Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


195 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
О‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY 
ISLOHOTLARNI AMALGA OSHIRISHNING 
INNOVATSION OMILLARI
Alisher Qurbon o‘g‘li Ibragimov –
tadqiqotchi, Jizzax davlat pedagogika instituti 
Annotatsiya:
 Mazkur maqolada mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi islohotlarning olib borilishi, inson manfaatlarining 
ta’minlanishi, uning davlat va jamiyat qurilishidagi ahamiyati, milliy yuksalish tamoyillari aks etgan.
Аннотация:
В статье отражены осуществление реформ в социальной сфере в нашей стране, защита интересов 
человека, его роль в построении государства и общества, принципы национального роста.
Abstract:
 This article reflects the implementation of reforms in the social sphere in our country, ensuring human interests, its 
importance in building the state and society, the principles of national progress.
Kalit sо‘zlar:
 Milliy yuksalish, inson, demokratiya, huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati, inson manfaati, erkinlik, farovonlik, ijtimoiy 
qadriyatlar, iqtisodiyot, ma’naviyat, taraqqiyot. 
Ключевые:
слова: национальный подъем, человек, демократия, верховенство закона, гражданское общество, 
интересы человека, свобода, процветание, социальные ценности, экономика, духовность, развитие.
Keywords:
 National progress, human, democracy, rule of law, civil society, human interests, freedom, prosperity, social values, 
economy, spirituality, development.
Yangi О‘zbekistonda milliy yuksalish 
sharoitida fuqarolik jamiyatini shakllantirish 
yо‘lida muhim dasturiy chora-tadbirlar 
olib borilib, muhim jahoniy ahamiyatga 
molik yutuqlar qо‘lga kiritilmoqda. Shu 
maqsadlar yо‘lida inson manfaatlari, erkinligi 
va farovonligini ta’minlash kabi ijtimoiy 
qadriyatlarning muhim tamoyillari aniq va 
ravshan belgilab olingan. Mamlakatimizda 
olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning muhim 
yо‘nalishlari avvalambor aholini rozi qilish, 
ularning hayotiy muhim muammolarini 
yechib borish evaziga turmush tarzini tubdan 
yaxshilashga qaratilmoqda. Bu boradagi 
ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan muhim 
dasturlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat 
bandligi, uy-joy va kommunal xizmatlar kabi 
aholi turmush tarzini yaxshilashga xizmat 
qiladigan sohalarda muhim amaliy xususiyatga 
ega bо‘lmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
Shavkat Mirziyoyev: “Biz pandemiya boshlangan 
ilk kunlarda bu qiyinchiliklardan yanada 
toblanib, kuchli va qudratli bо‘lib chiqishni 
о‘z oldimizga maqsad qilib qо‘ygan edik. 
Yaratganning inoyati, el-yurtimizning ahilligi 
va fidokorona mehnati bilan bu mashaqqatli 
sinovlarni mardona yengib о‘tmoqdamiz. 
Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal va 
keng kо‘lamli islohotlar yurtimizda yangi 
davrni – yangi О‘zbekiston davrini boshlab 
berdi. Bugun yurtimizda tarixan qisqa fursatda 
butunlay yangicha siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, 
ilmiy-ma’rifiy va madaniy muhit paydo bо‘ldi, 
1 Ватанимиз мустақиллиги – биз учун куч-қудрат ва илҳом манбаи, тараққиёт ва фаровонлик асоси. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат 
мустақиллигининг 30 йиллик байрамига бағишланган маросимдаги нутқи. 31.08.2021. www.prezident.uz.ташриф.15.09.2021
2 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. 14-модда.
deb aytishga barcha asoslarimiz bor”
1
, deb 
ta’kidlagan.
Milliy yuksalish bosqichida yurtimizda 
huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati, 
erkin tadbirkorlikka asoslangan iqtisodiyotni 
qurish, xalqimiz uchun obod turmush va 
farovon hayot barpo etish, xalqaro maydonda 
munosib о‘rinni egallashda yuksak istiqbolga 
asoslangan taraqqiyotga oid g‘oyalar 
mustahkam zamin bо‘lib kelmoqda. Yangi 
О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xalqchil 
islohotlar Vatanimiz taraqqiyotining tarixiy, 
ma’naviy, ijtimoiy va siyosiy shart-sharoitlari, 
istiqbolli dasturlarning mavjudligi, xalqimizning 
bunyodkorlik salohiyatini rо‘yobga chiqishi kabi 
muhim mezonlar bilan о‘ziga xos ahamiyatli 
jarayon sifatida amaliy tus olmoqda.
Jamiyatda inson huquqlari, manfaatlari 
va faravonligini ta’minlash, hayotiy ehtiyojlarini 
rо‘yobga chiqarishning asosiy jihatlari 
Konstitusiya va mamlakatimizda qabul qilingan 
meyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilab qо‘yilgan. 
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 
14-moddasida “Davlat о‘z faoliyatini inson va 
jamiyat farovonligini kо‘zlab, ijtimoiy adolat 
va qonuniylik prinsiplari asosida amalga 
oshiradi”
2
deb kо‘rsatilgan. Shuningdek, 
О‘zbekiston davlati ijtimoiy siyosatida inson 
manfaatlari ustivorligi va hayotiy faravonligini 
ta’minlashning siyosiy va huquqiy kafolatlari 
aholini ijtimoiy himoya qilish borasida qabul 
qilingan qonunlar, qonun osti hujjatlarida о‘z 
ifodasini topgan.
О‘zbekistonda 
faol 
demokratik 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin