11.5. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda
(zarar)larni hisobga olish
Mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda va zarar hisobot
davri oxirida sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot, ishlar va
xizmatlarning haqiqiy tannarxi orasidagi farqi miqdorida aniqlanadi.
292
Tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar, olingan
daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan
chegirmalar to‘g‘risidagi axborotlar quyidagi: 9010-«Mahsulot sotishdan olingan
daromad», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ishlar
va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9040-«Sotilgan tovarlarni
qaytarish» va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar»
schyotlarda aks ettiriladi.
YUqorida keltirilgan 9010, 9020 va 9030-schyotlar tranzit schyotlar
hisoblanib, ko‘payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi. 9040 va 9050
schyotlari kontrpassiv schyot bo‘lib 9010, 9020 va 9030- schyotlar summasini
tuzatib turadi. Bu schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushum aks
ettiriladi: sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa korxonalarda ishlab chiqarilgan
tayyor mahsulot va o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot; sanoat
tusidagi ishlar va xizmatlar; sanoat tusiga ega bo‘lmagan ishlar va xizmatlar; sotib
olingan buyumlar (butlash uchun sotib olingan); qurilish montaj, loyiha-qidiruv,
geologiya-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa shunga o‘xshagan ishlar; savdo,
ta’minot korxonalarining tovarlari; transport tashkilotlarining yuk va kishilar
tashish bo‘yicha xizmatlari; engil avtomashinalarni ijaraga berish va
avtomashinalarni xaydab olib borib berish xizmatlari; transport - ekspeditsion va
yuklash - tushirish operatsiyalari; aloqa korxonalari xizmatlari.
9010, 9020 va 9030-schyotlarining kreditida 4010-«Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4110-«Alohida bo‘linmalardan
olinadigan schyotlar» schyotlarining debeti bilan korrespondentlangan holda
xo‘jalik yurituvchi subektning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar aks
ettiriladi.
Hisobot davriga tegishli bo‘lgan oldingi davrda olingan daromadlar
summasiga pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 6230-«Boshqa
muddati uzaytirilgan daromadlar» yoki 6310-«Xaridorlar va buyurtmachilardan
olingan avanslar» schyotlari kreditlanadi.
293
Sanoat korxonalarida mol yuboruvchi va buyurtmachilarga yuklab yuborilgan
mahsulot (bajarilgan ish va xizmatlar) bo‘yicha taqdim etilgan hisob hujjatlari
summasiga 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti
debetlanib, 9010, 9020 va 9030 - schyotlar kreditlanadi.
Kelgusida yuklab jo‘natiladigan mahsulot, ko‘rsatiladigan xizmat va
bajariladigan ishlar uchun oldindan olingan bo‘naklar summasi ushlab qolinganda
6230 va 6310-schyotlari debetlanib, 4010-schyoti kreditlanadi. YUborilgan
mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar uchun pul mablag‘lari tushganda pul
mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 4010-«Xaridorlar va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi.
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9910
«YAkuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi. 9010, 9020 va 9030-
schyotlarning kredit qoldiqlari hisobot davri oxirida 9910- schyotga o‘tkaziladi: Dt
9010, 9020, 9030 – schyotlar, Kt 9910 «YAkuniy moliyaviy natija» schyoti.
9040 va 9050- schyotlari sotilgan tovarlarni qaytarilishi, shartnoma
shartlariga binoan sotishdan chegirma, shuningdek sotilgan mahsulotdan brak
aniqlanishi natijasida narxidan chegirma va shu kabilarni hisobga olish uchun
belgilangan. Bu schyot kontrpassiv bo‘lib, ularning debet oborotlari sotilgan
mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) dan tushgan tushum summasidan hisobot davri
oxirida quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 9010, 9020 va 9030-schyotlar, Kt 9040
va 9050-schyotlar.
9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi»-schyotining debetida operatsiyalar
quyidagi hollarda aks ettirriladi: buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar
qiymati qaytarilganda: Dt 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi», Kt 5010, 5110,
5210- schyotlar.
Qaytarilgan tovarlar bo‘yicha debitor qarzi bekor qilinganda, Dt 9040
«Sotilgan tovarlarning qaytishi», Kt 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan
olinadigan schyotlar».
Bunda qaytarilgan tovarlar bo‘yicha oldin hisoblangan QQS va aksiz solig‘i
summasi quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha
294
qarz (turlari bo‘yicha)», Kt 5110-«Hisob - kitob schyoti» yoki 4010 «Xaridor va
buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Qaytarilgan mahsulot va tovarlarning tannarxi hisobdan chiqarilganda: Dt
2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2910 «Ombordagi tovarlar», Kt 9119-
9130-schyotlar.
SHartnoma shartlariga binoan sotishdan chegirma, shuningdek sotilgan
mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida chegirma berilsa, quyidagicha
rasmiylashtiriladi,
Dt
9050-«Xaridorlar
va
buyurtmachilarga
berilgan
chegirmalar», Kt 4010-«Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
schyoti.
Sotilgan tayyor mahsulot, tovarlar (ishr va xizmat)lar tannarxi to‘g‘risidagi
axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9110 «Sotilgan tayyor
mahsulotlarning tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi» va 9130-
«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotlari. Bu schyotlar
tranzit hisoblanib aktiv schyotlarga mansub. Ularning debeti ko‘payishini, krediti
esa kamayishini ko‘rsatadi. Bu schyotlarda hisobot davrining boshiga qoldiq
qolmaydi.
Korxonalarda mol xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish va xizmat) lar uchun
hisoblashish hujjatlarini taqdim etilishiga qarab jo‘natilgan mahsulot (ish va
xizmat)larning haqiqiy tannarxiga 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2810-
«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanib, 9110 yoki 9130-schyoti
debetlanadi.
Ayrim korxonalarda sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning haqiqiy
tannarxi faqat kalendar yilining oxirida bir marta aniqlanganligi uchun 9110 va
9130- schyotlarning debetida yil davomida sotilgan mahsulot (ish va xizmat)
larning reja tannarxi aks ettiriladi. Yil oxirida mahsulot (ish va xizmatlar)ning
haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o‘tkaziladi.
Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2820-«Ko‘rgazmadagi tayyor
mahsulotlar» - ombordagi yoki ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotga tegishli farq
295
summasiga, Dt 9110-«Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9130 «Bajarilgan ish va
ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi» - sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarga
tegishli farq summasiga, Kt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2310-
«YOrdamchi ishlab chiqarish».
Agar bu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko‘rsatsa, yuqoridagi
buxgalteriya o‘tkazmalar oddiy siyohda, aksincha, tejalgan summani ko‘rsatsa -
qizil siyohda storno qilib reja tannarxi haqiqiy tannarxga etkazib qo‘yiladi.
Hisobot davri oxirida 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 «Sotilgan
tovarlar tannarxi» va 9130 «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi» schyotlarining
debet oborotlari yakuniy moliyaviy natija schyotiga o‘tkazish yo‘li bilan hisobdan
chiqariladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9910-«YAkuniy moliyaviy
natija», Kt 9110, 9120 va 9130-schyotlari.
SHunday qilib, 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debetida
hisobot davrida sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida
esa mahsulot, ishlar va xizmatlarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi.
Ushbu muomalalar bo‘yicha 9910-«YAkuniy moliyaviy natija» schyotining debet
va kredit oborotlarini taqqoslash natijasida hisobot davridagi mahsulot, ishlar va
xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |