B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samarqand



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/120
tarix12.10.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#154738
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120
B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar

Davlat mulki
- mulk davlatga tegishli bo‘lganda mulkka egalik qilish
foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘ladi. Davlat mulki asosan 
ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish; 
2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va 
tashkilotlarda investistiyalarni amalga oshirish . 
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki 
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror 
ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va trans‘ort 
vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin . 
O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Res‘ublika 
mulkidan va ma‘muriy-xududiy (munisti‘al) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. 
Er, er osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy resurslar, res‘ublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, 
davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, 
valyuta fondi va boshqa davlat fondlari res‘ublika mulki hisoblanadi . 
Ma‘muriy-hududiy (munisti‘al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati 
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag‘lari, munisti‘al uy-joy 
fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq 
ta‘limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo‘ladi . 
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish 
vazifasi davlat mulki mono‘oliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sog‘lom 
bozor iqtisodiyoti davlat mono‘oliyasi bilan chiqishmaydi, mono‘oliya raqobatga 
to‘sqinlik qiladi . 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat 
mulkining ulushi kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga 
va xususiy mulkka aylanadi . 
Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yal‘i milliy 
mahsulot va milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaqtda boshqa 
mulkka mansub korxonalar hissasi ortib boradi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin