P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanishi

Biotexnologiya fani mamlakatimizdagi eng kenja fanlardan biridir. Bu soha 
asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida, Toshkent 
Farmatsevtika institutida, Toshkent Davlat Agrar universitetida, Samarqand Davlat 
universitetida va boshqa Oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladi. Biotexnologiya sohasida 


 151 
ilmiy va amaliy tadqiqotlar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining qator 
institutlarida olib boriladi. 
Hozirgi zamon biotexnologiyasi
 
gen va hujayra injenerligi usullari asosida 
genetik transformatsiya qilingan ob’ektlarni yaratish texnologiyalari, jumladan 
o‘simliklarni yangi “G‘M” - navlarini yaratish bo‘yicha tadqiqotlar davom 
ettirilmokda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishilgan. Bu sohada b.f.d., 
akademik A.Abdukarimov va u yaratgan maktabni erishgan yutuqlari hurmatga 
sazovordir. 
O‘zbekistonda biotexnologiyani shakllanishiga uni rivojlanishida, b.f.d., 
professor M.M.Raximov va u yaratgan maktabni roli beqiyosdir. 
Klassik biotexnologiya
 
- esa tabiiy biologik ob’ektlardan foydalangan holda 
turli mahsulotlarni ishlab chiqarish usullari va texnologiyalaridir (non pishirish
pivo, vino, sirka, qatiq tayyorlash). 
O‘zbekistonda biotexnologiyaning rivojlanishi va shakllanishini O‘zRFA 
akad.O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik Kimyo institutining tashkil etilganidan 
bilishimiz mumkin. Ushbu institut 1977 yilda O‘zbekistan Respublikasi FA 
tarkibidagi bioorganik kimyo bo‘limi (1973 y) negizida tashkil etilgan. Institutning 
asosiy ilmiy yo‘nalishi, hayvon va o‘simliklar organizmida sodir bo‘ladigan 
jarayonlarni yuqori va quyi molekulyar tabiatga ega bo‘lgan biologik faol 
moddalarning tuzilishini, funksiyasini o‘rganish hamda, ularni sintetik usulda olish 
yo‘llarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etishga qaratilgan. Ayni shu 
institutda birinchilardan bo‘lib, tabiiy biologik faol modda -gossipolning polimorf 
kompleks hosil qilishi isbotlangan va uning asosida yigirmadan ortiq yangi dorivor 
moddalar va boshqa preparatlar ishlab chiqilgan. Bulardan viruslarga qarshi 
ishlatiladigan 3% li gossipol linimenti, immunomodulyator - timoptin, qon 
to‘xtatuvchi “Lagoden”, xlamidiyaga qarshi qo‘llaniladigan dorivor vosita 
“Polinil” va boshqalar. 
Jahon andozalariga mos keladigan paxta moyini va kam gossipolli paxta 
kunjarasini olish texnologiyasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasining 
ko‘pchilik yog‘-moy ekstraksiya zavodlarida litsenziya asosida qo‘llanilmoqda. 
Biotexnologiya 
sohasida 
asosan 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining mikrobiologiya institutida, genetika va o‘simliklar eksperimental 
biologiyasi institutida hamda Respublika Kimyo birlashmasiga qarashli bir qator 
zavodlarda qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Biotexnologiya ixtisosligi bo‘yicha 
birinchi o‘zbek akademiki A.G.Xolmurodov (1939-1996) fuzarium avlodiga 
mansub zamburug‘lardan D vitamin RR- nikotin amid ajratish texnologiyasini 
yaratgan. Bu olimni NADni-struktura va funksional bog‘liqligini o‘rganish, uni 
hayvon va o‘simliklar organlaridan ajratib olish hamda ikkilamchi mahsulotlarni 
qayta ishlashning jahon standartlariga mos keladigan yangi texnologiyalarini va 
o‘simliklarni himoya qiluvchi ekologik toza vositalarni yaratish bo‘yicha olib 
borilgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
O‘zFA Biokimyo Institutida olib borilgan yuqori va quyi molekulyar 
bioregulyatorlarni kompleks tadqiq etish natijasida, zaharli jonivorlar zaharidan 50 
dan ortiq biologik faol oqsil va peptidlar ajratib olingan. Ulardan 15 dan ortig‘ining 
kimyoviy tuzilishi va ta’sir mexanizmi to‘liq o‘rganib chiqilgan.


 152 
Olimlarimiz tomonidan g‘o‘zadan fitogormonlarning retseptorlari ajratib 
olingan va ularni fizik-kimyoviy xossalari o‘rganilgan, ularning paxta bargini 
to‘kishdagi regulyatorlik roli isbotlangan. Natijada g‘o‘za defoliatsiyasida ro‘y 
beradigan 
jarayonning 
molekulyar 
mexanizmi 
yoritib 
berilgan 
va 
defoliatsiyalovchi hamda o‘sishni tezlashtiruvchi faollikka ega bo‘lgan 
birikmalarni tanlash ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. G‘o‘zaning o‘sishi jarayonida 
organizm ferment sistemalarining paxta tolasini hosil bo‘lishidagi roli o‘rganib 
chiqilgan va sellyuloza biosintezi jarayonining molekulyar mexanizmi isbotlangan.
Professor K.D.Davronov tomonidan yog‘ parchalovchi ferment-lipaza 
tayyorlash texnologiyasi yaratilgan. Bundan tashqari qishloq-xo‘jalik amaliyotlari 
uchun “Er malhami”, “Bist”, “Subtin”, “Fitobiosil” kabi qator biopreparatlar 
yaratilgan. 
Bu 
preparatlar 
azot 
yutuvchi 
va 
rizosferada 
yashovchi 
mikroorganizmlar asosida tayyorlangan bo‘lib, mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida 
keng qo‘llanilmoqda. Bundan tashqari K.D.Davronov rahbarligida b.f.n., professor 
Z.R.Axmedova sellyuloza-lignin biokarkasini (g‘o‘zapoya, somon, kanop poyasi, 
qirindi va b.) maxsus tayyorlangan bazidiomitsetlar sintez qiladigan fermentlar 
yordamida parchalash texnologiyasini yaratdi va amaliyotda ko‘rsatib berishga 
erishdi. 
Akademik M.I.Mavloniy O‘zbekistonda uchraydigan achitqi zamburug‘larni 
tahlil qilib, ularni novvoychilik, vinochilik va chorvachilikka qo‘l keladigan 
turlarini ajratib oldi va ular asosida maxsus xamirturushlar va vinochilik uchun 
achitqilar tayyorlash texnologiyalarini yaratdi. 
Mikrobiologiya instituti olimi J.Toshpo‘latov somon va g‘o‘zapoyani 
parchalashda «Trixoderma harzianum” zamburug‘i fermentlaridan foydalanish 
mumkinligini ilmiy asoslab berdi. Bu texnologiya qo‘llanilganda, somonda 6-7% 
shakar turli vitaminlar, aminokislotalar paydo bo‘lib, somonni ozuqa birligi bir 
necha barobar oshganligini isbotlab berdi. 
Mamlakatimiz ravnaqi, uning iqtisodiy ko‘rsatkichilarini yanada 
ko‘tarish maqsadida, eng avvalo quyidagi biopreparatlarni ishlab-chiqarishni 
yo‘lga qo‘yish katta ahamiyatga ega: 
- oziq-ovqat va chorvachlik uchun oqsil-vitamin komplekslaridan 
iborat bo‘lgan biopreparatlar; 
- almashmaydigan aminokislotalar; 
- organik kislotalar (limon kislotasi va boshqalar); 
- o‘simliklarni o‘sishini boshqaruvchi va ularni himoya qiluvchi 
moddalar; 
- o‘simlik, hayvon va odam kasalliklariga o‘z vaqtida tashxis 
qo‘yadigan, sezgir biotexnologik usullar yaratish va h.k. 
Savollar

1. Biotexnologiya nimani o‘rganadi? 
2. Biotexnologiyaning qanday qismlarini bilasiz? 
3. Biotexnologiyaning rivojlanishiga xissa qo‘shgan o‘zbek olimlaridan 
kimlarni bilasiz? 


 153 
4. Biotexnologiya rivojlanishiga qaysi fan yutuqlari turtki bo‘lgan? 
5. Biotexnologiya haqida olimlar fikri qanday? 
6. Biotexnologiyaning biologiyadagi ahamiyati nimadan iborat? 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin