kuni buxgalteriyaga tushadi va bu
erda ularning turlari bo‘yicha miqdor natura hisobi yuritiladi. Oy tugagandan so‘ng
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami reja, sotish narxi bo‘yicha va haqiqiy
tannarxi bo‘yicha baholanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi
bilan reja tannarxini taqqoslab tejalganmi yoki ortiqcha xarajat qilinganmi, shunga
qarab korxonaning ishlab chiqarish jarayonidagi ish natijasiga baho beriladi. SHu
erning o‘zida mahsulotlar jo‘natish (sotish, shartnoma) narxida ham baholanadi, bu
esa mahsulotlar sotilgandan so‘ng olinishi mumkin bo‘lgan tushum va foydani
aniqlash imkonini beradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi 10/1 jurnal – orderining
2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotini Debeti va 2010- «Asosiy ishlab
chiqarish» schyotini krediti bo‘yicha aks ettiriladi. 2810- «Ombordagi tayyor
mahsulotlar» schyoti aktiv inventar schyoti bo‘lib, uning saldosi korxonaning
ombordagi mahsulotlar qoldig‘ining haqiqiy tannarxini ko‘rsatadi; Debet oboroti –
264
asosiy ishlab chiqarishdan qabul qilingan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini,
shuningdek mol oluvchilar tomonidan qaytarilgan mahsulotlar qiymatini, kredit
oboroti hisobot oyida yuklab jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxini
ko‘rsatadi.
Tayyor mahsulotlar harakatini pul ko‘rsatkichdagi hisobi 16-«Tayyor
buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasida yuritiladi.
16- «Tayyor buyumlar harakatining puldagi ifodasi» qaydnomasining I
bo‘limidan 2810 schyotning to‘liq ma’lumotlari ta’rifini ikki bahoda – haqiqiy va
hisob bahoda olinadi. Bu oy oxiriga bo‘lgan tayyor mahsulotlarning umumiy
hajmidagi haqiqiy xarajatlar salmog‘ini (oy boshiga qoldiq plyus mahsulotning
kirimini ularning hisob bahosiga nisbati) topish uchun zarur. Agar shu foiz 100 ga
teng bo‘lsa, demak, haqiqiy xarajatlar rejaga teng ekanligi; agar foizi 100 dan kam
bo‘lsa, korxona mahsulot tannarxining pasayganligini, natijada ushbu mahsulotni
sotishdan u rejadan ortiq foyda olganligini; agar shu foiz 100 dan ortiq bo‘lsa,
korxona kalkulatsiya moddalari bo‘yicha meyorga nisbatan ortiqcha xarajatlarga
yo‘l qo‘yganligini va bu o‘z navbatida, foydani kamaytirganligini ko‘rsatadi.
SHu jami mahsulotlarning haqiqiy tannarxini ularning hisob (reja) tannarxiga
bo‘lgan foiz nisbati buxgalteriya tomonidan hisobot oyida yuklab jo‘natilgan,
xaridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxiriga qolgan mahsulotlarning haqiqiy
tannarxini hisoblash uchun foydalaniladi.
Oy oxiriga qolgan mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlashning zaruriyati
shundaki, uni bosh daftar bilan taqqoslash mumkin, omborlardagi qoldiqlarni
hisobga olish daftari bilan esa hisob bahosidagi qoldiq taqqoslanadi.
Tayyor mahsulotlarning ombordagi hisobi operativ – buxgalteriya usulida
yuritiladi ya’ni mahsulotlarning har bir nomenklatura raqamiga materiallarning
ombor kartochka hisobi (17-M shakli) ochiladi. Tayyor mahsulotlarning kirimi va
chiqimiga qarab omborchi hujjatlarga asosan kartochkalarga qiymatliklar
miqdorini (kirim, chiqim) yozib qo‘yadi hamda har bir yozuvdan keyin qoldig‘i
chiqariladi.
265
O‘tgan sutka ichida omborda yig‘ilib qolgan hujjatlar (qabul qilish –
topshirish nakladnoylari, buyruq- nakladnoylar, tovar- transport nakladnoylari)ni
buxgalter har kuni qabul qilib boradi. Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilishi
buxgalterning ombor hisobi kartochkasiga qo‘yilgan imzosi bilan tasdiqlanadi.
Moddiy – javobgar shaxs ombor hisobi kartochkalariga asosan har oyda
tayyor mahsulotlar nomenklaturalari, o‘lchov birligi, miqdorini ko‘rsatib tayyor
mahsulotlar qoldig‘ini hisobga olish qaydnomasini to‘ldiradi va uni buxgalteriyaga
topshiradi. Buxgalteriyada hisob bahosi bo‘yicha taksirovka qilinadi va
buxgalteriya ma’lumotlari (16- qaydnomaning I- bo‘limi) bilan solishtiriladi.
YUklab jo‘natilgan mahsulotlar (bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmat) lar –
mahsulot hamda xizmatlar uchun to‘lov hujjatlari, mol yuboruvchilar tomonidan
bankka topshirilgan, lekin xaridorlar tomonidan to‘lanmagan summani anglatadi.
Oy oxirida yuklab jo‘natilgan, lekin to‘lov hujjatlari bankka topshirilmagan
mahsulotlar balansda ombordagi tayyor mahsulotlar bilan birga aks ettiriladi va
korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibida ko‘rsatiladi.
Tayyor mahsulotlar harakatining sintetik hisobi 2810 «Ombordagi tayyor
mahsulotlar» schyotida yuritilib, u mavjud tayyor mahsulotlar va ularning harakati
to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotning debetida
omborga tushgan mahsulotlar, kreditida esa ombordan jo‘natilgan mahsulotlar aks
ettiriladi.
Agar mahsulotlar harakatining joriy hisobi reja tannarxida yuritilsa, 2810-
schyotning Debetida ikkita ko‘rsatkich reja tannarxi va reja tannarxidan farq
summasi hisobga olinadi. Agar joriy hisobda korxonaning ulgurji baholari
qo‘llanilsa, 2810 schyotning debetida quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘ladi: ishlab
chiqarilgan mahsulot qiymatining korxona ulgurji bahosi va ulgurji baho qiymati
bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farqi.
Mahsulot (ish va xizmat) larni sotish hisobi 9010 -«Tayyor mahsulotlarni
sotishdan daromadlar», 9020 -«Tovarlarni sotishdan daromadlar» va 9030- «Ishlar
bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar» schyotlarida yuritiladi. Ushbu
schyotlar tranzit bo‘lib, passiv schyotlarga mansubdir. Bu schyotlar tayyor
266
mahsulotlar tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotish jarayoni
to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotlarning kredit
qoldiqlari moliyaviy natijani aniqlash maqsadida har oyning oxirida 9910 -
«YAkuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkazilib boriladi.
1998 yilning 1 yanvaridan boshlab mahsulotlar yuklab jo‘natgan, xizmatlar
ko‘rsatilgan, ishlar bajarilgan sana hisoblash usuliga ko‘ra sotilgan vaqt
hisoblanadi
Hisoblash usulida mol oluvchilarga mahsulot yuklab jo‘natilganda, sotilgan
mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi
amalga oshiriladi: Dt 9110 -«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» schyoti, Kt
2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti.
YUklab jo‘natilgan mahsulotning shartnoma (sotish) qiymatiga, Dt 4010
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti, Kt 9010 «Tayyor
mahsulotlarni sotishdan daromadlar» schyoti kabi yozuv amalga oshiriladi..
YUklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16- qaydnomaning II-
bo‘limida yuritiladi. Bu qaydnomaning ikkinchi bo‘limida jo‘natilgan, sotilgan
mahsulotlar, moddiy qiymatliklar, xizmatlar va xaridorlar bilan hisoblashishlarning
analitik va sintetik hisobi o‘z ifodasini topgan. Jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar
analitik hisobi ularning natural ko‘rinishdagi turlari bo‘yicha yoki to‘lov hujjatlari
bo‘yicha ikki bahoda – haqiqiy tannarxda va sotish narxida tashkil etiladi.
SHuni ham aytish kerakki, oy boshiga va oy oxiriga to‘lanmay qolgan,
hisobot oyida jo‘natilgan, xaridorlar tomonidan qaytarilgan va sotilgan
mahsulotlarning umumiy miqdori ham hisobga olinadi. Qaydnomaning II-
bo‘limini to‘ldirish uchun oldingi oyning qaydnomasi (to‘lanmagan mahsulotning
oy boshiga qoldig‘i), to‘lov hujjatlari, hisobot oyida jo‘natilgan mahsulotlarga
buyruq – nakladnoylari, shuningdek, korxonaning hisob – kitob schyotidan olingan
bankning ko‘chirmalari asos bo‘lib hisoblanadi. Mol oluvchi hisobidan chek bilan
to‘langan temir yo‘l tarifi qaydnomada alohida ko‘rsatiladi, chunki u mahsulot
sotish hajmiga kiritilmaydi.
267
Qaydnomaning II- bo‘limida quyidagi ma’lumotlar o‘z ifodasini topadi: oy
davomida ombordan yuklab jo‘natilgan mahsulotlarning assortimenti va qiymati
bo‘yicha miqdori; transport xarajatlari summasi; QQS summasi; schyot – to‘lov
hujjatlari bo‘yicha olishga tegishli summa; xaridorlar bilan hisob – kitoblar holati;
mahsulot uchun hisobot oyida tushgan summalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va
transport xarajatlarining qoplanishi va boshqa ma’lumotlar. Qaydnomaning
ko‘rsatkichlari katta operativ ahamiyatga ega, chunki har kuni yuklab jo‘natilgan,
sotilgan mahsulotlar hajmi to‘g‘risida ma’lumotlar qayd etilgan bo‘ladi. Bundan
tashqari, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi ham nazorat qilinadi.
16- qaydnomaning III- bo‘limida to‘langan, hisobdan chiqarilgan,
to‘lanmagan va hisobdan chiqarilmagan summalar to‘g‘risidagi yig‘ma
ma’lumotlar aks ettiriladi.
III-bo‘lim. To‘langan, hisobdan chiqarilgan, to‘lanmagan va hisobdan
chiqarilmagan summalar bo‘yicha yig‘ma ma’lumotlar.
A. Korrespondentlanuvchi schyotlar bo‘yicha to‘lanishi va hisobdan
chiqarilishi, so‘m
Debet-
lanuvchi
schyot
Kreditlanuvchi va Debetlanuvchi
schyotlar
Jami
joriy oy uchun
qaydnoma
bo‘yicha
o‘tgan
oy
uchun
qaydnoma
bo‘yicha
5110 -
4010 -
2810-schyotning
kreditidan
(mahsulot sotish bo‘yicha oborot
shaklida aks ettirilmagan summa)
quyidagi schyotlarning Debetiga:
«Hisob-kitob schyoti»
9010-schyotning
kreditidan
quyidagi schyotlarning Debetiga:
«Xaridorlar va buyurtmachilar
bilan hisob-kitoblar»
9600
726272
Jami
735872
B. Mahsulotni qaytarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan taqdim etilgan summalarni
kamaytirish tartibidagi hisobdan chiqarishlar.
268
V. Hisob guruhlari bo‘yicha to‘lanmagan va hisobdan chiqarilmaganlar, so‘m
Hisob guruhlari
Tayyor
mahsulot uchun
Transport
xarajatlari
To‘lanmadi:
Joriy oy uchun qaydnoma bo‘yicha
110600
1380
Oldingi oy uchun qaydnoma bo‘yicha
SHu jumladan:
Mahsulot xaridorning mas’uliyatli saqlashida
qolganligi uchun hisobdan chiqarilmadi:
Joriy oy uchun qaydnoma bo‘yicha
Oldingi oy uchun qaydnoma bo‘yicha
Joriy oy uchun 3 – jadval bo‘yicha jami 847852
Qaydnomaning III- bo‘limi taqdim etilgan schyotlar bo‘yicha umumiy
summasini ko‘rsatib oy oxirida to‘ldiriladi va u uch qismdan iboratdir:
A. To‘lanishi va hisobdan chiqarilishi;
B. Mahsulot qaytarilganligi uchun hisobdan chiqarilishi;
V. To‘lanmagan, hisobdan chiqarilmagan.
Bu bo‘lim 2810 va 9010 schyotlarning kredit oborotlarini 2-jurnal -orderida
to‘liq aks ettirilganligi va 2810 schyot bo‘yicha keyingi oyga qolgan qoldiqni
to‘g‘ri hisoblab chiqilganini nazorati uchun xizmat qiladi.
Mahsulot sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik operatsiyalarining majmui
sotish jarayoni deyiladi. Mahsulot sotish jarayonini rejalashtirish korxonani
buyurtma bilan ta’minlashdan boshlanadi. Unga binoan ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etish asosi bo‘lgan nomenklatura bo‘yicha reja tuziladi. Buyurtmalarda
mahsulotlarning assortimenti, yuklab jo‘natish muddati, miqdori va sifati, narxi,
hisoblashish shakllari ko‘rsatilgan bo‘lib buyurtmachi va mol yuboruvchilar bilan
kelishib olinadi.
Mahsulot uchun pul xaridorlardan hisob – kitob schyotiga kelib tushgan
sanada sotildi deb hisoblanadi (kassa usuli) yoki yuklab jo‘natilgan, topshirilgan
mahsulotlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar uchun hujjatlar bankka topshirilgan sanada
sotildi deb hisoblanadi (hisoblash usuli). Ikkala usulda ham sotilgan mahsulot (ish,
269
xizmatlar) 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar», 9020 «Tovarlarni
sotishdan daromadlar», 9030 «Ishlar bajarilgan va xizmatlar ko‘rsatishdan
daromadlar» schyotlarida hisobga olinadi. Sotilgan tovarlarni qaytarilishi va
xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar 9040 «Sotilgan tovarlarning
qaytishi» va 9050 «Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» -
schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlarning xususiyatlari shundan iboratki,
ularning debeti va kreditida bir hajmda (miqdorda)gi sotilgan mahsulot (ish,
xizmat)lar bir xil summada aks ettiriladi.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida 4010 «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti bilan korrespondentlashgan holda
mahsulot (ish va xizmat)lar sotishdan tushadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu
schyotlarda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat)lar bo‘yicha
hisoblangan aksiz solig‘i va QQS summalari aks ettirilmaydi, balki quyidagi
provodka bilan 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
schyotida aks ettiriladi:
D-t 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» jo‘natilgan
mahsulotlar uchun, aksiz solig‘i va QQS summasi qo‘shilgan holda, xaridorlardan
olinadigan jami summaga.
K-t 6410 «Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» hisoblangan
aksiz solig‘i va QQS summasiga.
K-t 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» mahsulot sotishdan
tushadigan sof tushumga.
9010, 9020 va 9030 schyotlarning kreditida aks ettirilgan summa oy oxirida
9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti bilan korrespondentlangan holda
yopiladi.
Hisoblash usulida, ya’ni mahsulotni topshirish (yuklab jo‘natish), ish va
xizmatlarni bajarish fakti sotildi deb hisoblanganda 4010 «Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti qo‘llaniladi. Bu schyot aktiv
bo‘lib, uning saldosi buyurtmachiga topshirilgan mahsulotlar, ishlar, xizmatlarning
to‘lanmagan sotish qiymatini ko‘rsatadi; Debet oboroti hisobot oyida topshirilgan
270
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa
hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi. Quyida
mahsulot sotish operatsiyalarini schyotlarda aks ettirish sxemasi keltiriladi.
«Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi schyotlar»
korrespondensiyasi (9000)
D-t
K-t
Korrespondentlanuvchi schyotlar
Schyotlarning krediti
Schyotlarning Debeti
4010,
4110-
4010,
4110-
9910-
Kreditga
sotilgan
tovarlarning
qaytarilishi
(Debet
9040)
Sotilishidan
va
narxidan
berilgan
chegirmalar
(Debet 9050)
Oy oxirida sotishdan
olingan sof tushumning
hisobdan chiqarilishi
YUklab
jo‘natilgan
mahsulot,
bajarilgan ish va xizmatlar uchun
to‘lanadigan summa
Mahsulot, ish va xizmatlar naqd
pulga sotilganda
Qisqa va uzoq muddatli investitsiya
tarzida
boshqa
tashkilotlarga
o‘tkazib
berilgan
mahsulotlar
summasiga
O‘z
kapital
qurilishi
uchun
ko‘rsatilgan xizmatlar summasiga
Ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun
sarflangan mahsulot va ko‘rsatilgan
xizmatlar summasiga
Mehnat haqi yuzasidan xodimlarga
berilgan mahsulot va xizmatlar
summasiga
Mahsulot
bilan
to‘langan
dividendlar summasiga
Hisobot davri oxirida 9040 va 9050
– schyotlarining yopilishi
-
4010,
4110
-
5010,
5020
-
5810,
0610
-
0890
-0810
-
0890,
2320,
2510, 9410
- 9450
-
6710
-
6610
-
9900
YUklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha sintetik
hisobi 11- jurnal–orderida yuritiladi. Bu jurnal- order 2810, 9410, 9010, 9020,
9030, 9210, 9220, 4010 - schyotlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030 -
schyotlarining analitik ma’lumotlarini yozish uchun tayinlangan. 11 - jurnal–order
271
15 va 16 - qaydnomalarning analitik ma’lumotlariga asosan to‘ldiriladi. Quyida
11- jurnal–orderining shakli keltiriladi.
11 – jurnal-order
So‘m hisobida
Schyotlar krediti
Schyotlar debeti
2810 9410 9010
9020
6410
Jami
2810 «YUklangan tovarlar»
432800
432800
4010
«Xaridorlar
va
buyurtmachilardan
olinadigan
schyotlar»
2832 440108
442940
5010 «Milliy valyutadagi pul
mablag‘lari»
9600 565300 160972 735872
Jami
432800 2832 449708 565300 160972 161612
YUklab jo‘natilgan mahsulotlar hajmidagi yil boshidan jamlanuvchi
oborotlari haqiqiy tannarxni taqdim etilgan schyotlar summasiga bo‘lgan foiz
nisbatini hisoblash uchun foydalaniladi. Bu nisbat 100% dan kam bo‘lishi kerak,
chunki u korxonaning mahsulot sotishdan tushgan tushumidagi haqiqiy xarajatlar
ulushini ko‘rsatadi. Qolgan qismi foyda ulushini ko‘rsatadi. Koxona bo‘yicha foiz
nisbati 82,0 (2520000 x 100 : 3068000).
Demak, sotishdan tushgan tushumning qariyb 18% ini foyda tashkil etadi.
Ushbu ko‘rsatkich nafaqat reja bajarilishini tahlil qilishda, balki oy oxiriga qolgan
yuklab jo‘natilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqiqiy tannarxini
hisoblashda katta ahamiyatga ega. Buning uchun barcha schyotlar bo‘yicha oy
oxiriga to‘lanmagan sotish qiymatidagi summani foiz nisbatiga ko‘paytiriladi.
Koxonada haqiqiy tannarx bo‘yicha qoldiq 90692 so‘mga teng (110600 x 82,0 :
100).
11 - jurnal–orderning analitik ma’lumotlari bo‘yicha foyda summasiga
buxgalteriyada 15 - jurnal–orderga yozish uchun quyidagi korrespondentlanuvchi
schyotlarni ko‘rsatib ma’lumotnoma tuzadi: D-t 9010, 9020, 9030- schyotlar, K-t
9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti.
272
Xaridorga mahsulot yuklab jo‘natishdan oldin ulardan mahsulot qiymatining
eng kamida 15 % bo‘nak to‘lovlari tariqasida qabul qilinishi lozim.
38
Olingan bo‘naklarning sintetik hisobi 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan
olingan bo‘naklar» schyotida yuritiladi. Bu schyot moddiy qiymatliklarni Etkazib
berish uchun yoki bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar bo‘yicha, shuningdek
buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayyor bo‘lgan mahsulot va ishlarni
to‘lash bo‘yicha olib boriladigan hisob – kitoblar to‘g‘risidagi axborotni
umumlashtirish uchun tayinlangan.
Olingan bo‘naklar summasi, shuningdek qisman tayyor bo‘lgan ishlar va
xizmatlar uchun olingan to‘lanmalar, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar
(5010, 5110, 5210) ning Debeti va 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan
bo‘naklar» schyotining kreditida aks ettiriladi.
To‘la tayyor buyumlar, materiallar va bajarilgan ishlar uchun mol oluvchi
(buyurtmachi)larga schyotlar taqdim etilganda, ushlab qolinadigan olingan bo‘nak
summalari va qisman tayyor bo‘lgan mahsulot va ishlar bo‘yicha olingan
to‘lanmalar 6310-schyotning Debetida va 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar» schyotining kreditida aks ettiriladi. 6310 - schyot bo‘yicha
analitik hisob har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |