176
ishlatilsa, u tozalanmaydi. Spirt va terini oshlash tarmoqlarida tozalanmagan
mikroorganizmlar kulturasini ishlatish maqsadga muvofiqdir va xuddi shunday
mikroorganizmlarni qishloq xo‘jaligida yem-xashak tayyorlashda yoki fermalarda
yemlarni qayta ishlashda qo‘llash ham mumkin.
Oziq-ovqat sanoatining bir qancha tarmoqlarida (non, pivo, vino, pishloq,
kraxmal va sharbat ekstraksiya qiluvchi), hamda tekstil, mo‘yna va mikrobiologik
sanoatlarda, shu jumladan tibbiyotda ballast moddalardan qisman yoki to‘liq
tozalangan ferment preparatlari ishlatiladi.
Toza ferment preparatlarini olishning boshlang‘ich materiali bo‘lib
filtrlangan kultural suyuqlik, produtsentning biomassasi yoki qattiq ozuqa muhitda
o‘stirilgan kulturaning suvli ekstrakti xizmat qiladi. Ferment preparatlari kukun
yoki suyuq konsentrat ko‘rinishida olinishi mumkin. Ajratish jarayonida
preparatning ymumiy massasida faol oqsilning nisbiy ulushi, ya’ni uning ulushiy
faolligi optadi.
Dostları ilə paylaş: