P. Mirxamidova, A. H. Vaxobov, Q. Davranov, G. S. Tursunboeva



Yüklə 4,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/97
tarix16.10.2023
ölçüsü4,34 Mb.
#156197
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97
239a9e70dfdbf0777729500a9d9c759c MIKROBIOLOGIYa VA BIOTEXNOLOGIYa ASOSLARI

Ferment eritmalarini membranalar yordamida quyuqlashtirish va tozalash. 
Membranali tozalash usuliga dializ va elektrodializ, baromembranali usulga esa 
qaytariluvchi osmos, ultrafiltratsiya, mikrofiltratsiya va nozik filtratsiya kabilar 
kiradi. 
Eritmadagi moddalarni dializ usulida ajratish – membranani modda 
massasiga qarab tanlab o‘tkazuvchanlik xususiyatiga asoslangan. Bu jarayon uchun 
yarimo‘tkazgich membrananing har ikki tomonida eritmalar konsentratsiyasini 
farqi vujudga kelishi kerak. Dializ jarayonini ushbu tenglik bilan ifodalash mumin: 
Q = DdSΔC 
Bunda, 
Q –
ma’lum vaqt ichida membranadan o‘tgan modda miqdori,
Dd –
dializ koeffitsienti, 

– membrana sirtining yuzasi, 
ΔC 
– membrananing har ikki 
tomonidagi moddalar konsentratsiyasining farqi. 
Dializ usulidan, ferment preparatlarini kichik molekulali moddalardan 
tozalash maqsadida foydalaniladi. Masalan, ferment eritmalarini shakar, 
aminokislotalar, mineral tuzlar va boshqalardan 60-100% gacha bo‘lgan miqdorda 
tozalashga erishish mumkin. Ayniqsa, fermentlar yuqori konsentratsiyali tuzlar 
bilan cho‘ktirilganda dializdan va elektrodializdan unumli foydalanish kerak. 
Lekin to‘rtlamchi strukturaga ega bo‘lgan fermentlarni va metallofermentlarni 
ajratishda elektrodializdan foydalanish mumkin emas, ya’ni ferment ushbu 
jarayonda o‘z faolligini yo‘qotadi. 
Dializ jarayoni juda sekin o‘tuvchi jarayondir, hamda eritmaning miqdori 
ko‘p bo‘lganda, juda ko‘p miqdorda membrana sarflanadi. Dializda quyidagi har 
xil ko‘rinishdagi yarimo‘tkazgich membranalar ishlatiladi, pergament, sellofanning 
har xil turlari, ultrafiltratsiyada ishlatiladigan membranalar va boshqalar. Dializ 
usuli bir qancha kamchiliklarga ega bo‘lganligi sababli hozirgi kunda ishlab 
chiqarishda ishlatilmaydi. Ba’zan ilmiy laboratoriyalarda fermentlarni yuqori 
tozalikda olish uchun ishlatilishi mumkin. 


 180 
Baromembrana usuli ishlatiladigan membranalar tirqishlarining katta-
kichikligiga qarab sinflanadi. Masalan, qaytariluvchan osmos (≈3xI0
-4
mkm); 
gelfiltratsiya (15x10,5 mkm); mikrofiltratsiya (0,2 mkm) va nozik filtratsiya (10 
mkm) dir. 
Quyuqlashtirish va tozalashning qaytariluvchan osmos va ultrafiltratsiya 
usullari kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, farmatsevtika va ferment 
sanoatlarida juda keng tarqalgan. Eng asosiysi, jarayonni juda ham kam harajatlar 
va energiya evaziga olib borilishidir. Ultrafiltratsiya jarayonida fermentlarni 
harorat ta’siridagi inaktivatsiyasi umuman bartaraf qilingan bo‘lib, bir vaqtning 
o‘zida eritma bir qancha ballast birikmalardan, xona haroratida tozalanadi. Ushbu 
jarayon yuqori bosim ostida o‘tganligi uchun samaradorligi ham yuqoridir. Bu 
usulning ham asosiy elementi bo‘lib membranalar hisoblanadi. Hozirgi kunda 
sellofandan, kauchukdan, polietilendan, polisteroldan, sellyulozadan va b. bir 
necha xil materiallardan tayyorlangan membranalar ishlatilmoqda. 
Membranalar xususiyatiga qarab 0,05-0,2 mkm li bir qavatli – izotrop va 
ikki qavatli – anizotrop turlariga bo‘linadi. 
Cho‘ktirish usullari va uning nazariyasi

Sanoat uchun zarur bo‘lgan 
ko‘pchilik fermentlar suvda eruvchan oqsillardir. Ferment eritmalari ularni olinish 
manbalariga qarab, mikroorganizmlar lizatlari, ekstraktlari, kultural suyuqlik 
filtratlari, o‘simlik yoki hayvon to‘qimalarining gomogenatlari bo‘lishi mumkin. 
Ferment eritmalarining, tarkibi juda murakkab sistemadir. Unda fermentlardan 
tashqari kolloid tabiatga ega bo‘lgan har xil birikma va moddalar ham uchraydi. 
Bunday murakkab sistemalardan fermentlarni ajratib olish mushkul vazifadir. 
Oqsilning har xil erituvchilarda erish darajasi molekula sirtida joylashgan 
gidrofob va gidrofil qoldiqlarning tarqalishi bilan belgilanadi. Oqsillarni asosiy 
erituvchisi bo‘lgan suvning ba’zi xususiyatlarini (harorat, rN, ion kuchi, neytral 
tuzlar, organik erituvchilarni yoki inert birikmalarni qo‘shish yo‘li bilan) 
o‘zgartirish hisobiga oqsil molekulasining gidrat yoki solvat qatlamiga ta’sir qilib 
agregatsiyaga uchratish va cho‘kmaga tushirish mumkin. Sanoatda asosan 
fermentlarni organik erituvchilar yoki tuzlar bilan cho‘ktirish usullaridan 
foydalaniladi. Bu usullar bir-biridan cho‘ktirish mexanizmi bilan farqlanadi. 

Yüklə 4,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin