50
dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga
asoslanadi .
Shaxsiy mulk ob‘ektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli
va uylar, trans‘ort
vositalari, ‗ul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste‘mol buyumlari, yakka
tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari,
ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin. ―O‘zbekiston
Res‘ublikasida mulkchilik to‘g‘risida‖gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy
ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik faoliyatining boshqa
tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a‘zolarining
mulki
bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob‘ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib,
daromad to‘ish yo‘lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk
- ayrim sohibkorlarga
qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir .
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda),
xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni
tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk
bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta‘kidlanadi .
Xususiy mulk ham, boshqa
har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va
salbiy tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga
ma‘suliyatlilik munosabatlarini rag‘batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab
chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi.
Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo‘jaligida uni qo‘llash
foydali
bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy
mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday
tan olish uni mutlaqlashtirish, bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan
ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat
korxonalari, Koperativ firmalar, magazin, oshxona va
shu kabilarni sotib olish
orqali vujudga kelishi mumkin .
O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlarida xususiy mulkni
shakllantirish manbalari ham ko‘rsatiladi. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanish,
yollanib ishlash, kredit muassasalariga qo‘yilgan mablag‘lar, qimmatli
qog‘ozlardan olinadigan daromadlar, meros tartibda mol-mulkni qo‘lga kiritish
kabilar ana shunday manbalardan hisoblanadi. Shuningdek, Res‘ublika
qonun
hujjatlariga (O‘zbekiston Res‘ublikasi ‗rezidentining 1994 yil 21 yanvardagi
Farmonining 3-bandi) muvofiq savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi ob‘ektlarini ular
joylashgan er uchastkalari bilan birga tanlov asosida sotilishiga ruxsat beriladi.
Mazkur er uchastkalariga xususiy mulk huquqining hamma me‘yorlari taalluqli
bo‘lib, ular sotilishi, vasiyat qilib qoldirilishi, ijaraga berilishi mumkin.
Demak, qishloq xo‘jaligidan boshqa ayrim faoliyatlarda er ham xususiy
mulk ob‘ekti bo‘lishi mumkin.
Biroq erning boshqa toifalari, jumladan, umumiy
51
foydalanishdagi erlar, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va davlat zahirasiga kiritilgan
erlar davlatning alohida mulk ob‘ektlaridir va shu sababli ular fuqarolarga faqat
meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka berilishi mumkin .
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk ‗aydo
bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob‘ektning turli mulkdorlar ishtirokida
o‘zlashtirilishini bildiradi .
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida
mulkchilikning turli xil
shakllarini vujudga keltirish asosiy maqsad emas. Bu faqat ishlab chiqarishni
rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning barcha imkoniyatlaridan to‘liq
foydalanish, tashabbuskorlik va sog‘lom raqobatni vujudga keltirish uchun qulay
muhit yaratishga qaratilgandir .
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan
iborat. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb
atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya
va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub‘ekti sifatida davlatning
chiqishi jamiyat a‘zolari o‘rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki»,
«birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi .
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning
ma‘lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat
tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, «Davlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19
noyabr) quyidagicha ta‘rif beriladi:
Dostları ilə paylaş: