B. X. Azizkulov, B. K. Janzakov iqtisodiy siyosatga kirish samar
Import kilinadigan tovarning ichki baxosi = Jaxon bozoridagi baxosi +(Jaxon bozoridagi baxosi x Tarif stavkasi). Pd Ichki narx (tarif bilan birga)
Pw a b c d jaxon bozori narxi.
Tariflar joriy kilingunga kadar bulgan import tovarlar okibatda ite`molchilar
ma`lum bir yo`kotishlarga duch keladilar. Bu yo`kotishlar grafikda a,b,c,d soxalar
bilan ko`rsatilgan. Baxolarning ko`tarilishi ilgari rakobatbardosh bo`lmagan ayrim
ichki ishlab chikaruvchilar uchun xam foyda ko`rib ishlashga imkon beradi.
Umuman shu soxada band milliy ishlab chikaruvchilar ishlab chikarish xajmini S1
dan S2 ga kadar oshiradi va S2-S1 xajmdagi maxsulot Pd baxoda sotiladi. SHu
xajmdagi maxsulotni iste`molchilar oshirilgan narxda sotib oladilar va
a soxaga
teng yo`kotishga duch keladilar. Ammo, bu yo`kotish ichki ishlab
chikaruvchilarning o`sgan foydasiga aylanadi.
Baxolarning o`sishi okibatida iste`molchilar ko`rilayotgan tovar iste`moli
xajmini D1 dan D2 kadar kiskartiradi. Bu yo`kotish grafikda d soxa bilan
ko`rsatiladi va u xech kimning foydasi bilan koplanmaydi. S2- D2 oralik tarif joriy
kilingandan so`ngi import xajmi bo`lib, shu xajmda tovarni iste`molchilar
ilgarigidan yukori baxoda sotib oladilar. Buning natijasida ular turmush
darajasidagi yo`kotish ro`y beradi. Bu yo`kotish grafikda
s soxa bilan belgilangan
bo`lib, u davlat byudjetiga borib tushadi. YA`ni, bu soxadagi iste`molchilarning
yo`kotishi davlatning foyda ko`rishi bilan koplanadi.
Tarif kiritilishi okibatida iste`molchilar talabi arzon import tovaridan kimmat
ichki tovarga yo`naltiriladi. Iste`molchilarning o`sgan to`lovlari yukori chegaraviy
xarajatga ega, rakobatbardosh bo`lmagan samarasiz ichki ishlab chikarishni
kengayishiga olib keladi. Iste`molchilarning bu yo`kotish
v soxasi bilan
belgilangan bo`lib tarifning «