11.4. Telemexanika qurilmalarini ishlatish
Telemexanika qurilmalarini (kanallarini) ishlatish jihozlarning
holatlarini tez-tez tekshirib turishni ko‘zda tutadi. Rejali tekshirishlar
barcha telemexanika qurilmalarining holatlarini surunkali nazorat qilish
va ishlashini sinab ko£rish, qurilmalarni qisman va toMiq tekshirib
turishlarga bo£linadi. Qurilmalarni qisman tekshirishlar oralig£ida
mumkin bo£lgan nosozliklar — apparaturalarning ifloslanishi, mexanik
shikastlanishlar va sh.k. larning oldini olish uchun har chorakda
1 marta telemexanika qurilmalari tashqi ko£rikdan o£tkazib turiladi.
Telemexanika qurilmalarining noto£g£ri ishlash holatlarida yoki
shikastlanishlarni bartaraf etish maqsadlarida ularning navbat-
dan (rejadan) tashqari tekshiruvi amalga oshiriladi. Ishlatuvchi
personalning vazifasi telemexanika qurilmalarining noto£g£ri ishlash
167
sabablarini aniqlashdan iborat. Shu sababli qurilmalarning no-
to £g£ri ishlashining sabablarini aniqlash b o £yicha tekshiruvlar
hajmi qisman tekshiruvlar hajmiga nisbatan katta bo£lishi m um
kin. Umumiy holda qisman va to ‘liq tekshiruvlarning davriyligi
va hajmi qurilm alarning tiplari murakkabligiga va vazifalariga
bog‘liq. Jihozning holati yaxshi bo‘lgan hollarda ham tekshiruv
larning hajmini qisqartirishga ruxsat etilmaydi.
Ishlatish to £g£ri tashkil etilgan hollarda telemexnika qurilma-
larining qisman va to ‘liq tekshiruvi telemexanika kanallarining re-
jaga muvofiq tekshiruvi bilan ustma-ust tushishi mumkin. Teleme
xanika qurilmalari bilan aloqada bo£lgan asosiy jihozlarning as-
boblar komplekti, himoya va avtomatikaning qurilma va asbob-
larining ta ’miri tekshirilayotgan obyektning telemexanika quril
malari ishlatib ko‘rilganidan so‘nggina yakunlangan hisoblanadi.
Telemexanika qurilmalari va kanallarini tekshirish maqsadida
ishdan to £xtatish faqat navbatchi dispetcherning ruxsati bilan
telemexanika tizimining holati qayd etib boriluvchi jurnalga mos
belgilashni kiritish orqali amalga oshiriladi. Telemexanika qurilma-
lari va kanallarini uzish uchun buyurtma xizmat dispetcheriga
oldindan (buyurtm alarni berish m uddatlari haqidagi mahalliy
qoidalarga muvofiq tarzda) berilishi shart.
Telemexanika qurilmalarini to £liq va avariyadan keyingi tek-
shiruvlarining natijalari dalolatnomalar orqali rasmiylashtiriladi,
telemexanika qurilmalari va kanallarida amalga oshiriluvchi barcha
ishlar esa ishlatish jurnallarida qayd etiladi.
Teleboshqaruvga ega bo£lgan obyektlar uchun teleboshqaruv-
telesignalizatsiya qurilmalarining to ‘liq tekshiruvi buyurtmaga ruxsat
berilib, teleboshqaruv zanjirlari dispetcherlik punktida dispetcher
tomonidan mos kalit yordamida uzilganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Oxirgi amal nazorat qilinuvchi punktlarda dispetcherning farmoniga
asosan tezkor navbatchi personal tom onidan bajariladi. Shundan
so‘ng ishni bajaruvchilar xavfsizlik texnikasiga amal qilgan holda
ish joylarini tayyorlaydi. Dispetcherlik va tekshiriluvchi puuktlardagi
tekshiriluvchi qurilmalarning panellariga «Bu yerda ishlansin!»
plakati, dispetcherlik shiti va zaruriy hollarda dispetcherlik pulti
panellarida ham «Teleboshqaruvtelesignalizatsiya tekshiruvi» plakati
osib qo‘yiladi. T ocliq taftish qilish hajmiga quyidagilar kiradi:
a)
telemexanika tizimining to ‘liq taftishning boshlanish vaq-
tidagi holatini tekshirish. Telesignalizatsiya tizimida signallarning
o £tishi va teleo£lchovlar chiqarilishining to £g‘riligi tekshiriladi,
168
uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilmalarning liniya zanjirlarida tokni
(kuchlanish) o ‘lchash, nazorat qilinuvchi punktda zaxira ta ’minoti
tizimining avtomatikasini ishlatib ko‘rish ishlari amalga oshiriladi.
Dastlabki tekshiruv natijalari, ishlatish jurnallaridagi yozuvlar va
oldingi to ‘liq tekshiruv dalolatnomalari qurilmalarning asosiy para-
metrlarini turg‘unligi va tekshiruvni o ‘tkazish paytida alohida e’tibor
berilishi lozim bo‘lgan zaif joylarni aniqlash maqsadida tahlil qilinadi;
b)
shkaflarning eshiklari va kabellarning kirish joylarida zich-
lashtirishlarni tekshirgan holda apparaturalarni changdan tozalash;
d) apparaturaning mexanik konstruksiyalari sozligi va m on-
tajini tekshirish;
e) relelarning kontaktlari, apparaturalarning qidirgichlari, ka-
litlari va tugmachalarini tozalash;
f) rele va qidirgichlarni rostlash;
g) kalitlar, tugmachalar va aylanma simvollaming sozligini tekshirish;
h) montaj izolatsiyasini tekshirish. Dispetcherlik punktida bar
cha teleboshqaruv-telesignalizatsiya zanjirlari, nazorat qilinuvchi
punktda esa qurilmaning manbayi bilan bog‘lanishda bo‘lgan barcha
zanjirlar va obyektning tezkor zanjiri bilan bog‘langan telebosh
qaruv va telesignalizatsiyaning umumiy zanjirlari tekshiriladi;
i) teleboshqaruv-telesignalizatsiya qurilm alarining yarim -
komplektlarining ishlashini alohida tekshirish;
j) butun telemexanika tizimi, ya’ni telemexanika qurilmasi-
ning ishlashini aloqa kanali orqali tekshirish;
k) telemexanika tizimini ishga tushirish.
Qisman tekshiruv hajmiga quyidagilar kiradi:
a) apparaturani tashqi tom ondan ko‘rikdan o ‘tkazish va qobiq-
larini changdan tozalash;
b) rele va qidirgichlarning to ‘g‘ri rostlanganligini tekshirish;
d) pulslantiruvchi va sekinlatuvchi relelarning ishlashini tekshirish;
e) kontaktsiz qurilmalarda sxemaning asosiy ish holatlarini
tekshirish va zarurat bo‘lganda elementlarni almashtirish;
f) avariya holatlarida qurilmalarning ishga yaroqliligini aniq
lash: ta ’minot uzilganda, aloqa kanali uzilganda, taqsimlagichlar
sinxronizmdan chiqqanda;
g) qurilmaning himoya tugunlarini ishlatib ko‘rish. Buning
uchun shikastlanishlarning barcha turlari imitatsiya qilinib, ularga
himoya tugunlarining ta ’siri tekshiriladi;
h) teleboshqaruv-telesignallashning umumiy chaqiruv va na
zorat signallarini tekshirish;
169
i) zaxira ta ’minotining avtomatikasini tekshirish;
j) teleboshqaruv-telesignalizatsiyaning barcha amallarni ba-
jarishi, teleboshqaruv va telesignalizatsiyaning barcha signallarini
uzatilishi va teleo‘lchovlarning chaqirilishini tekshirish.
Teleo‘lchov qurilmalarini ishlatishdagi tekshiruv ham qisman
va to ‘liq tekshiruvlarga (taftishlarga) boMinadi. Bundan tashqari,
qurilmalarga qisman tekshiruvlar oralig‘idagi davr mobaynida xiz-
mat ko‘rsatish ishlari ham ko‘zda tutiladi.
T eleo‘lchov qurilm alarining to ‘liq tekshiruvi quyidagilarni
ko‘zda tutadi:
a) dispetcherlik punktidagi asboblarning ko‘rsatishini nazorat
qilinuvchi punktdagi asboblarning ko‘rsatishi bilan solishtirish;
b) teleo‘lchov qurilm asidan m anbani olish, qoplam alar va
qurilmaning ichki montajini changdan tozalash hamda apparatu-
raning mexanik sozligini tekshirish;
d) montaj izolatsiyasini tekshirish;
e) teleo‘lchanuvchi miqdorlarning datchiklarini tekshirish;
f) teleo‘lchovlarning uzatuvchi va qabul qiluvchi yarimkom-
plektlarini alohida tekshirish;
g) teleo‘lchovlarning uzatuvchi va qabul qiluvchi yarimkom-
plektlarini birgalikda tekshirish;
h) teleo‘lchov qurilmalarini ishga tushirish.
Teleo‘lchov qurilmalarini qisman tekshirishning asosiy maqsadi
ko‘rsatishlarning xatoliklarini aniqlash va zarurat bo‘lgan hollarda
xatoliklarni qurilmalarning aniqlik sinfiga moslash hisoblanadi.
Qisman tekshiruv hajmiga quyidagi ishlar kiradi:
a) tashqi kocrikni o‘tkazish va asboblarni changdan tozalash;
b) qabul qiluvchi asbobni «mexanik nol»ga qo ‘yilganligini
tekshirish;
d) qabul qiluvchi qurilmaning kirishida kuchlanishni o ‘lchash
va signal egri chizig‘ining shaklini kuzatish;
e) qabul qiluvchi asbob shkalasining to ‘rt-beshta nuqtasida
ko‘rsatishning oshgan va kamaygan holatlarida teleo(lchovning
xatoligini aniqlash.
K o£rsatishlari boshqa obyektlarga retranslatsiyalanuvchi yoki
hisoblash vositasiga kiritiluvchi teleo‘lchovlar uzilganda noto‘g‘ri
ko£rsatishlarni bartaraf etishning mos choralari ko‘riladi.
Teleo‘lchov qurilmalarining to ‘la va qisman tekshiruvi profi-
laktik ishlarning grafiklariga muvofiq tarzda ishlarni bajarish uchun
buyurtmani dispetcher orqali rasmiylashtirib, amalga oshiriladi.
170
Tekshiruvlarni o‘tkazish uchun ish joylari ishlatuvchi perso
nal tom onidan xafsizlik texnikasi qoidalariga muvofiq tarzda
tayyorlanadi.
Teleoichov qurilmalarining uzatuvchi va qabul qiluvchi yarim-
komplektlarini alohida tekshirishda asosiy xarakteristikalar oli-
nadi va qurilmaning alohida tugunlarining ish holatlari o ‘lchanadi.
Teleo‘lchov qurilmalarini tekshirishda foydalaniluvchi o ‘lchov
asboblari talab etiluvchi o ic h a sh aniqligini ta ’minlash uchun
aniqlik sinfi, kirish qarshiligi va boshqa parametrlari bo‘yicha
tekshirilayotgan teleo‘lchov qurilmasiga mos kelishi shartligini
e’tiborga olish lozim. 0 ‘lchov apparaturasining ulanishi quril
maning ish holatiga ta ’mir etmasligi shart; o ‘zgartirish xarak-
teristikalarini o ‘lchash («kirish-chiqish» bog‘lanishi) aniqlik sinfi
0,5 dan past bo ‘lmagan asboblar yordamida amalga oshirilishi
shart. 0 ‘lchovlar dalolatnomasida ish jarayonida qo‘llaniluvchi
o ‘lchov asboblarining tiplari va raqamlari ko‘rsatiladi.
Teleo‘lchovning chastota yoki chastota-impulsli tizimlarini rost-
lashda uzatuvchi va qabul qiluvchi yarim kom plektlarning chas
tota xarakteristikalari olinadi. Uzatuvchi yarimkomplektda chi-
quvchi signal chastotasining kirishdagi kuchlanishga (tokka), qa
bul qiluvchi yarimkomplektda esa kuchaytiruvchi-cheklovchidan
keyingi kuchlanishning kiruvchi signal chastotasiga va teleo‘1-
chovning chiqishidagi asbobning ko‘rsatishini qabul qiluvchi yarim-
komplektning kirishidagi signal chastotasiga boglanishi olinadi.
1. Elektr tizim lari, stansiyalari, tarm oqlari va sanoat korxonalarining
elektr ta ’m inoti tizim larida avtom atika va telem exanika qurilm alari
qanday vazifalarni bajaradi?
2. A vtom atik qayta ulagichlar qanday vazifani bajaradi? U lar qanday
jihoz va qurilm alarda ko‘zda tutiladi?
3. AQU qurilm alari qanday holatlarda ta ’sir etm aydigan qilib yasaladi
va nima sababdan?
4. A Q U ning turlari va ularning xarakterli xususiyatlari.
5. Bir va uch fazali A Q U lar. U larning q o ila n ilish sohalari.
6. Z axirani avtom atik kiritish qurilm asi qanday vazifalarni bajaradi?
U lar qanday jih o z va qurilm alarda k o ‘zda tutiladi?
7. Q o ‘zg‘atish, kuchlanish va reaktiv quvvatni avtom atik rostlash
qurilm alari qanday vazifalarni bajaradi?
8. Q o ‘zg‘atishni avtom atik rostlash qurilm alari qanday stan d art ta-
lablarga javob berishi zarur?
9. B arqarorlikning buzilishini avtom atik b arta raf etish qurilm alari
ning vazifalari va ularni k o ‘zda tutilish holatlari.
10. K uchlanishning pasayishi va oshishini avtom atik chegaralash qu-
rilm asining vazifalari va q o ‘llanilish sohalari.
11. Jihozlarning o ‘ta yuklanishini avtom atik b arta raf etish qurilm asi
va uning vazifalari.
12. Telem exanika qurilm alarining vazifalari va q o ‘llanilish sohalari.
13. Telem exanika vositalarini q o ‘llashning asosiy shartlari nim alar-
dan iborat?
14. Teleboshqaruv va telesignalizatsiya qanday h ollarda k o ‘zda tu ti
lishi shart?
15. Telem exanika jihozlari, uskunalari va kanallarida qanday him oya-
lar k o ‘zda tutiladi? Sababini tushuntiring.
16. Telem exanika qurilm alari q o ‘llanilganda qanday uzib q o cyishlar
k o ‘zda tutilishi shart? Sababini tushuntiring.
17. Telem exanika apparatlari va aloqa kanallarini ratsional ishlatish
uchun qanday ruxsat etishlar qabul qilinadi?
18. Telem exanika qurilm alarini ishlatishni tashkil etish.
172
|