199
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
bilan kechmoqda. Jamiyatda ijtimoiy
munosabatlarda vujudga kelgan etalitar
qadriyatlar insonning hayotdagi o‘rnini
topishiga, shu jumladan fuqarolik
mas’uliyatini his etishga undamoqda.
Bu esa,
insonning jamiyatda chuqur
ijtimoiylashuvi natijasida taraqqiyotga
daxldorlik, jamoa bo‘lib yashash,
ijtimoiy-
huquqiy tenglik va etalitar adolatga intilish
munosabatlarini vujudga keltirmoqda.
Insonlarda jamiyatdagi islohotlarga
ko‘makchi bo‘lish va uni takaomillashtirish
bilan bog‘liq faoliyati bilan birgalikda uning
aksi bo‘lgan ijtimoiy sustlik va ijtimoiy-
iqtisodiy va ma’naviy jarayonlarga befarqlik
holatlari ham mavjud bo‘lmoqda. Shu
sababli bugungi kunda jamiyatda fuqarolik
mas’uliyati fenomenining ijtimoiy qadriyat
sifatida namoyon bo‘lishi birmuncha
murakkab jarayon sifatida baholanmoqda.
Fuqarolik mas’uliyati har bir
jamiyatning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va
ma’naviy iqtisodiy salohiyatini belgilaydi.
Demokratik va huquqiy islohotlarni
chuqurlashtirish uchun fuqarolarni
demokratik jarayonlarning jo‘shqin
ishtirokchisiga, demokratik qadriyatlarning
faol himoyachisiga aylantirish zarur.
Fuqarolarning islohotlarga jalb qilinganlik
darajasi kishilar ongida demokratik
qadriyatlarning chuqur ildiz otganligi,
o‘zining ijtimoiy burch va mas’uliyatini
tushunishi, huquqlarini
amalga oshirish
istagi, yuqori madaniy-ma’rifiy saviyasi, o‘z
manfaatlarini ongli idrok qilish qobiliyatini
shakllantirishdan iborat. Bunda erkinlik,
imkoniyatlar tengligi, ijtimoiy adolat va
plyuralizm kabi demokratik qadriyatlarning
inson ongidan o‘rin olishi muhimdir.
Bu jarayonni muhimligi borasida
A.Toshqulov ta’kidlaganidek, “Huquqiy
tarbiya oilada, bog‘chada, maktabda, litsey-
kollejlarda va oliy ta’lim
muassasalarida
olib borilishi kerakligi, shubhasiz.
Lekin tarbiya faqat bilim berish bilan
cheklanmaydi. Tarbiya shu bilimlarni
amalda qo‘llash, ulardan foydalanish, ularni
yurakdan his qilish, ularni har bir shaxs
o‘z hayot tarzining o‘zagi deb bilsagina,
o‘z mohiyatini to‘liq namoyon qiladi.
2 Тошқулов А. Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг Конституциямизнинг 26 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузасидан кейинги ўйлар. http://oldconf.
neasmo.org.ua/node/2366
3 Мустақиллик. Изоҳли илмий-оммабоп луғат. –Тошкент, Шарқ, 1998. –Б. 229.
Bizda uzoq yillar Konstitutsiya
kuniga
she’r yodlatish, Konstitutsiyaning necha
bobu qancha banddan iboratligini bildirib
qo‘yishdan iborat yuzaki “tarbiya” jarayoni
kechdiki, natijada, biz huquqiy bilimlarni
nazariy jihatdan u yoki bu darajada
biladigan, ammo funksional jihatdan ularni
qo‘llamaydigan avlodni tarbiyaladik”
2
.
Fuqaroning ijtimoiy-siyosiy
jarayonlarda ma’lum shartlarni bajarish
chog‘ida fuqarolik mas’uliyatining
ta’minlanishi yuqori amaliy ahamiyat kasb
etadi. U ijtimoiy munosabatlarning ko‘plab
masalalarini, ya’ni hozirgi jadal islohotlar
davrida jamiyatni tashvishga solayotgan
ayrim muammolar
va dolzarb masalalar
mohiyati va echimlarini his eta bilishi,
jamiyat hayotining barcha qirralarida
qatnashish va barqaror muhit vujudga
keltirish jarayoniga ta’sir ko‘rsatishning
faollik shakllarini egallashi lozim.
“Izohli ilmiy-ommabop lug‘at”da
O‘zbekiston fuqarolarining O‘zbekiston
Respublikasi ijtimoiy va davlat tuzumini
mustahkamlashga qaratilgan mas’uliyatlari
quyidagi asoslarda ifodalangan:
- O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga
rioya etish;
- qonunlarni bilish va unga qat’iy amal
qilish;
- mehnat intizomini saqlash;
- jamoa burchiga vijdonan qarash;
- mulkning bozor shakllarini
mustahkamlash va tadbirkorlikni
rivojlantirish;
- turmush
qoidalarini hurmat qilish;
- boshqa mamlakat fuqarolarining
milliy qadr-qimmati, huquqlari, sha’ni va
o‘zligini hurmat qilish;
- ijtimoiy burchni halollik bilan bajarish;
- O‘zbekiston fuqarosi degan yuksak
nomga munosib bo‘lish
3
.
Fuqarolik mas’uliyati muammosini
o‘rganish va va uni ilmiy tadqiq etish
zaruriyati ushbu ijtimoiy hodisa to‘g‘risida
to‘laqonli ilmiy-falsafiy g‘oyalar va
tadqiqotlar mavjud emasligi bo‘yicha ham
ifodalanadi. Mazkur ilmiy muammoni
tizimli ravishda ijtimoiy–falsafiy jihatdan
tahlil etish dolzarbligi mavjud bo‘lib,
Dostları ilə paylaş: