“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
198
JAMIYATDA FUQAROLIK
MAS’ULIYATINI YUKSALTIRISHNING
IJTIMOIY MEXANIZMLARI
Alisher Hakimov –
tadqiqotchi, Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya:
Maqolada fuqarolik mas’uliyatining ijtimoiy mohiyati, fuqarolarning ijtimoiy munosabatlarda ishtiroki, fuqarolik
mas’uliyatini namoyon etishi va bu jarayonni jamiyat barqaror taraqqiyotida nechog‘lik muhim ekanligi yoritilgan.
Аннотация:
В статье рассматривается социально содержание гражданской ответственности, участие граждан в
общественных отношениях, проявление гражданской ответственности и значение этого процесса в устойчивом развитии
общества.
Abstract:
The article discusses the social content of civic responsibility, the participation of citizens in social relations, the
manifestation of civic responsibility and the importance of this process in the sustainable development of society.
Kalit so‘zlar:
jamiyat, fuqaro, mas’uliyat, fuqarolik mas’uliyati, faollik, ijtimoiy faollik, ehtiyoj, manfaat, taraqqiyot, barqarorlik.
Ключевые слова:
общество, гражданин, ответственность, гражданская ответственность, активность, социальный
активность, потребность, интерес, развитие, устойчивость.
Keywords:
society, citizen, responsibility, civic responsibility, activity, social activity, need, interest, development, sustainability.
Jahonda ijtimoiy hayot tobora
intensivlashib, intelektuallashib
borayotgan, ilmiy tafakkur insoniyat
ma’naviyatining asosiy yo‘nalishiga
aylanayotgan hozirgi sharoitda ilmiy-
nazariy asosga ega bo‘lgan ilg‘or
milliy
yuksalish g‘oyasi ustuvorlik kasb etadi.
Bugun jahon hamjamiyatida insoniyatga
xos bo‘lgan taraqqiyot taomillari shaxs
ijtimoiy tabiatini o‘zgarishlariga sabab
bo‘lmoqda. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy
munosabatlar rivoji bu aynan fuqarolik
mas’uliyatiga ega bo‘lgan, ya’ni mavjud har
qanday ijtimoiy masala va muammolarni
hal etishga qodir
faol insonni shakllantirish
yo‘llarini aniqlashni dolzarb ijtimoiy-falsafiy
tahlil mavzusiga aylantiradi.
Jahon ilm-fanida inson huquqlari,
manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib
chiqadigan fuqarolik mas’uliyati, uning
ijtimoiy amaliyotdagi ro‘yobi hamda uning
barqaror taraqqiyot mezoni sifatidagi
o‘rnini o‘rganish turli nazariy talqinlarda
olib borilmoqda. Zero, globallashuv
sharoitida ijtimoiy munosabatlar
ko‘lami tobora o‘zgarib,
taraqqiy etib
borishi zamonaviy fuqaro fenomenidagi
progressiv omillar takomiliga ham o‘zining
ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Jamiyatning
faol qatlami bo‘lgan ijtimoiy mas’uliyatli
fuqaroni “fuqaro-ijtimoiy guruhlar-jamiyat”
konseptual tizimida huquqiy va siyosiy
salohiyatini oshirish, ayniqsa yoshlarimizni
ona vatanga sodiqlik ruhida tarbiyalashning
1 Мирзиёев Ш. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисга мурожаатнома. 24 январь 2020 йил. www.uza.uz
milliy yuksalish jarayonidagi o‘rnini tadqiq
etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Milliy yuksalish g‘oyasi o‘z oldiga
mamlakat taraqqiyotini, uning gullab-
yashnashini ta’minlashdek ustivor
maqsadlarni qo‘yadi. Bu maqsadlar
inson manfaatlari, erkinliklari, sha’ni
va qadr-qimmatini ro‘yobga
chiqarib
borishdek pirovard natijaga erishish
yullari, vosita va usullarini belgilab
beradi. U milliy mustaqillikning muhim
maqsadi - O‘zbekistonda fuqarolik
jamiyati asoslarini mustahkamlash,
unda yashayotgan barcha insonlarning
yurt ravnaqi, elu xalq kamoli bilan bog‘liq
intilishlarini va amaliy harakatlarini o‘zida
aniq ifoda etadi. Mamlakatimiz Prezidenti
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
qilgan Murojaatnomasida “Jamiyatimizda
aholi, ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning
ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy
yuksaltirish – birinchi darajali ahamiyatga
egadir. Shu bois, “Milliy tiklanishdan –
milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya
asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat
ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik,
fidoyilik, axloqiy
fazilatlarni shakllantirish
– o‘ta sharafli vazifadir”
1
, deb ta’kidlagan.
Bugungi kundagi
modernizatsiyalashib borayotgan
zamonaviy jamiyatning taraqqiyoti
sotsiomadaniy turli-tumanlik, ijtimoiy
munosabatlardagi qarama-qarshiliklar,
inson dunyoqarashidagi o‘zgarishlar
Dostları ilə paylaş: