Bir tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan Korxonalarning nisbiy raqobat
pozitsiyalarini o’rganish uchun strategik guruxlash jarayonlaridan foydalaniladi.
Bir strategik guruxdagi kompaniyalar mahsulotlar
diapazonining kengligi, tovar
xarakati kanallaridan foydalanish usullari; uxshash texnologik yondashuvlar,
vertikal
integratsiyalanish darajasi, servisning va texnologik xizmat ko’rsatish xarakteri kabi
turli belgilar bo’yicha birlashishlari mumkin. Tarmoqda bozorga nisbatan strategik
yondashuvlari bir xil bo’lgan bitta strategik gurux mavjud bo’lishi mumkin.
Strategik guruxlar xaritasini to’zish va Korxonalarni u
yoki bu gurux tarkibiga
kiritish quyidagicha amalga oshiriladi:
1.
Tarmoqdagi Korxonalarni bir-biridan farqlovchi raqobatli xarakteristiqalar
aniqlanadi (narx, sifat, faoliyat geografiyasi, integratsiya darajasi,
mahsulot
nomenklaturasi va xokazo).
2.
Korxonalarning holati ikki chiziqli chizmaga joylashtiriladi (tanlab olingan
xususiyatlari bo’yicha).
3.
Bir strategik sohaga to’gri keladigan Korxonalar aniqlanadi.
4.
Xar bir guruxning tarmoqdagi umumiy savdo xajmidagi ulushi aniqlanadi.
SHunday qilib, tarmoqni strategik guruxlashning yuqorida aytib o’tilgan ikki
o’lchovli xaritasi yasaladi.(8-rasm).
Agar jiddiy tafovutlar ikkitadan ortiq bo’lmasa, bir necha xarita to’zish maqsadga
muvofiqdir.
Turli strategik guruxlar bir-biriga qanchalik yaqin joylashgan bo’lsa, ular
o’rtasidagi raqobat shunchalik kuchli bo’ladi. Eng yaqin raqobatchilarning fel-atvorini
o’rganish muximdir. Raqobatchilarning
strategiyasini, ularning kelgusida qanday yul
tutishini bilmay turib, ular bilan muvaffaqiyatli raqobatlashish mumkin emas.
Raqobatchilar nima qilmoqda va nima qilmoqchi - bu savollarga javob topish
kompaniyaning strategik faoliyati
uchun nixoyatda muximdir, aks xolda u xar doim
mudofaa pozitsiyasida bo’lishga majbur bo’ladi.
Raqobatchilarning strategiyalari 3.2-jadval yordamida aniqlanadi. Odatda,
raqobatchilarning maqsadlari va strategiyalari xaqidagi ma’lumotlarni ushbu jadval
yordamida umumlashtirish muayyan raqobatchilik xatarlari va pozitsiyalarini baholash
uchun yetarlidir.
Korxonalarning raqobatdagi kelgusi pozitsiyalarini baholash
uchun etiborni
ularning bozordagi o’z axvolini yaxshilash imkoniyatlariga qaratish lozim. Agressiv
raqobatchilar yangi strategik tashabbuslar manbaidirlar. O’z maqsadiga erishgan
raqobatchilar o’zlarining xozirgi strategiyasini amalga oshirishda davom etadilar.
Bezovta va moliyaviy jixatdan og’ir axvolda qolgan raqiblar xujumchi yoki
mudofaachi sifatida yangi-yangi strategik xatti-xarakatlarga o’tishlari mumkin. SHu
munosabat bilan o’zingizni ushbu kompaniya menejerlarining o’rniga qo’yib
ko’rishingiz va ularning qanday yul tutishlarini muloxaza qilib ko’rishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: