P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva


 Immunitet to‘g‘risidagi ta’limot



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

9.1. Immunitet to‘g‘risidagi ta’limot 
Yuqumli kasalliklarning ba’zi xili bilan kasallanib, tuzalgan odam shu 
kasalliklarga berilmaydigan bo‘lib qolishi allaqachon ma’lum bo‘lgan edi. 
Masalan, bir marta qizamiq bilan og‘rigan bola ikkinchi marta bu kasallik bilan 
kasallanmaydi. 
Odam 
organizmining 
kasallik 
tug‘diruvchi 
mikroblarga 
berilmasligi 
immunitet
deyiladi. Immunitet fiziologik himoya reaksiyalarining 
murakkab kompleksidan iborat. 
Immunologiya fannni rivojlantirishda Lui Paster,I. I. Mechnikov, Ru, 
Bering, L. S. Senkovskiy, G. N. Gabrichevskiy, Borde, Erlix va boshqalar o‘z 
xissalarini qo‘shganlar. Immunitet turlari va shakllarining turli klassifikatsiyasi 
ma’lum. Shulardan eng oddiy klassifikatsiyaga muvofiq: tabiiy imunitet (buning 
tug‘ma turga alokador turi va hayot davomida orttirilgan turi ma’lum) va sun’iy 
immunitet (buni vaksinatsiyadan keyin paydo bo‘ladigan aktiv immunitet va 
organizmga shifobaxsh zardoblar yoki gamma globulinlar yuborilganidan keyin 
hosil bo‘ladigan passiv immunitet) dir.
Tabiiy immunitet
.
Bu immunitetnnng tug‘ma turi, kasallikka berilmaslikni 
vujudga keltiradi. U organizmning biologik xusuyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, 
odamlar qoramol o‘lati, tovuq vabosi va boshqa kasalliklar bilan kasallanmaydi. 


 140 
Tug‘ma immunitetda hujayralarda ro‘y beradigan bioximiyaviy jarayonlar katta 
ahamiyatga ega. Odam yuqumli kasallik bilan kasallanib bo‘lganidan so‘ng uning 
organizmida immunitet paydo bo‘ladi, bu hayotda orttirilgan turidir. 
Immunitetning bu turi nasldan naslga o‘tmaydi. Masalan, odam bir marta 
ko‘k-yo‘tal, qizamiq, tulyaremiya bilan kasallanganidan keyin hosil bo‘lgan 
immunitet umr bo‘yi saqlanadi. Lekin ba’zi bir kasalliklardan keyin hosil bo‘lgan 
immunitet uzoq muddatli bo‘lmaydi va organizm bir necha marta og‘rishi mumkin. 
Masalan, A tipdagi virusdan paydo bo‘lgan grippdan so‘ng immunitet 1-2 yil, V 
tipdagi virusdan paydo bo‘lgan grippdan so‘ng 3-6 yil davom etadi. Gripp 
virusining shtammlarining ko‘pligi, ularni doimo o‘zgarib turishi bir shtamga xosil 
bo‘lgan immunitet boshqa shtamdan saqlay olmaydi. Gripp virusidagi 
neyraminidazani va gemagglyutinini 10 dan ortiq varinatlari bo‘lib, biriga H
1
N
1
varianti H
2
N
2
variantidan saqlay olmaydi. 
Chaqaloqlarning passiv immuniteti, ona organizmidagi yo‘ldosh orqali 
qorindagi bolaga yoki ona suti orqali chaqaloqqa antitelalar o‘tadi. Bunday 
immunitet qisqa muddatli bo‘ladi, lekin uning ahamiyati nihoyatda katta, chunki, u 
6 oy mobaynida organizmni mikrob yuqishidan himoya qilib turadi. 
Sun’iy immunitet
.
Yuqumli kasallik paydo bo‘lmasligi uchun bu immunntet 
organizmda sun’iy yo‘l bilan yaratiladi. Sun’iy immunitetning aktiv va passiv 
formalari bor. Aktiv formasi odam organizmiga nobud qilingan yoki 
zaiflashtirilgan vaksina yuborish bilan hosil qilinadi. 
Zaiflashtirilgan tirik mikroblardan iborat vaksinalar ishlatilganda immunitet 
3-5 yil, nobud qilnngan mikroblar vaksinasi ishlatilganda, bir yilgacha davom 
etadi.
Sun’iy immunitetning passiv formasi odam organizmiga immunoantitelalar 
yuborilganda hosil bo‘ladi. Antitelalar kasallangan hayvonlarning qon zardobidan 
olinadi. Passiv sun’iy immunitet bir oy atrofida saqlanadi, so‘ngra antitelalar 
yemiriladi va organizmdan chiqarib tashlanadi. 
Mahalliy immunitet ham bo‘lib, uni A. M. Bezredka aniqlagan. Bu, turli 
organ va to‘qimalarda qo‘zg‘atuvchiga berilmaslikning mahalliy xili. Masalan, 
vaksina ichirilsa, kasallik boshlanmaydi, chunki ingichka ichakning shilliq pardasi 
vabo vibrioniga berilmaydigan bo‘lib qoladi. Ichak devorida plazmatik hujayralar 
bo‘lib, ular mikroblarga qarshi antitelalar ishlab chiqaradi va mikroblarga salbiy 
ta’sir etadi. 
Immunitet faktorlari va mexanizmlari
.
Odamni kasalliklarga berilmaydigan 
qilib qo‘yadigan himoya faktorlari spetsifik, ya’ni ma’lum bir qo‘zg‘atuvchiga 
qaratilgan va nospetsifik, ya’ni odam va ko‘pgina hayvonlarga xos bo‘lishi 
mumkin. Nospetsifik faktorlar xilma-xil mikroorganizmlarga qarshi himoyani 
amalga oshiradi. 
Odam va hayvon organizmida patogen mikroblar kirishiga to‘sqinlik 
qiladigan yoki ularni nobud qiladigan tabiiy himoya vositalari bor. Bularga teri
shilliq pardalar, limfa, ichak va oshqozon shirasi, lizotsim fermenti, o‘t, safro va 
boshqalar misol bo‘ladi. Teri organizmga ko‘pgina mikroblarning kirishiga yo‘l 
qo‘ymaydigan to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Undan ajralib turadigan ter va yog‘ 
bezlar tarkibida bo‘lgan sut va yog‘ kislotalarning salbiy ta’siridir, teriga tushgan 


 141 
mikroblar 30 minutdan so‘ng nobud bo‘ladi. Agar teri iflos bo‘lsa, uning 
bakteritsidlik xossalari susayib ketadi, shuning uchun terini doim toza holda 
saqlash muhim ahamiyatga ega. 
Burun, halqum, nafas yo‘llari, ichak, siydik-tanosil yo‘llari va ko‘z 
konyunktivlarining shilliq pardasi yanada kuchli himoya xossalarnga ega. Bu 
shilimshiq, ko‘z yoshi, so‘lak, hazm bezlari ishlab chiqaradigan sekretlar tarkibida 
ko‘pgina mikroblarga salbiy ta’sir etuvchi alohida moddalar bo‘ladi. Ana shunday 
moddalardan biri lizotsimdir, u ko‘pgina saprofit mikroblarga, patogen 
mikroblarga ta’sir etadi va ularni eritib yuborish xususiyatiga ega. 
Nafas yo‘llari shilliq pardasining epiteliysi organizmga kirgan patogen 
bakteriyalarni ushlab qoladi va tashqariga chiqaradi. Eng mayda zarrachalar o‘pka 
alveolalariga yetib boradi va bu yerda fagotsitlar tomonidan tutib qolinadi, undan 
limfa tugunlariga o‘tkaziladi va zararsizlantiriladi. 
I. I. Mechnikov fagotsitoz nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Bu 
nazariyaning ma’nosi, quyidagilardan iborat: organizmga tashqi muhitdan kirgan 
mikroorganizmlarni myozoderma hujayralari hazm kilib yuboradi. Donador 
leykotsitlar, limfotsitlar, monotsitlar va plazmatik hujayralar fagotsitlarga misol 
bo‘ladi. 
Qo‘pgina yukumli kasalliklar vaqtida, bemorning qon zardobida spetsifik 
antitelalar hosil bo‘ladi, ularni ma’lum antigen orqali bilish mumkin. Immunitet 
reaksiyalari spetsifik va nihoyatda sezgir bo‘lib, diagnostikada keng qo‘llaniladi. 
Immunitet reaksiyalari agglyutinatsiya, pretsipitatsiya, komplementni 
bog‘lash reaksiyalaridir. Immunitet reaksiyalari antigen bilan antitelaning spetsifik 
ravishda o‘zaro ta’sir etishiga asoslangan. 
Ma’lum antigenlar yordamida bemor yoki tekshirilayotgan odamning qon 
zardobida antitelalar bor-yo‘qligini aniqlash mumkin. 
Agglyutinatsiya 
reaksiyasi
.
Agglyutinatsiya 
reaksiyasi 
antitelalar 
(agglyutininlar)ning yaxlit mikrob hujayralari yoki boshqa hujayralar bilan 
spetsifik ravishda o‘zaro ta’sir etishiga asoslangan. Shunday o‘zaro ta’sir natijasida 
cho‘kmaga tushadigan aglomerat zarralar hosil bo‘ladi (agglyutinat). Bu reaksiya 
ikki fazada o‘tadi: birinchi fazasi - antigen bilan antitelaning spetsifik tarzda 
birikishi, ikkinchisi - nospetsifik faza, ya’ni ko‘zga ko‘rinadigan agglyutinat hosil 
bo‘lishidir. 
Agglyutinat natriy xlorid ishtirokida cho‘kmaga tushadi. Agglyutinatdagi 
mikroorganizmlar uzoq vaqtgacha tirik koladi, lekin harakatchanligini yo‘qotadi. 
Agglyutinatsiya reaksiyasi yuqumli kasalliklarning serologik diagnostikasini 
hamda ajratib olingan mikroblarning antigen strukturasini aniqlash uchun keng 
ko‘llaniladi. 
Pretsipitatsiya reaksiyasi
.
Bu reaksiyalarda ishtirok etadigan antitelalar 
pretsipitatlardir. Organizmda hosil bo‘ladigan mayda dispersli antigen - antitela 
kompleksi oddiy metodlarda qo‘yilgan pretsipitatsiya reaksiyasida ma’lum bo‘ladi. 
Masalan, kuydirgi, toun, tulyaremiya, meningit kasalliklarni diagnostikasida 
halqasimon pretsipitatsiya reaksiyasidan foydalaniladi. Buning uchun ingichka 
probirkalarga maxsus immun zardob quyiladi va unga juda ehtiyotlik bilan qoplam 


 142 
qilib antigen tushiriladi. Ikki suyuqlik chegarasida xalqa, ya’ni pretsipitat paydo 
bo‘lishi tegishli antigen borligini ko‘rsatadi. 
Komplementni 
biriktirish 
reaksiyasi
.
Bakteril, 
virus, 
protozoy 
infeksiyalarida, bemorlar qon zardobidagi antigenni topish uchun, shuningdek, 
kasal kishilardan ajratib olingan viruslarni aniqlash va tipini belgilash uchun shu 
reaksiyadan foydalaniladi. Bu reaksiyada antigen, antitela va komplementdan 
tashqari, reaksiya natijasini ifodalaydigan gemolitik sistema ham ishtirok etadi. 
Komplementni biriktirish reaksiyasi ikki fazada o‘tadi. Birinchi fazada - 
komplement ishtirokida antigen bilan antitelaning o‘zaro ta’sirini, ikkinchisida 
komplementning birikish darajasini gemolitik sistema yordamida bilib olish 
mumkin. 
Komplementni biriktirish reaksiyasi zaxm (Vasserman reaksiyasi), so‘zak 
(Borjangu 
reaksiyasi), 
toksoplazmoz, 
rikketsioz 
va 
virus 
kasalliklari 
diagnostikasida ko‘llaniladi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin