Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


197 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
ishlash usullari aynan shu maqsadda joriy 
etilmoqda. Islohotlar doirasida qabul qilingan 
yirik dasturlar jamiyatimizda ijtimoiy muhitni 
yaxshilash va aholi farovonligini oshirishga 
xizmat qilmoqda”
8

Mamlakatimiz ijtimoiy siyosatida inson 
turmush tarzini yanada farovonlashtirish, 
davlat va jamiyat qurilishini isloh etish 
va iqtisodiyotni tо‘liq liberallashtirishga 
qaratilgan tub о‘zgarishlarni amalga oshirish 
jarayonlari milliy yuksalish tamoyillarini 
rо‘yobga chiqarishga zamin hozirlamoqda. 
A.Saitqosimovning ta’kidlashicha, “Ijtimoiy 
adolat insonlar farovonligi ta’minlash, 
huquqlari va qadr-qimmatini ulug‘lash, 
insonni har tomonlama yuksaltirish bilan 
bog‘liq muhim sotsial voqelik hisoblanadi. 
Ijtimoiy adolat asrlar davomida rivojlanib va 
takomillashib kelayotgan, insoniyat uchun 
eng muhim qadriyatlarni mujassamlashtirgan 
g‘oya hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, 
fuqarolik jamiyati qurilishida ijtimoiy adolat 
fenomeni о‘zining mukammal kо‘rinishiga ega 
bо‘ldi”
9

Xalqimizning yillar davomida orzu qilgan 
huquqlarini tо‘laqonli ta’minlanishi, manfaat va 
ehtiyojlarini rо‘yobga chiqishi jamiyat ijtimoiy 
barqarorligi va taraqqiyot taomilini naqadar 
yuksak ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan 
birga, ushbu jarayonda davlatimiz о‘zining 
zamonaviy demokratik taraqqiyoti jarayonida 
jahon hamjamiyati va xalqaro tuzilmalardagi 
ishtiroki umuminsoniy tamoyillarga mos 
keladigan insonparvar jamiyat qurish 
faoliyatining ustuvor yо‘nalishlaridan biri bо‘ldi.
Olimlarning ta’kidlashicha, “Islohotlar 
markazida insonning oliy qadriyat sifatida 
baholanishi mamlakatimiz strategik 
vazifalariga hamohangdir. Xususan, bu 
boradagi barcha о‘zgarishlarning mazmun - 
mohiyati ham inson va uning qadr-qimmatini 
kо‘tarish bilan bog‘liq. Xolbuki, ushbu qadriyatlar 
asosida shakllangan jamiyat, mohiyatiga 
kо‘ra, xalqaro talablarga, umuminsoniy 
qadriyatlarning ustuvorligi tamoyillariga mos 
keladi, ularning milliy darajada namoyon 
bо‘lishi uchun imkon yaratadi. Shu bilan birga, 
u mamlakatimizda yashayotgan barcha millat 
va elat, har bir shaxs, turli qatlam vakillarining 
umumiy maqsad-muddaolarini ifodalaydi”
10
.
О‘zbekistonda 
ijtimoiy 
islohotlarni 
8 Ватанимиз мустақиллиги – биз учун куч-қудрат ва илҳом манбаи, тараққиёт ва фаровонлик асоси. Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон Республикаси давлат 
мустақиллигининг 30 йиллик байрамига бағишланган маросимдаги нутқи. 31.08.2021. www.prezident.uz.12.09.2021
9 Саитқосимов А. Ҳуқуқий маданият ва ҳуқуқий тарбия асослари. -Тошкент, “LESSON-PRESS”, 2021. –Б. 71
10 Қ.Назаров, М.Қуронов ва бошқ. Бу муқаддас Ваатанда азиздир инсон. Т, “Ўзбекистон”, 2010. –Б.4.
amalga oshirishda innovatsion omillarni 
takomillashtirish borasidagi ishlarni tashkil 
etishda quyidagi chora-tadbirlarni nazarda 
tutish maqsadga muvofiq: 
- ijtimoiy siyosatning muhim yо‘nalishlari 
ta’lim, sog‘liqni saqlash, mehnat bandligi, 
uy-joy va kommunal xizmatlar kabi aholi 
turmush tarzini yaxshilashga xizmat qiladigan 
sohalarda innovatsion texnologiyalarni keng 
joriy etish;
- inson manfaatlari, erkinligi, ehtiyojlari 
va farovonligini tо‘la ta’minlash, har bir insonni 
jamiyatdagi о‘rnini mustahkamlash, uning oliy 
qadriyat sifatidagi maqomini yuksaltirishda 
davlat boshqaruv organlarining mas’uliyatini 
yanada oshirish
- inson manfaatlari ustivorligi va hayotiy 
faravonligini ta’minlashning siyosiy va huquqiy 
kafolatlari aholini ijtimoiy himoya qilish 
borasida qabul qilingan qonunlar, qonun osti 
hujjatlarining amaliyotda ijrosini tо‘laqonli 
ta’minlash;
- jamiyat hayotini tubdan isloh qilish, 
jahonda pandemiya va moliyaviy-iqtisodiy 
inqiroz alomatlari bо‘lib turganiga qaramay, 
iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy hayotni 
erkinlashtirishda fuqarolik jamiyati institutlari 
rolini oshirish; 
- ijtimoiy islohotlarda inson va uning 
qadr-qimmatini kо‘tarishda xalqaro talablarga, 
umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi 
tamoyillariga uyg‘unlashtirish, ularning milliy 
darajada namoyon bо‘lishi borasida chora-
tadbirlar ishlab chiqish.
Xulosa qilib aytganda, mazkur islohotlar 
natijasida mamlakatimizda ijtimoiy, siyosiy 
sohalarda keskin о‘zgarishlar va taraqqiyot 
kuzatila boshlandi. Mazkur taraqqiyot taomili 
faqat inson manfaatlari va faravonligini 
ta’minlash va ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy 
ehtiyojlarni rо‘yobga chiqarishdir. Jamiyatda 
shaxsning ijtimoiy manfaatlarini tо‘liq 
ta’minlanishi hayot-mamot vazifaga aylanib, 
inson qadri va ijtimoiy mavqeini yuqori 
darajada ta’minlash muhim insonparvarlik 
tamoyili hisoblanadi. Ijtimoiy siyosatning 
insonga beradigan nafi va kо‘magi muhim 
xususiyat bо‘lib, shaxsning jamiyatdagi 
maqomini yuksaltiradi. 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin